К содержанию
РецензированоRU2026

MUTAFAKKIR OLIMLAR ASARLARIDA URF – ODAT VA MAROSIMLARI.

Shodiyeva Shaxina

Развитие и инновации в науке · 2026

Аннотация

В целом это произведение о культуре и мыслителях народов Средней Азии, важное значение традиций и обычаев в исследованиях, проводимых учеными, и в произведениях, написанных ими при жизни. Ключевые слова: обычаи, народная культура, праздники и национальные ценности, праздник Навруз, предки, книга «Авесто». Sharq xalqlarining yil tabiat va koinot bilimlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni о‘zida aks ettirgan о‘rta asr yozma manbalari orasida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomli asari alohida ahamiyatga ega. Mazkur tarixiy-etnografik asarda islomgacha bо‘lgan davrdagi xorazmliklar, sо‘g‘diylar, eronliklar amal qilgan yil taqvimlari va oylarning nomlanishi hamda ular asosida о‘tkaziluvchi hayitlar – bayramlar, turli-tuman marosimlar hamda о‘zaro о‘xshashliklari va о‘ziga xosliklari borasida e’tiborga sazovor ma’lumotlarni bayon etilgan . Ayniqsa, allomaning Navrо‘z, Mehrjon, Sada, “qovoq bayrami”, “uzum bayrami”, “о‘tgan ajdodlarni xotirlash” bilan bog‘liq bayram va marosimlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlari tadqiqotimiz uchun muhim ahamiyatga ega. Mazkur bayramlarning barchasi yil taqvimlariga mos ravishda о‘tkazilgan bо‘lib, ularda tabiatda yuz beradigan о‘zgarishlar aks etgan. Shuningdek, olim qadimgi xalqlar amal qiluvchi taqvimlardagi oy nomlarini qayd etish bilan birga mazkur oylardagi kunlarning ham о‘ziga xos nomlar bilan atalishini bayon etgan. Beruniy xorazmliklar Isfandarmoji oyining 1- kunida “Vaxshangom” deb ataluvchi hayit о‘tkazishi va u Vaxsh, Jayxun 5 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference suviga bag‘ishlanishi tо‘g‘risida ma’lumot bergan Navrо‘z haqida kо‘plab sharq mualliflari qiziqarli va ibratli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar, ammo, ularning eng ishonchlisi Kisraviy (IX), Beruniy (X–XI) asarlarida va muallifi Umar Xayyom deb taxmin qilingan mashhur “Navrо‘znoma” kitobidan joy olgan. Abu Rayhon Beruniy ma’lumotiga kо‘ra, Navrо‘z bayrami Kayyoniylar sulolasining afsonaviy shohi Jamshid tomonidan joriy etilgan. Abu Rayhon Beruniy va Muso ibn Iso al-Kisraviy qadimgi shohlar saroyida Navrо‘z bayramining qanday nishonlanganligini batafsil tasvirlab berganlar. Yangi yilning birinchi oyi besh kundan olti qismga bо‘lingan, har bir qism aholining ijtimoiy guruhi uchun bayram sanalgan. Umuman olganda, ushbu asar Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, ularning urf-odat va e’tiqodlari tarixi aks ettirilgan tarixiy-etnografik asar bо‘lib, о‘zbek xalqi taqvimiy marosimlari genezisi va tarixiy taraqqiyotini о‘rganishda bebaho manbalardan biri hisoblanadi. Balasag‘unlik (Balasag‘un mavludlig‘) Yusuf Xos Hojib XI asr turkey yozma adabiyotining ulug‘ namoyandasi, buyuk shoir va faylasuf, davlat arbobi о‘tgan. Adibning hayoti va ijodi tо‘g‘risida xabar berguchi yagona manba uning о‘z “Qutadg‘u bilig” masnaviysidir. Asarda ilmiy haqiqat bilan ijodkor badiiy tafakkuri о‘zaro uyg‘unlashib ketgan. Hukmdor Kuntug‘di-elig (otining lug‘aviy ma’nosi – “chiqqan, tuqqan Kun”), vazir Oytо‘ldi ( “tо‘lin Oy”) – Quyosh va Oyning holatini ham badiiy shaklda aks ettiradi. Yusuf Xos Hojibning ta’rificha, Oy harakatda bо‘lgani uchun yorug‘lig‘ о‘zgarib turadi. “Kun bilan yuzma-yuz kelganda tо‘lishadi” (Yashiq birla о‘tru baqishsa, tо‘lur) deya ta’kidlaydi shoir. Yusuf Xos Hojibning ta’rificha, Kun qо‘zg‘almasdir. Kun burji barqaror, turg‘undir. Kun burji sabit turur (Kun burji sobit turur) deb ta’kidlaydi olim. Shuning uchun doim birday yorug‘liq sochib turadi. Boshqa bir yog‘i, muallifning ushbu fikrlari asosida katta bir masala turibdi. Bu jumboqni shunday tushuntirish mumkin: Falak va Yer doimiy harakatda. Kun markazda turadi, u turg‘undir. Yer esa uning tevaragida aylanadi. Bu fikrlar ulug‘ olimning dunyo va uning tuzilishi tо‘g‘risidagi falsafiy qarashlarining asosini tashkil etadi. Muhimi, muallifning yuqorida ta’kidlangan falsafiy qarashlari badiiy kо‘rinishda, asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari hamda qahramonlarning holati bilan uyg‘un holda tasvirlanadi. Ushbu fikrlarning davomini takomillashgan bir kо‘rinishda Alisher Navoiy ijodida ham kuzatamiz. Alisher Navoiy о‘zining “Saddi Iskandariy” asarida Ollohga hamd о‘qir ekan, Oyning harakatini shunday ta’riflagan edi: 6 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference Yana birni soz aylading turfa dayr, Aning sokinin aylading tez sayr. Baridin itigrak xiromi aning, Vale tegmayin yerga gomi aning. Manozilg‘a bob-bot qilip intiqol, Atin gah etip Badr-u gahi Hilol. (Yana bir falakdan ajoyib butxona yaratib, uning yashovchisini sargardon qilding. Uning yurishi barcha sayyoralardan shu qadar tezki, uning oyog‘i yerga ham tegmaydi. Manzilini tez-tez о‘zgartirib turadi, otini ham goh Badr (tо‘lin), goh Hilol (yangi chiqqan Oy) deb о‘zgartirib turadi). Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida о‘rta asrlarda yashagan turkiy xalqlarning tili, ijtimoiy-siyosiy hayoti, etnik tarkibi, geografik joylashuvi hamda ularning urf-odatlari, dunyoqarashi, madani

Доказательный фрагмент

«В целом это произведение о культуре и мыслителях народов Средней Азии, важное значение традиций и обычаев в исследованиях, проводимых учеными, и в произведениях, написанных ими при жизни.»

Образец извлечения

Демо-превью

В целом это произведение о культуре и мыслителях народов Средней Азии, важное значение традиций и обычаев в исследованиях, проводимых учеными, и в произведениях, написанных ими при жизни. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
обычаи, народная культура, праздники и, Navro’z bayrami, ajdodlar, bayramlar va milliy qadriyatlar, “Avesto” kitobi., urf – odatlar, xalq madaniyati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники