К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ MADANIYATIDA "OILA" KONSEPTI VA UNING LINGVOKULTURAVIY XUSUSIYATLARI

Yusufova Zebo Abduhamidovna · Samarqand Davlat Chet Tillar

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu maqola ingliz madaniyatidagi "oila" konseptining lingvokulturaviy xususiyatlarini o‘rganadi. Tadqiqotda ushbu konseptning lingvistik va madaniy jihatlari nazariy tahlil qilinadi. Maqsad — ingliz tilida "oila" konseptining asosiy madaniy tarkibiy qismlarini aniqlash, chunki bu ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari oilaning ingliz madaniyatida qanday talqin etilishini yoritib beradi. Kalit so‘zlar: oila konsepti, lingvokulturologiya, ingliz madaniyati, madaniyatlararo kommunikatsiya. Chet tilini o‘qitishda til va madaniyatga bo‘lgan e’tibor ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish metodikasida lingvokulturologik yondashuvning shakllanishiga olib keldi. Ushbu yondashuv doirasida ingliz tilini o‘rganish jarayoni nafaqat lingvistik bilimlarni, balki ingliz madaniyatiga xos qadriyatlar va an’analarni ham o‘z ichiga olgan holda tahlil etiladi. Ayniqsa, "oila" konsepti ingliz tilida qanday shakllangani va u jamiyatda qanday funksiyalarga ega ekanligi ushbu yondashuv doirasida alohida ahamiyat kasb etadi. Madaniyatlararo muloqot jarayoni — bu madaniyatlar dialogi bo‘lib, unda shaxs boshqa tilga oid madaniyat elementlarini o‘zlashtiradi va ularni o‘zining madaniy qarashlari doirasida talqin qiladi. Ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitishdagi lingvokulturologik yondashuv tilning konseptualizatsiyasini o‘rganishni va uni ta’lim jarayonida qo‘llashni dolzarb masalaga aylantirdi. Zamonaviy chet tilini o‘qitish strategiyalari tadqiqotchilarni madaniy jihatdan universal konseptlarni o‘rganishga va ularni ta’lim jarayoniga kiritishga yo‘naltirmoqda. Bunday konseptlar insoniyatga umumiy bo‘lgan hayotiy qadriyatlar bilan birga milliy-madaniy o‘ziga xosliklarni ham o‘z ichiga oladi. Shunday universal muhim konseptlardan biri "oila" bo‘lib, u jamiyatda umumiy va milliy-madaniy (ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy) tushunchalarni aks ettiradi. Shu sababli, tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, milliy madaniyatga xos o‘ziga xoslikni tushunish uchun uni boshqa madaniyatlardagi mazmuni bilan taqqoslash muhimdir. Shu nuqtai nazardan, ushbu maqolada "oila" konsepti ingliz madaniyati kontekstida tahlil qilinadi. Lingvokulturologiya tilda aks etuvchi milliy-madaniy o‘ziga xosliklarni, ularning ma’nosi va semantik jihatlarini to‘liq o‘rganadi. Shu sababli, "oila" konseptining shakllanishiga ta’sir qilgan madaniy-tarixiy shart-sharoitlarni o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu shart- sharoitlar "oila" konseptini anglatuvchi til birliklarining ma’nosi va semantik rang- barangligini belgilaydi. Ingliz madaniyatida "oila" tushunchasi uzoq vaqt davomida asosan yadro (nuclear family) — ota-ona va farzandlardan iborat bo‘lgan model asosida shakllangan. XIX–XX asrlarda bu model madaniyatda mustahkam o‘rnashgan bo‘lsa, XXI asrda ingliz jamiyatida oilaning turli shakllari paydo bo‘la boshladi. Hozirgi kunda ingliz jamiyatida kengaygan oila (extended family), yakka ota-onali oila (single-parent family), aralash oila (blended family) kabi ko‘plab variantlar mavjud. 56 "Chosen family" – qon-qarindoshlik aloqalaridan tashqari yaqin do‘stlar orqali shakllangan oila kabi terminlar ham qo‘llaniladi. Bu terminlarning mavjudligi ingliz madaniyatida oila tushunchasi an’anaviy modeldan uzoqlashib, zamonaviy jamiyat talablariga mos ravishda kengayib borayotganini ko‘rsatadi. Til nuqtai nazaridan, ingliz tilida "oila" so‘zi turli xil konnotatsiyalarni o‘z ichiga oladi. "Blood is thicker than water" (Qon aloqalari boshqa rishtalardan mustahkam), "family comes first" (Oila har narsadan ustun), "A family that eats together stays together" – "Birga ovqatlanadigan oila birga qoladi". "Like father, like son" – "Ota qanday bo‘lsa, o‘g‘il ham shunday bo‘ladi". kabi iboralar oilaning madaniyatdagi markaziy rolini aks ettiradi. Ingliz tilida shuningdek, oilaning ijtimoiy rolini ko‘rsatadigan "dysfunctional family" (muammoli oila) yoki "modern family" (zamonaviy oila) "Chosen family" – qon-qarindoshlik aloqalaridan tashqari yaqin do‘stlar orqali shakllangan oila kabi terminlar ham qo‘llaniladi. Ingliz madaniyatida oilaning ierarxik tuzilishi tarixan mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, zamonaviy jamiyatda bu demokratik tamoyillarga asoslangan holda o‘zgarib bormoqda. Ilgari oilaning boshlig‘i sifatida erkakning yetakchi roli tan olingan bo‘lsa, bugungi kunda oila tuzilmasida gender tengligi, shaxsiy erkinlik va individual qaror qabul qilish huquqi ustunlik qilmoqda. XIX asr va undan oldin oiladagi munosabatlar an’anaviy patriarxal tizimga asoslangan bo‘lib, oilaning har bir a’zosi o‘z o‘rniga ega edi. Masalan, "father figure" (ota shaxsi) nafaqat biologik ota tushunchasini, balki oiladagi yetakchilik va nazorat funksiyalarini ham ifodalagan. Biroq, XX asrda feministik harakatlar, huquqiy o‘zgarishlar va ijtimoiy taraqqiyot natijasida oiladagi rollar moslashuvchanroq bo‘lib bormoqda. Hozirgi kunda ingliz madaniyatida "stay-at-home dad" (uyda farzandlarga qarovchi ota) tushunchasi paydo bo‘ldi, bu esa an’anaviy gender rollarining o‘zga

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola ingliz madaniyatidagi "oila" konseptining lingvokulturaviy xususiyatlarini o‘rganadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola ingliz madaniyatidagi "oila" konseptining lingvokulturaviy xususiyatlarini o‘rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ingliz madaniyati, oila konsepti, lingvokulturologiya, madaniyatlararo kommunikatsiya.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники