Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻZBEK GRAFIKASIDA ZAMONDOSHLAR MAVZUSINI YORITILISHI
Quvondiqova Oʻgʻiloy Nazar qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The article tried to reveal about the coverage of the topic of contemporaries in Uzbek graphics. As such, the work of Uzbek graphic artists, their aesthetic approach and method of work, created on the topic of images of contemporaries, was analyzed. Keywords: theme of contemporaries, classic and modern styles, traditional styles. Oʻzbek datgohli grafikasida zamondoshlar mavzusining yoritilishi oʻzining bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Zamonaviy jamiyatdagi oʻzgarishlar, ijtimoiy va siyosiy jarayonlar, shuningdek, kundalik hayotning psixologik va hissiy tasvirlari datgohli grafikada oʻz aksini topadi. Bunday grafikada rassomlar insonlarning ruhiy holati, orzulari, umidlari, shuningdek, jamiyatdagi beqarorlik, ijtimoiy adolatsizliklar va ijtimoiy-psixologik masalalarni koʻrsatish orqali zamonning asosiy hodisalari bilan tanishish imkoniyatini beradi. Grafikada zamondoshlar mavzusi, rassomlar tomonidan oddiy hayotdan tortib, jamiyatdagi murakkab ijtimoiy muammolargacha boʻlgan keng qamrovli mavzularni yoritish orqali ifodalanadi. Zamonaviy ijtimoiy hayotda yuz berayotgan jarayonlar, insonlarning kundalik turmush tarzlari, urf-odatlari, shaxsiy va ijtimoiy muammolari, hayotdagi oʻzgarishlar grafik asarlarda aks etadi. 1 33 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Oʻzbek grafikasida zamondoshlar mavzusiga estetik yondashuv bir nechta uslubda amalga oshiriladi. Rassomlar, asosan, realizm, ekspressionizm, abstrakt va boshqa uslublar yordamida zamonning ruhini aks ettirishga harakat qiladilar. Bu uslublar orqali, har bir rassom oʻz zamonasi bilan aloqalarini ifodalaydi. Shuningdek, bu orqali rassomlar shaxsiyatni va insoniy holatni tasvirlashda oʻziga xos yondashuvni amalga oshirganlar. Oʻzbek grafikasida zamondoshlar mavzusining yoritilishi klassik va zamonaviy uslublarning uygʻunlashgan shaklida namoyon boʻladi. Ya'ni, grafika rassomlari oʻz asarlarida an'anaviy uslublarni, masalan, xalq san'ati elementlarini, oʻzbek xalqining rang-barang merosini zamonaviy uslublar bilan uygʻunlashtiradilar. Bu oʻz navbatida, an'ana va yangilikni birlashtirgan, milliy va global miqyosda taniladigan asarlar yaratadi. Bu mavzu asarlar orqali jamiyatdagi oʻzgarishlar, yoshlarning qadriyatlari, ijtimoiy muammolar va innovatsiyalar tasvirlanadi. Oʻzbek grafik rassomlari, oʻzining estetik yondashuvi va zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash orqali zamondoshlar mavzusini badiiy va mazmunli tarzda yoritishga harakat qilmoqdalar. Oʻzbek rassomlari, asosan, xalq qahramonlari, shaxsiyatlarni va ularning ruhini tasvirlashga intilganlar. Dastgohli va kitob grafikasi yoʻnalishida ijod qilgan katta va oʻrta avlod vakillarining ayrim kompozitsiya namunalarini tahlil qilib koʻramiz. Barchamizga ma’lumki, Oʻzbekistonda koʻplab grafika va kitob bezagi rassomlari ijod qilishgan. Ular orasida V.E.Kaydalov ijodi alohida oʻrin tutadi. V.Kaydalov 1930 yilda yosh rassomlar jamiyati (AXR) a’zolari N.Odintsov, K.Sobolovskiy bilan ilk bor Oʻrta Osiyoda ijodiy safarda boʻldi. Bu ijodiy safar rassomda chuqur taassurot qoldirdi. Bu oʻlkaning goʻzal tabiati, hayoti odamlari uni rom etdi. 1932 yilda V.Kaydalov Oʻzbekistonga keldi va gazeta, kitob, plakat rassomi sifatida ishlay boshladi. Gazetada ishlagan faoliyatida poligrafiya texnikasini yaxshi egallab oldi.1 Respublikada bezakli kitoblarni chop etish keng yoʻlga qoʻyila boshlandi. U oʻz navbatida rassomga oʻzining ijodiy nusxalarini koʻpaytirish imkonini berdi. Bundan tashqari uning koʻplab dastgohli grafika yoʻnalishida ishlagan asarlarini ham bilamiz. Masalan, 1940 yilda ishlangan “Buyuk qurulish”, “Kattaqoʻrgʻon suv ombori qurilishi” turkumidagi avtolitografiya kabi asarlari ham mohirlik bilan tasvirlangan. 1 I.Yuldashev, B.Qurbonova. Kitob grafikasida kompozitsiya hamda adabiyot asarlarini chuqurroq o’rganishda illyustratsiyaning ahamiyati. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Volume 2 | Issue 12 2022. https://www.oriens.uz/media/journalarticles/144._I.Yuldashev_1024-1031.pdf 1 34 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ V.Kaydalov “Buyuk qurulish” V.Kaydalov "Kattaqo‘rg‘on Suv ombori qurilishi" turkumidagi Oʻsha davr muhitini aks ettirgan. Har bir detalga sinchkovlik bilan ahamiyat berib ishlangan. Bu oʻz navbarida tomoshabinga oʻsha davr muhiti bilan tanishihga yordam beradi. Uning asarlarida kompozitsiya va shakllar aniq va puxta ishlangan. Rassomning grafik asarlarini yaratishda geometrik va organik shakllarning uygʻunligi seziladi. Har bir element oʻzining badiiy joylashuviga ega boʻlib, asar umumiy tuzilmani tashkil etadi. Bu shakllar orqali u ijtimoiy muammolarni, xalq hayotini va inson ruhiyatini jonli tarzda tasvirlaydi. Kompozitsiyaning yengil va murakkab tuzilishi koʻpincha uning asarlariga dinamik va hissiyotli koʻrinish berishga yordam beradi. Oʻzbek grafika san’at
Доказательный фрагмент
«The article tried to reveal about the coverage of the topic of contemporaries in Uzbek graphics.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article tried to reveal about the coverage of the topic of contemporaries in Uzbek graphics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- theme of contemporaries, classic and modern styles, traditional styles, klassik va zamonaviy uslublar, zamondoshlar mavzusi, an'anaviy uslublar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025