К содержанию
РецензированоUZ2026

ZARDO‘ZLIK SA’NATI TIKUV BUYUMLARINI ZARDO‘ZLIK USULI BILAN BEZASH

BILAN BEZASH · Samatova Fotima Otakovna

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada zardoʻzlik sanati va uning tikuv buyumlarini bezashdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Zardo‘zlik — o‘ziga xos milliy hunarmandchilik turi bo‘lib, matoga oltin va kumush iplardan, shuningdek, marvarid, tosh va boshqa bezak elementlari yordamida naqsh tushirish san’atidir. Ushbu uslub liboslar, pardalar, sumkalar va boshqa mato buyumlarini nafis va boy koʻrinishga keltiradi. Maqolada zardo‘zlikning tarixi, asosiy usullari va zamonaviy tikuvchilik sohasidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot beriladi. Kalit so‘zlar: Zardo‘zlik san’ati, hunarmandchilik, tikuv buyumlari , zardo‘zlik usullari , milliy bezak , oltin va kumush iplar , naqsh va bezak, matoga naqsh solish an’anaviy hunarmandchilik Zardo‘zlik san’ati Oʻzbekistonning qadimiy hunarmandchilik turlaridan biri bo‘lib, asrlar davomida rivojlanib kelmoqda. Ushbu san’at turi nafaqat an’anaviy liboslarda, balki zamonaviy moda olamida ham keng qo‘llanilmoqda. Tikuv buyumlariga zardo‘zlik usuli bilan naqsh solish matoga nafislik, joziba va o‘ziga xoslik bag‘ishlaydi. Ayniqsa, milliy liboslar, to‘y va bayram kiyimlari zardo‘zlik naqshlari bilan yanada chiroyli va hashamatli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ushbu maqolada zardo‘zlik san’atining tarixi, texnikasi va zamonaviy tikuvchilikdagi roli yoritib beriladi. Qadimda ham, hozir ham zardo’zlik bilan shug’ullanadigan hunarmandlarni «zardo’z» deb atashadi. O’zbekiston kashtachiligini noyob turi zardo’zlik san’atisiz to’la tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu san’at o’tgan asrning o’rtalarida Buxoroda gurkirab rivojlangan. U yerda mohir ustalar amir saroyining ustaxonalarida amir va uning saroy ahli kiyadigan dabdabali kiyimlarga pardoz berishgan. Zardo’zlik odatda erkaklarga mansub bo’lgan va ular o’z hunarini bolalariga meros qilib qoldirishgan. Zardo’zlik san’ati o’zining uzoq tarixiga ega bo’lib, deyarli barcha Sharq mamlakatlari uning vatani hisoblanadi. Zardo’zlik san’atining an’analari o’z davrida ham mavjud va mashhur bo’lgandir. Hozirgi Eronda esa XV-XVII asrlardagi zardo’zlik namunalari anchagina saqlanib qolgandir.Buxoro zardo’zi ashyolarining deyarli hammasi amir saroyining ehtiyoji uchun ishlatilgan, faqat juda oz miqdorigina sotish uchun bozorga chiqarilardi. U paytda zardan tikilgan erkaklar kiyimlarini faqatgina xonga va uning qon- qarindoshlariga tegishli insonlar kiyar edilar. 44 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Hech kim, hatto eng katta amaldorlardan birortasi ushbu qimmatbaho kiymlarni o’ziga buyurtirishga haqqi yo’q edi. Ular bu kiyimlarni amir sovg’a qilgandagina kiyishlari mumkin edi. Ayollar va bolalarning zardo’z kiyimlarini esa faqatgina badavlat xonadon a’zolari kiyishga haqli edilar. Zar va kumush ip bilan erkaklar to’ni, salla, do’ppi, shalvar, poyabzallar, ayollarning ko’ylak, kamzul kaltacha, peshanaband, ro’mol, etik va tuflilari tikilgan.Mustaqillikka erishgan kunimizdan boshlab davlatimizning butun siyosati o’zligimizni qayta tiklash va mustahkamlashga qaratildi. Ayniqsa, mamlakatimiz ertasi bo’lgan yoshlarimizda bunday muqaddas his-tuyg’uni shakllantirishda ona tilimiz, ana’analarimiz va urf-odatlarimiz bilan birga milliy xunarmandchiligimiz ham muhim o’rin tutadi.1997-yil 31 martda O’zbekiston Respulikasi Prezidentining «Xalq badiiy xunarmandchiligi va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Farmonga asosan Respublika «Hunarmand» uyushmasi tashkil etildi va uning viloyatlarda hududiy bo’linmalari ochildi. Bu uyushma va uning hududiy bo’linmalarini tashkil etishdan maqsad, uzoq yillar mobaynida unutilib ketgan xalq amaliy san’ti va xunarmandchiligini tiklash, o’zbek milliy amaliy san’ati va xunarmandchiligini butun dunyoga tanitish edi.Zardo’zlik — qiziqarli va ijodiy ish bo’lib, u insonga ko’p quvonch keltirishi, bo’sh vaqtida ermak bo’lishi, insonni nafosat olamiga olib kirishi mumkin. Zar tikish usullarini o’zlashtirayotganda hamma narsa birdaniga yaxshi chiqmasligi mumkin, chunki zardo’zlik sabr-toqatli, e’tiborli, tartibli bo’lishni talab etadi. Chidamli bo’lish lozim. Kerakli malakalar egallagan sayin ish asta-sekin osonlasha boradi.Mohir zardo’z bo’lishni xohlagan har bir hunarmand quyidagi uch hunarni bilishi zarur bo’lgan: Uy-ro’zg’orda ishlatiladigan zardo’zi buyumlar inson atrofidagi narsalar uchun mo’ljallangan bo’lib, insonga estetik zavq bag’ishlash va uning ijtimoiy mavqeini ko’rsatishga xizmat qilgan. Uy-ro’zg’orda ishlatiladigan zardo’zi buyumlarning quyidagi turlari mavjud: choy xaltai zardo’zi, muxr xaltai zardo’zi, pul xaltai zardo’zi, jildi soat, g’ilofi zardo’zi, tumorchai zardo’zi, so’zanai zardo’zi, chimildiki zardo’zi, joynomozi zardo’zi, choynakpo’shaki zardo’zi va hokazo. Uy- ro’zg’orda ishlatiladigan zardo’zi buyumlarni bichish usullari hamda bichimining tuzilishiga qarab uch turga ajratish mumkin.Zardo’zlikda ishlatiladigan materiallar (gazlamalar turlari, zar iplar). Zardo’zlik buyumlari

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada zardoʻzlik sanati va uning tikuv buyumlarini bezashdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada zardoʻzlik sanati va uning tikuv buyumlarini bezashdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
milliy bezak, Zardo‘zlik san’ati, tikuv buyumlari, naqsh va bezak, hunarmandchilik, zardo‘zlik usullari, matoga naqsh solish an’anaviy hunarmandchilik, oltin va kumush iplar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники