Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA FORMATIV VA SUMMATIV BAHOLASH ORQALI UZVIYLIKNI TA'MINLASH
Eshqobilova Guldona Nafasovna
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida formativ va summativ baholash usullarini uyg‘unlashtirish orqali uzviylikni ta’minlash masalasi yoritiladi. Avvalo, formativ baholashning o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini aniqlash, ular tomonidan mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganini muntazam kuzatish hamda dars jarayonini moslashtirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, summativ baholash natijalari bilan formativ baholash jarayonining uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Boshlang‘ich sinfda ushbu baholash turlari uyg‘unligi o‘quvchilarni matematika faniga qiziqish bilan jalb qilish, mustahkam bilim va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich shakllantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. KALIT SO‘ZLAR: boshlang‘ich sinf, matematika darslari, formativ baholash, summativ baholash, uzviylik, dars jarayoni, baholash strategiyalari, metodik yondashuv. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida formativ va summativ baholash usullarini uyg‘unlashtirish orqali uzviylikni ta’minlash ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Chunki matematika fanida o‘quvchilarning asosiy bilim va ko‘nikmalari mazkur davrda shakllana boshlaydi. Boshlang‘ich sinfda olingan bilim poydevori keyingi bosqichlarda geometriya, algebra yoki boshqa matematik bo‘limlarni o‘rganishga tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun darslarda uzluksiz baholash sistemasi yordamida o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini aniqlash, ularning kamchiliklarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ilg‘or qobiliyatlarni rivojlantirishga zamin yaratish zarur. Formativ baholash o‘qituvchiga har bir o‘quvchining mavzuni qanday o‘zlashtirayotganini kuzatish, tahlil qilish va shu asosda o‘quv jarayonini to‘g‘rilab borish imkonini beradi. Bu baholash turi tez-tez, darsning o‘zida yoki darslar oralig‘ida muntazam ravishda o‘tkaziladi. Masalan, dars boshida uy vazifasini ko‘rib chiqish yoki kichik savol-javob tashkil etish orqali har bir bolaning o'tgan mavzuga oid bilimlari darhol aniqlanadi. Agar kimdir mavzuni yaxshi tushunmagan bo‘lsa, shu zahotiyoq izoh berish, qo‘shimcha topshiriqlar taklif qilish, hatto tengdoshlari bilan guruhlarda ishlashni yo‘lga qo‘yish mumkin. Shuningdek, formativ baholash doirasida ayrim interaktiv metodlardan foydalanish foydali: masalan, tezkor blits-so‘rovlar, “savol-karta” usuli, individual ishlanma daftarchalari yoki raqamli ilovalardan yordam olish. Bunday yondashuv o‘quvchilarning o‘z xatolarini aniqlash, chuqurroq tushunish va kelgusida to‘g‘ri strategiyalarni qo‘llashlariga yordam beradi. Formativ baholash nafaqat o‘qituvchiga, balki o‘ziga xos tarzda o‘quvchilarga ham foyda keltiradi. Bolalar o‘zlarini muntazam baholab borish orqali darsdagi faoliyatini nazorat qiladi, o‘zlariga nisbatan mas’uliyat his qiladi. Bu jarayonda o‘quvchining mustaqil ravishda tafakkur yuritish, topshiriqlarni tushunib yechish, savollar berish va to‘g‘ri xulosa chiqarish kabi muhim ko‘nikmalari shakllanadi. O‘qituvchining muntazam ko‘magida o‘quvchi o‘zining “kuchli” va “ojiz” tomonlarini bilib oladi va shu asosda muvaffaqiyatsizliklarning oldini olish yoki ularni kamaytirish choralarini ko‘radi. Bu bosqichma-bosqich amalga oshadigan jarayon uzviylikni 19 ` ta’minlashning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, kelajakda matematikaning murakkab bo‘limlarini puxta egallashda poydevor yaratadi. Summativ baholash, odatda, ma’lum davr yoki mavzu yakunida, masalan, chorak, yarim yillik yoki yillik imtihonlar ko‘rinishida o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilarning olgan bilimlari, shakllangan ko‘nikmalari va ularni amalda qo‘llash darajasi tahlil qilinadi. Ushbu baholash turi, asosan, natijalarga e’tibor qaratadi. Ya’ni, o‘quvchilar matematika bo‘yicha berilgan topshiriqlarni qanday yechishlari, misol yoki masalalarni nechog‘lik to‘g‘ri hal qilishlari, izohlarni aniq va tushunarli bayon eta olishlari e’tiborda bo‘ladi. Summativ baholash jarayonida beriladigan topshiriqlar ixtisoslashtirilgan bo‘lishi, o‘quvchilarning turli darajadagi bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallanishi maqsadga muvofiq. Boshlang‘ich sinfda bunday sinovlar maktabning yuqori sinflaridagi test yoki imtihonlarga qiyosan biroz yengil va ko‘proq ko‘rgazmali-uslubiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin, lekin baribir ushbu baholash turi jarayon yakunida bolalarning umumiy tayyorgarligini, bilimi va ko‘nikmalarini aniqlashga xizmat qiladi. Formativ va summativ baholashni uyg‘unlashtirish orqali uzviylikka erishishning muhim mezonlaridan biri shuki, dars davomida shakllangan oraliq natijalar summativ baholash bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerak. Yangi mavzuni o‘tishdan oldin o‘quvchilarning avvalgi mavzuni tushunish darajasi aniqlanmasa yoki muammolar o‘z vaqtida bartaraf qilinmasa, summativ baholash natijalari past bo‘lishi mumkin. Shunday holatlarda o‘quvchining matematika faniga qiziqishi, ishtiyoqi susayishi, bu esa butun ta’lim jarayonining sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan holi emas. Aksincha, o‘quvchilar doimiy ravishda formativ baholash
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida formativ va summativ baholash usullarini uyg‘unlashtirish orqali uzviylikni ta’minlash masalasi yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida formativ va summativ baholash usullarini uyg‘unlashtirish orqali uzviylikni ta’minlash masalasi yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dars jarayoni, metodik yondashuv., baholash strategiyalari, formativ baholash, matematika darslari, boshlang‘ich sinf, uzviylik, summativ baholash
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020