К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHDAGI BOLALARGA O’YIN ORQALI AXLOQIY TARBIYA BERISHDA TARBIYACHINING O’RNI

Ergasheva Hilola Alisher qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada, maktabgacha yoshdagi bolalarga o’yin orqali axloqiy tarbiya berishda tarbiyachining o’rni, Tarbiyachi – pedagoglarning o‘yinni tashkil etishdagi ahamiyati ko’rsatilgan. Kalit so’zlar: boshqarish, yo’naltirish, o’yin kompetensiyalari, mustaqil fikrlash, qobilyat, undovchi o’yin. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning faoliyatlatlari rivojlantiruvchi markazlarda o‘yin shaklida olib boriladi. Bundan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki ta’lim-tarbiya jarayoni o‘yinda o’z aksini topadi.Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish tarbiyachining zimmasidagi vazifa hisoblanadi. Shuning uchun ham ular rivojlantiruvchi markazlardagi faoliyatlarni mazmunli tashkil etishlari lozim. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolaning faoliyati rang -barang bo’lishiga qaramay bu yoshdagi bolalar o’yin o’ynashni yaxshi ko’radi. Chunki ular ko’rgan – bilgan voqea hodisalarini yoki kattalarning bajargan ishlariga o’yin jarayonida taqlid qilishadi. Masalan Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kelish chog’ida turli xildagi transport vositalarini ko’rishadi va uning ovozini eslab qolishadi. Tashkilotdagi erkin o‘yin faoliyati jarayonida esa o’sha transport vositasining yurishini ovoziga taqlid qilib o’yin o’ynashadi. O‘yin bolalar uchun faqat ermak emas balki u orqali bolalar tevarak – atrofni anglab idrok etishadi,tabiat hodisalari bilan tanishadi va uning o’ziga xos xususiyatlari haqida bilib olishadi. O‘yin vaqtida bolalar o‘z o‘rtoqlari bilan, kattalar bilan, o‘yinchoqlar bilan gaplashadilar. Jamoaviy o’yin o‘ynashganda esa nima qilish kerak? Qanday harakat qilish kerak? Nimani qurish yoki yasash kerakligi haqida muloqot qilishadi. Bu jarayonda ularda bir qancha sifatlar shakllanadi: -Kommunikativ qobiliyati -Mustaqil fikrlash qobiliyat -Fikrni erkin bayon eta olish qobiliyati -Xotira mustahkamligi -Jamoa fikrini tinglay olish va birgalikdagi harakat ko’nikmalari -Diqqatning barqarorligi -Tezkorlik -Sensor matorik harakatlar va boshqalar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-tarbiyachilari eng avvalo, bolalarning ertasi, taqdiri uchun to’liq masuliyatni o’z zimmasiga olishgan. Ta’lim tashkiloti tarbiyachisi faqat bolalarning rivojlanish bosqichlarini emas balki qonuniyatlarini ham mukammal darajada bilishi lozim. Tarbiyachi pedagoglar nafaqat bolaning xavfsizligi uchun javobgar balki ularni jamoa ichida o’zini tutish qoidalarini o’rgatuvchi hisoblanadi. Tarbiyachi – pedagoglarning o‘yinni tashkil etishdagi ahamiyati. 1.Tashkil etish va unga rahbarlik qilish; 4 2.Boshqarish va yo‘naltirish; 3.Aniq maqsadli o‘yinni tanlash va bilim berish; 4.Mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish 5.Bolalarning o’yin jarayonida faol va mazmunli ishtirok etishini ta’minlash; 6.Ro‘llarni bolalar yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda to’g’ri taqsimlash; 7.O‘yin jarayonida yuzaga keluvchi savollarga javob berish; 8.Ijtimoiy-psixologik rivojlantiruvchi muhitni yaratish ; 9.Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish; 10.Kuzatish va muammolarni hal etish; Tarbiyachi-pedagog o‘yinga rahbarlik qilishdagi vazifalari: 1.Faoliyat mavzusiga mos o’yin turini tanlash; (Masalan: Mavzu: Men va mening tanam: O‘yin nomi: Meni yig’) 2.Bolalarning yoshiga mos o’yin turini to’g’ri tanlash; 3.Aniq maqsadli bilim beruvch i o’yinni tanlash; 4.Qiziqarli va qizsqa muddatli o’yin tanlash; 5.Rang-barang va faollikka undovchi o’yin turi bo’lishiga e’tibor berish 6.Bolalarni charchashiga yo’l qo’ymaslik; 7.O‘yin jarayonidagi bolaning nutq malakalarining shakllanishiga e’tibor berish 8.O‘yinlarning yangi usullarini qo’llash; 9.O‘yin mazmunini boyitish; 10.Bolalarning o‘yin kompetensiyalarining rivojlanishiga ahamiyat berish; Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari bolalar xavfsizligi va salomatligi ta’lim tarbiyasi uchun zarur shart sharoitni yaratishda ishtirokchi hisoblanadi. Bolalarni faollikka undovchi ularni atrof olam bilan tanishtiruvchi ularning rivojlanishida ishtirokchi. Bolaning jismoniy va psixologik salomatligini mustahkamlovchi u haqida g’amxo’rlik qilish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiyani tashkil etuvchisi hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. F.Qodirova. “Maktabgacha pedagogika” Toshkent 2019-yil. 2. Muslimov N. “Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari” Toshkent 2015 y 3. Musurmonova O. “Umumiy pedagogika” Toshkent 2020-yil. 4. O’yin orqali ta’lim olish metodik qo’llanma Toshkent -2020 5. Qodirova F., Toshpo’latova Sh., Kayumova N., Azamova N. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi Toshkent-2019 5

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada, maktabgacha yoshdagi bolalarga o’yin orqali axloqiy tarbiya berishda tarbiyachining o’rni, Tarbiyachi – pedagoglarning o‘yinni tashkil etishdagi ahamiyati ko’rsatilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada, maktabgacha yoshdagi bolalarga o’yin orqali axloqiy tarbiya berishda tarbiyachining o’rni, Tarbiyachi – pedagoglarning o‘yinni tashkil etishdagi ahamiyati ko’rsatilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qobilyat, boshqarish, mustaqil fikrlash, o’yin kompetensiyalari, undovchi o’yin., yo’naltirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники