К содержанию
РецензированоRU2026

BADIIY ASARDA MAZMUN UNSURLARINING AHAMIYATI

Abdulahatova Ruhshona · Adhamova Mohigul · Abdusattorova Mushtariy

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В данной статье говорится о теме и идее, которые являются важными элементами художественного произведения. Также дано отличие темы от идеи, зачем она нужна в работе, а также их виды. КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: произведение искусства, психика, объективная идея, субъективная идея, ложная идея, гармония. Annotation. This article talks about the theme and idea, which are important elements of the artistic work. the difference between theme and idea, why it is needed in the work, and their types are also given. Keywords: artistic work, psyche, objective idea, subjective idea, false idea, harmony. Badiiy asar bu- insonning go’zallik qonuniyatlari asosidagi ijodiy- ruhiy faoliyatidir. Yozuvchi asar yozar ekan shu asari ichida o’zi yashaydi. Badiiy asar yaratishda uning kompozitsiyasi, mavzusi, g’oyasi yetakchi o’rinda turadi. Endi badiiy asarning g’oyasi va mavzusi haqida batafsil to’xtalamiz. Shakl va mazmun kompotentlari ichidan mavzu va g’oya mazmunga kiradi. Mavzu va g’oya bir- biridan ayri holda bo’lmaydi. Chunki mavzu g’oyaviy jihatdan aniqlangan, g’oya esa mavzu rivoji natijasida ochilgan bo’ladi. Mavzu yunoncha so’zdan olingan bo’lib, “narsa- buyum” degan ma’noni bildiradi. Biroq badiiy asar mavzusi unda qalamga olingan voqea yoki narsa- buyumlar emas. Adabiy asar uchun asos qilib olingan fikr va maqsad uning mavzusidir. Mavzu asarda berib o’tilgan hayotiy materiallardan iborat bo’ladi. Demak, mavzu bu asarda ifodalanayotgan hayotiy voqeliklar hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, mavzu asarning mazmuniga qarab tanlanadi. Yozuvchi badiiy asar yozish uchun avvalo mavzu tanlaydi. Mavzuni qanday tanlash har bir ijodkorning o’ziga bog’liq. Nega deganda, ba’zi ijodkorlar katta mavzu tanlashadi, lekin uni to’laqonli yoritib bera olishmaydi. Ba’zi ijodkorlar kichik mavzu tanlashsa ham, uni chiroyli qilib yetkazib bera olishadi. Har qanday asarning mavzusi uning g’oyasi asosida ochiladi. G’oya – bu inson tafakkurida paydo bo’ladigan, odamlarni maqsadlari sari yetaklaydigan fikr hisoblanadi. Asar taqdirini mavzu emas, uning g’oyaviy ochilishi hal qiladi. Insonlar turmushidan kelib chiqgan, muhim masalalar ochilgan asarlar kitobxonda qiziqish orttiradi. Shuning uchun ham yozuvchilar davr talabiga moslab mavzular tanlashadi. Bu asarning o’qishliligini oshiradi. Asarda mavzu bittadan ortiq bo’lishi mumkin. Ayniqsa yirik epik asarlarda bitta umumiy mavzudan tashqari xususiy mavzular ham bo’ladi. Kichik mavzuchalar asosiy mavzuga bog’liq bo’ladi va asarni mazmunini ochishga yordam beradi. Asarning goyasi ma’lum bir maqsadni yo’naltirishga qaratiladi. Har qaysi asarda siyosiy, axloqiy, falsafiy va shu singari boshqa 42 g’oyalar ifodalangan bo’ladi. Demak g’oya asardagi turli voqealardan kelib chiqadigan xulosasidir. Masalan Abdulla Qahhorning “O’tmishdan ertaklar” asarini olsak. Yozuvchi nega aynan bu asariga shu nomni tanladi. Asarda qanday mavzuda so’z borgan, qanday g’oya yashiringanini bilish o’quvchi uchun jumboqdek beriladi. O’quvchi asarni o’qib borar ekan bu jumboqlarga o’z bilim salohiyatiga qarab javob topadi. “O’tmishdan ertaklar” asari Abdulla Qahhorning hayoti haqida yozilgan asar hisoblanadi. Ushbu asarda o’sha davrdagi siyosiy tizim yorqin namoyon etilgan. Shu bilan birga urush davridagi qiyinchiliklar, ish yo’qligi, sarson- sargardonlikda qolgan aholi tasvirini ham ko’rishimiz mumkin. Bu asarning g’oyasi urush paytlaridagi insonlar hayoti, turmush tarzini o’quvchiga yetkazish. Odamlar bir burda non uchun ertalabdan kechgacha ishlashgani, qizlar o’zi xohlamasada ota-onasining qistovi bilan turmushga chiqishlari bularning barchasini o’quvchiga singdirish uchun yozilgan. Ya’ni asosiy g’oya urush qoralangan. Biz shunday yaxshi kunlarda yashayotganimizga shukr qilishimiz singdirilgan. Har qanday asarni to’liq o’qib chiqsak, biz uning g’oyasini, nega aynan shu mavzu tanlanganini sezamiz. Mavzuni qay darajada ochib berish harbir yozuvchining qalamining o’tkirligiga bog’liq. Hajmi katta asarlarda umumiy bir mavzu doirasidan tashqari boshqa mavzular ham yoritiladi. Masalan, Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini olishimiz mumkin. Bu asar ham hajman, ham mavzu ko’lami keng asar hisoblanadi. Bu asarni o’qish jarayonida ko’p bilimga ega bo’lish mumkin. Badiiy asarning qimmati g’oyaning haqqoniyligi chuqurligiga bog’liq. Shunga ko’ra g’oya ob’ektiv, subektiv, haqiqiy va soxta bo’ladi. Soxta g’oya asar qimmatini tushiradi, uni halok qilib, g’oyasiz qilib qo’yadi. Masalan, shunday asarlar borki, asarda umumiy qilib olingan g’oya birdan yo’qoladi. Arzimagan sabablaqr orqali bunday holat yuzaga kelishi soxta g’oya deyiladi. Masalan, M. Boboyevning “Rano” qissasini olishimiz mumkin. Ushbu qissada ikki sevishganlarning hayoti keltirilgan. Ikki sevishgan qiz va yigit ota-onasi ruhsat bermagani uchun bir-biridan ayrilib ketadi. Barcha orzu, maqsadlaridan voz kechadi. Muallif bu bilan ota-ona orzusi uchun barcha narsadan voz kechgan insonlar haqida aytmoqchi bo’ladi. Ammo, oxirida baribir orzulari amalga oshmas ekan sevishib nima qilar edil

Доказательный фрагмент

«В данной статье говорится о теме и идее, которые являются важными элементами художественного произведения.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье говорится о теме и идее, которые являются важными элементами художественного произведения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
artistic work, psyche, objective idea, subjective idea, false idea, harmony, badiiy asar, subyektiv g’oya, soxta g’oya, uyg’unlik., ruhiyat, obyektiv g’oya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники