К содержанию
РецензированоRU2026

UY XO’JALIGI VA DALA SHAROITIDA ZARARLI SHILLIQQURTLARGA QARSHI KURASH HAMDA ULAR BILAN ZARARLANISHNING OLDINI OLISH CHORALARI

Sh.K. Abdulazizova (Termiz davlat universiteti dots zoologiya ixtisosligi) · G.E. Rashidova (1-bosqich tayanch doktoranti)

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

This thesis discusses the control of harmful slugs in household and field conditions and measures to prevent damage by them. Keywords: slugs, harmful species, control Аннотатция B данной дипломной работе освещены борьба с вредными слизевыми червями в бытовых и полевых условиях и меры профлактики. Ключевые слова: слизни, вредные виды, борьба Gastropodlar evolutsion jihatdan eng muvaffaqiyatli hayvon guruhlaridan biri bo’lib ularda turli xil morfologik va fiziologik xilma-xillik kuzatiladi. Turli muhit sharoitlariga moslashish qobilyati va oziq zanjiridagi roli qiziqarli tadqiqot obyektiga aylantirmoqda. Shuningdek, invaziv turlar va ekologik tahdidlar ularni saqlash uchun muammo tug’dirmoqda. Ko’plab turlar maxsus yashash muhitiga moslashgan. Bu esa ayrim turlarni bugungi kunda juda kam uchraydigan holga keltirib qo’ygan. Masalan buzilmagan botqoqlik hududlari yoki tiniq, tabiiy oqimlarga bog’liq bo’lgan turlar uchun yashash sharoiti hozir anchagina murakkab. Sababi shilliqqurtlarning harakatchinligi past bo’lib agar bir joydagi populyatsiya yo’qolsa bu hududni qayta egallash deyarli imkonsiz bo’ladi. Shuning uchun shilliqlar yashash muhitining holatini baholashda muhum rol o’ynaydi. Turlar soning ko’pligi yashash muhitining yaxshi ekanligidan dalolat beradi. Biroq foydali xususiyatlari bilan bir qatorda shilliqqurlar tomonidan so’ngi yillarda, ayniqsa, ekin aylanishida kuzatiladigan o’simliklar, masalan qishloq xo’jaligi ekinlari ekilgan dalalar zararlanmoqda. 17 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Bu zararkunanda turlar ayniqsa bahorgi vegetatsiya davriga qiyinchilik tug’diradi. Zararli turlarning tarqalishi turlicha bo’lib, chuqurroq tadqiqot talab qilinadi. Ushbu ma’lumotlar shilliqqurtlarni samaraliroq nazorat qilishga va hosildorlik jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Shilliqqurtlar yashashi uchun yetarli namlik zarur bo’lib ular makro va mikroiqlim ta’siriga bo’y sunadi.Ularning harakati va oziqlanish faolligi yoruqlik kamayishi va namlikning ortishi bilan kuchayadi. Havoning quruqlashishi va issiqlik oshishi shilliqqurtlarni yashirinadigan joy qidirishga majbur qiladi. Shilliqqurtlarni uy xo’jaligida zarar yetkazishini oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish lozim: - Sabzavot va gullarni birinchi navbatda butalardan uzoqroq masofada quruq va quyosh joylarda saqlash; -Nozik ekinlarni, masalan salat, qulupnay yoki yosh sabzavot ko’chatlarini shilliqqurtlardan himoya qilish uchun shilliq to’sig’i ya’ni maxsus panjaralar bilan atrofini o’rab qo’yish. Shuningdek bu to’siqni muntazam ravishda tekshirish va uni o’t-o’lanlardan toza saqlash muhum ahamiyatga ega, chunki o’sib chiqqan o’t yoki barglar shilliqqurtlarga panjaradan oshib o’tish uchun ko’prik vazifasini bajarishi mumkin; - Haddan tashqari va tez sug’ormaslik; - Kechqurun sug’orish o’rniga ertalabki sug’orishdan foydalanish; - Yassi narsalarni, masalan, taxtalarni, plastik sumkalarni va shu kabi materiallarni uzoq vaqt tuproq ustida qoldirmaslik kerak, chunki ular shilliqlar uchun ideal boshpana bo’lib, ular juda tez ko’payib o’simliklarga zarar yetkazishi mumkin; - Tuproqni qishda ishlov berish, kuchli yosh o’simliklarni ekish; - Issiqxona va tunellar atrofida o’rdaklarni boqish; - O’simliklar atrofida mis simlari o’rnatish. Shilliqqurtlar misga tegsa ularga juda kuchli noqulaylik tug’dirishi tufayli yaxshi samara beradi; - Yog’och, kul yoki tuxum po’chog’i tuproqqa sepilsa shilliqqurtlar yurishini qiyinlashtiradi; - Maqsadli ekish uchun 10 % ko’proq ko’chat ekish lozim, shunda nobud bo’lgan o’simliklarni almashtirish oson bo’ladi; - Mollyuskalar nozik hid sezuvchi organlarga ega, ya’ni hidli o’simliklarni ekish yoki sovuq damlamalarni yoki achitqi o’g’itlarni sepish orqali ularni uzoqlashtirish mumkin; - Issiqxonalarni iloji boricha kunduzi shamollatish; 18 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference - Shiliqqurtlar kunduzi nam yoriqlar, tuproq yoriqlari va butalar orasiga yashirinadi. Muhimi tuproq tez-tez yumshatilib donador bo’lib qolishi va shilliqqurtlar yashirinishi mumkin bo’lgan yoriqlar hosil bo’lmasligidir. Bundan tashqari yerga yaqin butalar, xavf ostidagi o’simliklarga juda yaqin joylashtirmaslik kerak. Sababi shilliqqurtlarning tunash joyi va oziq joyi orasidagi masofa qancha uzoq bo’lsa, ular uchun shuncha noqulay bo’ladi. Banan po’stlog’i orqali shilliqurtlarni yig’ish Banan po’stlog’i bilan shilliqqurtlarni jalb qilish va ularni to’plash samarali metodlardan hisoblanadi. Buning uchun po’stning ichki tomoni pastga qaratib bog’da yoki shilliqqurtlar faol bo’lgan nam joyda o’lja sifatida qo’yiladi. Shilliqqurtlarning to’planishi bir necha soat yoki kun bo’yi kutiladi. Ertalab to’plangan shilliqqurtlarni osongina yig’ib uzoqroq masofaga tashlash mumkin. Olma bilan mollyuskalarni yig’ish usuli Bunda olmani ikki yoki mayda bo’laklarga bo’lib nam, soyali tuproq yoki o’simliklar orasida joylash va bir necha soat yoki kun bo’yi kutish lozim. Bunda shill

Доказательный фрагмент

«This thesis discusses the control of harmful slugs in household and field conditions and measures to prevent damage by them.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis discusses the control of harmful slugs in household and field conditions and measures to prevent damage by them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
slugs, harmful species, control, qarshi kurash, shilliqqurtlar, zararli turlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники