Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QADIMGI MANBA ‘‘AVESTO’’ DADAGI TABIAT HAQIDAGI FALSAFIY QARASHLARINING MOHIYATI
QARASHLARINING MOHIYATI · Abdunazarova Zebiniso Xudoyshukurovna
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 04 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada dastlabki mifologik qarashlar va ularning turli timsollar tarzida namoyon bo 'lishi bayon etilgan. Mifologiyaning asosiy tushunchalari: totem, fetish va anima kabi tushunchalarning etimologiyasi tahlil etilgan. Zardushtiylik mifologiyasidagi ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi kurashlar va ular turli xudo va devlar timsolllarida namoyon bo 'lishi va Avesto mifologiyasida hikoya qilingan xalq qahramonlari va ezgulik timsollari yoritilgan. Kalit so'zlar: Mif, mifologiya, totem, fetish, anima, zardushtiylik, Avesto, Ahura-Mazda, Axiraman, dev, siyovush afsonasi, kichik avesto. «Mif»- koinot va hayotning paydo bo'lishi, tabiat hodisalari, xudolar va afsonaviy qahramonlar haqida ibtidoiy zamon kishilari tushunchalarining badiiy ifodasidir. Shunday qilib, mif deganda, eng qadimgi afsona, rivoyat, hikoyalarni tushunish mumkin. O'rta Osiyoda yashaydigan xalqlarning o'tmish hayoti bilan bog'liq miflarnig dastlabki namunalari «Avesto» kitobida uchraydi. Bu kitobda yaxshilik va yomonlik kuchlari Mitra, Anaxita, Kayumars, Yima(Jamshid), Gershasp (Elikbek) timsollarida namoyon bo'lgan.1Mifologiyada 3 ta asosiy tushuncha muhim hisoblanadi. 1. Totem.2. Fetish.3. Anima.2Totem deganda, biz dunyodagi turli xalqlar hozirgi paytgacha o'zlariga homiy deb bilgan hayvonlarni tushunamiz. Jumladan, burgut, sher, yo'lbars, bo'ri, ilon (ajdar), humo kabi hayvonlar va qushlar ko'p xalqlarda alohida e'zozlanadi.3Fetish insonlar tomonidan alohida e'tibor bilan qaraladigan narsa, predmetlar tushunchasini anglatadi. Xususan, turkiy xalqlarda quyosh, oy, yer, ayrim yulduz lar, suv, tuproq, yoy, qilich, qalam kabilarga asrlar davomida alohida hurmat bildirilgan.4 Anima inson tomonidan totem va fetishga ishonch bilan qarash manosini anglatadi. Tushga ishonish oddiy hayotda ro'y berayotgan voqealardan kelajak haqida tasavvur hosil qilishga urinish odatlari animizm tasiri bilan bog'liqdir.5Ma'lumki, zardushtiylik mifologiyasining asosida ezgulik va yovuzlik kurashi, ya'ni dualistik tasavvurlar yotadi. Ana shu tasavvurlarga ko'ra kun bilan tunning kurashi va unda Quyoshning g'olib chiqishi dualistik motivlar asosida tasvirlanadi. "Xurshed yasht" tarkibiga kirgan alqovlar orasida aslida ana shu mifik bandlar ham bo'lgan va keyinchalik unutilib yoki yo'qolib ketgan bo'lishi kerak6.Avesta avval boshida dunyoni faqat ezguliklar majmuyi va mutanosibligi sifatida tasvirlaydi. Unda yovuzliklar, o'lim yo'q, kasalliklar yo'q. Dunyo azal va abad porloqliklardan iborat - qorong'ulik yo'q, yoz bor, qish yo'q, ezgu niyat bor, yovuz o'y, yomonlik haqida o'ylash yo'q edi. Zardushtiylikda imonli, e'tiqodi butun va mustahkam qavm artabon, ya'ni yaratgan borligiga ishongan odam, Haqning qo'riqchisi deb ataladi. Xullas, Avesta borliq dunyoni dastlab ana shunday bir jannatiy tusda ta'riflaydi va insonni shunga munosib bo'lishga chorlaydi7. Borliq ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi kurash maydoni deb hisoblanadi. Dastlab Ahura -Mazda faqat ezgu borliqni yaratgan. Biroq yovuzlikning bosh sababchisi va o'lim keltiruvchi devlar devi(sardori)8- Axriman barcha ezguliklarning ziddi uchun son-sanoqsiz yovuzliklar qiyofasida namoyon bo'laveradi. Axriman yovuzliklarni umumiy tarzda o'zida mujassam etgan tushuncha Avestada Duruj(Drauga) -"Yolg'on" devi sifatida ta'riflanadi. Yolg'on(Duruj) Arta(Asha) -Haq(Haqiqat)ga qarama-qarshi qo'yiladi. Cheksiz, poyonsiz kurashlar 37 oqibatida Axriman(uning universal qiyofasi Yolg'on) yo'q qilinadi. Haqiqat g'olib chiqib, borliqdagi barcha imonlilar behishtga(jannatga) doxil bo'ladilar.9 Axrimanning yovuzliklari qatorida « Nasu» o'lim va yomonlik timsolidir. Axriman jangchilari orasida asosiy rolni devlar o'ynaydi. Bular Zardushtiylikni inkor etgan qadimiy xudolardir. Masalan, «Araska» -hasad devi, «Zarvan» -qarilik ko'rinishidagi kasallik, «Varena»-xirs, «Azy» -ochko'zlik, «Apausha» - qurg'oqchilk devi, yana «Bushyasta» -dangasalik devi bo'lib, u insonni ezgulik va din yo'lidagi harakatlaridan chalg'itadi, «Ayshma» -g'azab devi, u insonni yovuz niyatlarga chorlaydi.10 Ahura- Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so'zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, Quyoshga qarab, uni olqishlab, sig'inishi shart."Avesto" dagi tabiat haqidagi falsafiy qarashlarning mohiyati: Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu mavzu bo‘yicha tadqiqot olib borish uchun ilmiy- metodologik asoslarni belgilash muhimdir. Tadqiqot metodologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Avesto"dagi tabiat haqidagi falsafiy qarashlarning mohiyatini ochib beradi Ushbu qarashlarning zamonaviy ekologik va falsafiy tafakkur bilan bog‘liqligini tahlil qilish. "Avesto" matnlarini tahlil qilish va undagi tabiatga oid g‘oyalarni aniqlash. Zardushtiylik falsafasida tabiatga bo‘lgan munosabatni tushuntirish. "Avesto" falsafiy qarashlarining hozirg
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada dastlabki mifologik qarashlar va ularning turli timsollar tarzida namoyon bo 'lishi bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada dastlabki mifologik qarashlar va ularning turli timsollar tarzida namoyon bo 'lishi bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mif, mifologiya, totem, fetish, anima, zardushtiylik, Avesto, Ahura-Mazda, kichik avesto., Axiraman, dev, siyovush afsonasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025