К содержанию
РецензированоUZ2026

TARMOQ TURLARI VA TOPOLOGIYALARI

Mahkamova Maftuna Odiljon qizi · TARMOQ TURLARI

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari va ularning topologiyalari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Tarmoq turlari mahalliy, shahar va global tarmoqlarga bo‘linishi, ularning ishlash tamoyillari hamda har bir topologiyaning afzalliklari va kamchiliklari yoritilgan. Tarmoqning to‘g‘ri tanlanishi tizim samaradorligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, maqolada har bir tarmoq turi va topologiyaning qo‘llanilish sohalari ham yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Kompyuter tarmoqlari, LAN, WAN, MAN, tarmoq topologiyalari, yulduz topologiyasi, halqa topologiyasi, shina topologiyasi, daraxtsimon topologiya, to‘liq bog‘langan topologiya, Internet, tarmoq xavfsizligi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan kompyuter tarmoqlari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Tarmoqlar ma'lumot almashish, masofaviy ishlash va boshqa ko‘plab jarayonlarni soddalashtirishga yordam beradi. Ular turli mezonlar asosida tasniflanadi, jumladan, ulanish usuli va topologiyasi bo‘yicha. TARMOQ TURLARI Kompyuter tarmoqlari quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: 1. Lokal tarmoq (LAN - Local Area Network) LAN – bu bir bino yoki yaqin hudud ichida joylashgan kompyuterlar o‘rtasidagi tarmoq. U yuqori tezlik va kichik kechikish bilan ajralib turadi. Masalan, ofis, maktab yoki universitet ichidagi tarmoqlar LAN hisoblanadi. LAN tarmoqlari kabelli va simsiz bo‘lishi mumkin. Kabelli LAN optik tolali yoki mis sim orqali bog‘langan bo‘lsa, simsiz LAN Wi-Fi texnologiyasidan foydalanadi. 2. Shahar tarmog‘i (MAN - Metropolitan Area Network) MAN – bu bir shahar yoki katta hudud ichida joylashgan tarmoq. U ko‘pincha bir nechta LAN tarmoqlarini bog‘lash uchun ishlatiladi. Telekommunikatsiya kompaniyalari tomonidan yaratiladigan tarmoqlar MAN’ga misol bo‘la oladi. Ushbu tarmoq universitetlar, davlat tashkilotlari yoki biznes markazlari orasida ma’lumot uzatish uchun ishlatiladi. 3. Global tarmoq (WAN - Wide Area Network) WAN – bu katta geografik hududni qamrab oluvchi tarmoq. U uzoq masofadagi tarmoqlarni bog‘lash uchun ishlatiladi. Internet WAN tarmog‘ining eng yirik namunasidir. WAN tarmoqlari sun’iy yo‘ldosh, optik tolalar va kabelli aloqa kanallari orqali tashkil qilinadi. 4. Shaxsiy tarmoq (PAN - Personal Area Network) PAN – bu bir kishining shaxsiy qurilmalari o‘rtasida o‘rnatilgan kichik tarmoq. Masalan, noutbuk va smartfon o‘rtasida Bluetooth orqali ma’lumot almashinuvi PAN’ga misol bo‘la oladi. PAN, odatda, qisqa masofali aloqalar uchun ishlatiladi va simsiz bo‘lishi mumkin. 5. Intranet va Extranet o Intranet – bu kompaniya yoki tashkilot ichida ishlatiladigan yopiq tarmoq. Xodimlar faqat ichki ma’lumotlar bilan ishlashi mumkin. 14 ` o Extranet – bu tashkilot tashqarisidagi shaxslar bilan cheklangan darajada ma'lumot almashish imkonini beruvchi tarmoq. Masalan, mijozlar va hamkorlar uchun maxsus portal yaratish. TARMOQ TOPOLOGIYALARI Tarmoq topologiyasi bu kompyuterlar va boshqa qurilmalar o‘rtasidagi ulanish usulini ifodalaydi. Asosiy topologiya turlari quyidagilar: 1. Shinalar topologiyasi (Bus Topology) Ushbu topologiyada barcha qurilmalar bitta umumiy kabel (shina) orqali bog‘lanadi. Buning afzalligi – past xarajat va oson o‘rnatish, kamchiligi esa – bitta kabelning shikastlanishi butun tarmoqni ishdan chiqarishi mumkin. Ko‘p ishlatilmaydi, lekin kichik tarmoqlarda qo‘llanilishi mumkin. 2. Yulduz topologiyasi (Star Topology) Barcha qurilmalar bitta markaziy tugun (hub yoki switch) orqali bog‘lanadi. Bu topologiya yuqori ishonchlilikka ega, chunki bitta qurilmaning ishdan chiqishi butun tarmoqqa ta’sir qilmaydi. Korporativ tarmoqlarda keng qo‘llaniladi. 3. Halqa topologiyasi (Ring Topology) Barcha qurilmalar halqa shaklida ulanadi. Har bir tugun keyingisiga ma’lumot uzatadi. Kamchiligi – bitta tugun ishlamay qolsa, butun tarmoq ishdan chiqadi. Bu topologiya kam qo‘llaniladi, lekin barqarorligi bilan ajralib turadi. 4. To‘liq bog‘langan topologiya (Mesh Topology) Har bir tugun boshqa barcha tugunlar bilan aloqada bo‘ladi. Bu topologiya ishonchlilik va barqarorlik jihatidan juda yuqori bo‘lsa-da, ko‘p miqdorda kabel va ulanish talab qiladi. Internet provayderlari va harbiy tarmoqlarda ishlatiladi. 5. Daraxtsimon topologiya (Tree Topology) Ushbu topologiya yulduz va shina topologiyalarining kombinatsiyasidir. Asosiy magistral shina bo‘lib, har bir tarmoq segmenti yulduz shaklida bog‘langan bo‘ladi. Katta korporativ tarmoqlarda keng tarqalgan. XULOSA Kompyuter tarmoqlari turli tuzilmalarga ega bo‘lib, ularning har biri ma’lum ehtiyojlar va sharoitlarga mos ravishda qo‘llaniladi. Tarmoq topologiyasining to‘g‘ri tanlanishi tizim samaradorligini oshirishga va ishlash barqarorligini ta’minlashga yordam beradi. Shuning uchun, har bir tarmoq yechimi rejalashtirilayotganda uning turi va topologiyasi to‘g‘ri tanlanishi muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy tarmoqlarda xavfsizlik choralari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Tanenbaum, A. S., Wetherall, D. J. "Computer Networks", P

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari va ularning topologiyalari haqida batafsil ma’lumot berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari va ularning topologiyalari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kompyuter tarmoqlari, WAN, tarmoq xavfsizligi., daraxtsimon topologiya, tarmoq topologiyalari, shina topologiyasi, yulduz topologiyasi, MAN, to‘liq bog‘langan topologiya, halqa topologiyasi, LAN, Internet
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники