American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021
AHMAD TABIBIY MUSADDASLARIDA ARUZ VAZNI
Azizbek Toshpoʻlatov Ikromjon oʻgʻli
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Mazkur maqola Ahmad Tabibiyning “Munisu-l-ushshoq” devonidan oʻrin olgan musaddaslarda qoʻllangan aruz vaznlari tahliliga bagʻishlangan. Maqolada Tabibiy ijodida ramal, hazaj va muzori’ bahrlari hamda ularning turli koʻrinishlari qoʻllanilgani atoqli adabiyotshunoslar fikrlari va vaznlar taqti’si bilan dalillangan. Kalit soʻzlar: aruz, bahr, she’riy vazn, hazaj, ramal, muzori’, musaddas, gʻoya. Annotation. This article is dedicated to the analysis of aruz meters used in musaddas poems from Ahmad Tabibiy’s divan “Munisu-l-ushshoq”. The article demonstrates the use of ramal, hazaj, and muzori’ meters and their various forms in Tabibiy’s works, supported by opinions of prominent literary scholars and syllabic analyses of the meters. Keywords: aruz, bahr, poetic meter, hazaj, ramal, muzori’, musaddas, idea. Xorazm adabiy muhitida ko‘plab badiiy barkamol asarlar ijod etilgan. Darhaqiqat, o‘zbek madaniy hayotida bu adabiy muhitning o‘rni beqiyos. Aynan Ahmad Tabibiyning ijodda kamol topishida ana shunday an’analarga ega muhitning ta’siri katta bo‘lgan. Mumtoz adabiyotida aruz vazni shuaro mahoratini belgilaydigan muhim adabiy-estetik omillardan biri hisoblanadi. Chunki “...she’riy asarda tanlangan vazn va shoirning undan foydalanishdagi mahoratini kashf etish ijodkorning badiiy salohiyati darajasini belgilashga imkon berishi shubhasiz. Zero, har qanday she’riy asarda vazn tasodifiy tanlanmaydi. Ijodkor o‘z g‘oyaviy-badiiy niyatidan kelib chiqqan holda o‘zi ifodalamoqchi bo‘lgan g‘oyalar, tasvirlamoqchi bo‘lgan lirik yoki epik timsollar, asarda aks ettiriluvchi voqealar, hissiyotlarni yuksak badiiyat bilan jilolantirishga qo‘l keladigan she’riy o‘lchovlarga murojaat etadi, ularning ritm-ohang imkoniyatlari zaminida ta’sirchan, mazmundor va nafis misralar, baytlar, bandlar yaratadi” [1:4]. Lirik asarlari tadqiqi Ahmad Tabibiy ham o‘z ijodida aruz vazni imkoniyatlaridan samarali foydalanganini ko‘rsatadi. Tabibiyning “Munisu-l-ushshoq” devonidan o‘rin olgan murabba’ va musaddaslarida aruzning ramal ( 1 murabba’, 2 musaddas), hazaj (3 murabba’, 3 musaddas), muzori’(2 musaddas) bahriga oid ijod namunalari uchraydi. Shoirning “Umring o‘tkarma tamoshoi gulu gulshan ila…”, “Zor-u rasvoyi jahon etgali jonona mani…” va boshqa ko‘plab she’rlari ramal bahri (ramali musammani maxbuni mahzuf)da ijod etilgan. Professor Anavar Hojiahmedov ham ushbu vazn haqida shunday ma’lumotni keltiradi: “Mazkur vaznda yozilgan dastlabki she’rlar kam boʻlsa-da, Xofiz Xorazmiy (3 gʻazal) ijodida uchraydi. Alisher Navoiy ushbu oʻlchov imkoniyatlarini hisobga olgan holda oʻzining 21 gʻazali va 2 muammosini uning asosida yaratgan edi. Ushbu vazn XVI—XIX asr oʻzbek shoirlari ijodida ham qoʻllanib turdi” [2:126]. Tabibiyning quyidagi musaddasi bunga misol bo‘la oladi: Zor-u rasvoyi jahon etgali jonona mani, Dardu ranj ila qilib hamdamu hamxona mani, O‘rtanur holima ko‘rgan chog‘i parvona mani, Qildi bir jilva bila ishqida devona mani, Tong emas xalq agar aylasa afsona mani, 50 Kim xiraddin g‘ami ishq ayladi begona mani. Taqti’si quyidagicha: foilotun, failotun, failotun, failun —V — —/ VV — —/ VV — —/ VV — Shoirning ramal bahridagi ikkinchi musaddasi quyidagi matla’ bilan boshlanadi: Umring o‘tkarma tamoshoi gul-u gulshan ila, Tut barobar oni gar oqil esang gulxan ila, Chekibon ranj-u balo borini jon-u tan ila, Borho ulfat etib sohibi ilm-u fan ila, Dushman ar qilmasa olamda madoro san ila, San madoro qila ko‘r jahd etibon dushman ila. Taqte’si quyidagicha: foilotun failotun failotun failun – V – – / V V – – / V V – – / V V – O‘zbek she’riyatida keng foydalanilgan bu vaznlarda musaddas va boshqa tipda asarlar yaratgani Tabibiyning aruz qoidalarini puxta egallagani isbotidir. Shoir ijodida sermahsul foydalangan vaznlaridan yana biri hazajdir. Tabibiyning “Munisu- l-ushshoq” devonidagi murabba’ va musaddaslaridan 6 tasi ayni shu vaznda yozilgani buning isbotidir. Adabiyotshunoslikka oid lug‘atlardan birida hazaj bahri haqida quyidagilar zikr qilinadi. “Hazaj o‘zbek mumtoz she’riyatida eng faol bahrlardan biri sanaladi. Jumladan, “Xazoyin ul- maoniy” kulliyotiga kiritilgan g‘azallarning 669 tasi (taxminan 22 foizi) hazajda yozilgan. O‘zbek she’riyatida hazaj bahrining, asosan, sakkiz va olti ruknli o‘ttizdan ortiq vaznidan keng foydalaniladi” [3:399]. Xuddi shunday ko‘lamdorlikni Tabibiy murabba’ va musaddaslarida ham kuzatishimiz mumkin. Tabibiy lirikasida hazaj bahrining boshqa tarmoqlaridan ham unumli foydalanilgan. Jumladan, shoirning Feruz g‘azaliga tasdis qilingan quyidagi matla’li musaddasi hazaji musammani ashtar tarmog‘ida ijod etilgan: Man hazinni, ey dilbar, sarfarozi davron qil, Xotiri gʻamimni ham vasling ila shodon qil, Kulbai xarobimni rashki bogʻi rizvon qil, Holima tarahhum et, mushkulimni oson qil, Gul yuzung ochib, ey gul, majlisim guliston qil, Mehri orazing uzra kokiling parishon qil. Taqti’si quyidagicha: foilun mafoiylun foilun mafoiylun – V – / V – – – / – V – / V – – – Alisher Navoiy hazaj bahri musamman ko‘rinishining o‘n ikki
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola Ahmad Tabibiyning “Munisu-l-ushshoq” devonidan oʻrin olgan musaddaslarda qoʻllangan aruz vaznlari tahliliga bagʻishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola Ahmad Tabibiyning “Munisu-l-ushshoq” devonidan oʻrin olgan musaddaslarda qoʻllangan aruz vaznlari tahliliga bagʻishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- aruz, bahr, poetic meter, hazaj, ramal, muzori’, musaddas, idea, she’riy vazn, gʻoya.
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020