Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALAR MA’NAVIYATIGA SALBIY TA’SIR KO’RSATUVCHI ICHKI TAHDIDLAR VA ULARNING KO’RINISHLARI
Nurmamatova Navbahor Odilbek qizi
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir etuvchi ichki tahdidlar, ularning turli omillari, ichki tahdidlar ko’rinishlari haqida ma’lumot berilgan. Kalit so’zlar: ma’naviyat, ichki va tashqi olam, tarbiya, mas’uliyat, zamonaviy texnologiyalar, negativ g’oyalar, G’arb madaniyati. Ma’naviyat - inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, aloqiy va diniy tasavvurlarini o’z ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining asosida “ma’no’’ so’zi yotadi. Ma’lumki, insonning ichki va tashqi olami mavjud. Tashqi olamiga uning bo’y-basti, ko’rinishi, xatti-harakati va boshqalar kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, intilishi, orzu-istaklari, his-tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami ma’naviyatidir. Oziq – ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag’ishlaydi. Ma’naviyatga doimiy o’qib o’rganish, tajriba orttirish natijasi bilangina erishiladi. Ma’naviyatli inson yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrni mazmunli o’tkazish yo’lini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat bilan yondashadi. Umumiy holda, ma’naviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. “ma’naviyat – insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning qudratidir. U yo’q joyda hech qachon baxt-saodat bo’lmaydi” degan edi birinchi prezidentimiz Islom Karimov. Demak, millat kelajagi shu xalqning qanday darajada ma’naviyat sohibi ekanligiga bog’liq. Kelajak esa bugun kamol topayotgan yoshlarning qo’lida. Shu bois shaxs sifatida o’zini o’zi shakllantirayotgan, jamiyat rivojida qaysidir ma’noda o’z hissasini qo’shayotgan talabalar ma’naviyatini yuksaltirish o’ta mas’uliyatli vazifa sanaladi. Tarbiya masalasiga o’zbek xalqi asrlar davomida jiddiy yondashib kelgan. Biroq bugungi avlod avvalgi davrdan o’ta farq qiladi. Chunki ular zamonaviy texnologiyalar, imkoniyatlar, turli g’oyalarga boy bo’lgan davrda yashamoqdalar. Ochiq-oydin aytganda, talabalarni ota-ona, ta’lim muassasalari, mahalladan ko’ra ko’proq “tarbiyalovchi” tashqi omillar – ichki va tashqi tahdidlar mavjud. Talabalar bu tahdidlarga qanday duchor bo’ladi? Bu o’ta murakkab jarayon. Eng asosiy sabab - ota-onaning farzandi uchun yetarli darajada vaqt o’tkazmasligi. Tarbiya shunday masalaki, uni atrofdagilar qiyofasida shakllantirish uchun, avvalo, shaxsning o’zi tarbiyalangan bo’lishi zarur. Farzand- oilaviy muhit mahsuli. Agar ota-ona aql-hushuni yig’ib o’zini tarbiya qilmas ekan, u o’z qo’llari bilan farzandining kelajagini yer bilan yakson qiladi. E’tiborsizlik farzandning turli tahdidlar ta’siriga tushib qolishiga va hayotini zulmatga aylanishiga sabab bo’ladi. Ayniqsa, bugungi globallashuvning imkoniyati cheksiz bo’lgan davrda. Ma’naviy tahdid nafaqat talabalar ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, balki ularning faoliyatdan chetlanishlariga, o’zligi, oila, Vatanga dahldorlik hissini unutishlariga, dunyoqarashi va onggining manqurtlashib ketishiga sabab bo’ladi. Ma’naviy tahdid tushunchasiga I.A.Karimov quyidagicha ta’rif bergan: “ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, etiqodidan qat’i nazar har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko’zda tutadigan mafkuraviy, g’oyaviy va axborot xurujlarini nazarda tutish lozim”. Ma’naviy tahdid va xurujlarni ko’rinishi, ta’sir o’tkazish doirasiga ko’ra qquyidagi guruhga ajratish lozim: tashqi va ichki tahdidlar. Shaxs ma’naviyatini yemirishga 27 qaratilgan tashqi tahdidlar qatoriga g’oyaviy –mafkuraviy tahdidlar, narkotik moddalar va odam savdosi, ommaviy madaniyat, terrorizm, missionerlik, shovinizm, axborotlar tahdidi kabilarni kiritish mumkin. Shubhasiz, bu tahdidlar ayrim shaxslar va kuchlar tomonidan yuzaga keltirilmoqda. Bunday kuchlar tinch aholiga ta’sir etishning turli usullari va vositalarini ishlab chiqib o’zlarida mavjud bo’lgan barcha imkoniyatlarni: moddiy, texnik, texnologik manbalarni ishga solmoqda. Bu jarayonning nozik tomoni shundan iboratki, tashqaridan qaraganda ularni sezmaslik mumkin, biroq ular o’zlarini namoyish qilmasdan faoliyat olib boradilar. Eng achinarlisi, ular shaxs onggi, dunyoqarashi, qalbi, hatto, “tani”ni oson egallab, butun mamlakat, millatni bir- biriga dushmanga aylantiradi. Mazkur tashqi tahdidlar barcha tahdidlarning asosiy manbalari hisoblanadi. O’z navbatida tashqi tahdidlar ichki tahdidlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Masalan axborot tahdidlari tashqi tahdid sanaladi. Uning natijasida talabalarda axborotlarga tobelik, yalqovlik, befarqlik kabi ularning butun kelajagiga rahna soluvchi ichki tahdidlar paydo bo’ladi. Ichki tahdidlar o’zining qamrovi va keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlari bilan tashqi tahdidlardan ham havfliroq hisoblanadi. Uning xatarli jihati shundaki, u jamiyatni ichdan yеmiradi, davlatning rivojlanishi va taraqqqiyotiga to’sqinlik qiladi. Shu bilan birga ichki tahdid jamiyatda yashovchi turli millat vakillari o’rtasida ziddiyat
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir etuvchi ichki tahdidlar, ularning turli omillari, ichki tahdidlar ko’rinishlari haqida ma’lumot berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir etuvchi ichki tahdidlar, ularning turli omillari, ichki tahdidlar ko’rinishlari haqida ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, ma’naviyat, negativ g’oyalar, G’arb madaniyati., ichki va tashqi olam, zamonaviy texnologiyalar, mas’uliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024