К содержанию
РецензированоUZ2026

KORRUPSIYA — OLIY TA’LIM VA INSON MA’NAVIYATI UCHUN YASHIRIN TAHDID

Abdimannobova Sevara Abdiqaxxor qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada korrupsiyaning oliy ta’lim tizimi va inson ma’naviyatiga salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Korrupsiya nafaqat ta’lim sifatini pasaytiradi, balki jamiyatda adolatsizlik va ishonchsizlik muhitini yaratadi. Shuningdek, u yosh avlodning ma’naviy qadriyatlariga putur yetkazib, ularning kelajakdagi faoliyatiga ham zarar keltiradi. Maqolada korrupsiyaning oldini olish choralari va ta’lim tizimida shaffoflikni ta’minlash yo‘llari muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: Korrupsiya, oliy ta’lim, ma’naviyat, ta’limdagi korrupsiya, notenglik, diskriminatsiya, poraxo‘rlik, iqtisodiy zarar. Korrupsiya bugungi kunda jahon miqyosida dolzarb muammolardan biri bo‘lib, nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo bo‘ylab ko‘plab davlatlarda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muammolarni keltirib chiqarishda davom etmoqda. Korrupsiya, asosan, davlat organlari va xususiy sektorda noqonuniy faoliyat, resurslarni o‘g‘irlash, mansabdor shaxslarning o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi holatlarni o‘z ichiga oladi. Bu muammo jamiyatning barcha sohalariga, jumladan, ta’lim tizimiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy- huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tizimli islohotlar olib borilmoqda. Ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati va samaradorligini oshirish kabi keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korrupsiya va poraxo‘rlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ham joriy etilmoqda. Hukumat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirildi, xususan, oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari mustahkamlandi. Ishga qabul qilish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, xodimlar va talabalar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, oliy ta’lim tizimida shaffoflik va javobgarlikni oshirish choralari ko‘rilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024-yilning I yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlil qilinib, tahlillarga ko‘ra, mazkur davrda 3837 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgani uchun sudlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan1. Jumladan, tijorat banklarida 146 (186), sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 145 (177), huquqni muhofaza qiluvchi organlarda 122 (128), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida 52 (64), bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida 30 (40), qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 30 (33) xodimlar tomonidan korrupsion jinoyatlar sodir etilgan. Ta’limdagi korrupsiya – ta’lim sohasi mansabdor shaxslari yoki xodimlarining o‘qishga kirish, sinovlarni ijobiy baholash, ballarni noqonuniy oshirish va ta’lim muassasasini 1 O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi // URL: https://anticorruption.uz/oz/article/2024- yilning-i-yarim-yilligidagi-korrupsiyaga-oid-jinoyatchilik-tahlil-qilindi 57 sertifikatlash kabi ishlar uchun pul olishi yoki boshqacha tarzdagi manfaatdorligiga oid huquqbuzarlik2. Oliy ta’limdagi korrupsiya nafaqat ta’lim tizimiga, balki jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ham jiddiy zarar yetkazadi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda faqat iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlar emas, balki ma’naviy va axloqiy yondashuvlar ham zarur. Korrupsiya inson ma’naviyatiga jiddiy tahdid soladi. U odamlarda halollik, ishonch va adolat tuyg‘usini yo‘qotadi. Korrupsiyaga moyil bo‘lgan jamiyatda adolatsizlik, zo‘ravonlik va ijtimoiy tartibsizlik kuchayadi. Bu esa, o‘z navbatida, insoniyatning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va jamiyatni qorong‘u va adolatsiz hayotga boshlaydi. Korrupsiya uzluksiz ravishda “odatiy” bo‘lib boradi va bu holat jamiyatda axloqiy qadriyatlarning yomonlashishiga olib keladi. Korrupsiya keng tarqalgan jamiyatlarda, insonlarning bir-birlariga ishonchi pasayadi. Agar insonlar o‘zlarini doimiy ravishda poraxo‘rlik va aldovlar bilan o‘rab turgan jamiyatda yashasa, ular o‘zaro ishonchni va hamkorlikni yanada qiyinlashtiradi. Bu esa jamiyatning umumiy ruhiy va ma’naviy ahvolini yomonlashtiradi. Korrupsiya eng avvalo adolatsizlikni kuchaytiradi, chunki bu holatga tushganlar faqat o‘zlariga yoki tanishlariga foyda keltirganlar bo‘ladi, boshqa odamlar esa imkoniyatlardan mahrum bo‘ladilar. Bunday holatlarning uzluksiz takrorlanishi jamiyatda ijtimoiy tafovutlarni kuchaytiradi va adolatga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi. Insonlar o‘z hayotlarini o‘zgartirish uchun hamkorlik qilish o‘rniga, faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlashga yo‘naltiradilar. Korrupsiya, ayniqsa oliy ta’lim va ilm-fan sohalarida chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Agar ta’lim tizimi korrupsiya bilan buzilgan bo‘lsa, yangi avlodlar noto‘g‘ri qadriyat

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada korrupsiyaning oliy ta’lim tizimi va inson ma’naviyatiga salbiy ta’siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada korrupsiyaning oliy ta’lim tizimi va inson ma’naviyatiga salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ta’limdagi korrupsiya, diskriminatsiya, notenglik, ma’naviyat, oliy ta’lim, iqtisodiy zarar., poraxo‘rlik, Korrupsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники