К содержанию
РецензированоUZ2026

SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA MUHANDISLIK ISHLARINI AVTOMATLASHTIRISH

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Arabboyev O‘lmas To‘ra o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo) · O‘ktamov Madadjon O‘ktam o‘g‘li (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Artificial intelligence allows for increased efficiency, reduced errors, and optimal use of resources in the automation of engineering work. It automates design, analysis, and monitoring processes, reducing the human factor. This technology serves to introduce innovative solutions in manufacturing, construction, and other industries. Keywords. Artificial intelligence, engineering, automation, production processes, system monitoring, technical maintenance, optimization, robotics, data analysis, safety, innovations, future development, efficiency. Абстрактный. Искусственный интеллект позволяет повысить эффективность, уменьшить ошибки и оптимально использовать ресурсы при автоматизации инженерных работ. Это снижает человеческий фактор за счет автоматизации процессов проектирования, анализа и мониторинга. Эта технология служит для внедрения инновационных решений в производстве, строительстве и других сферах. Ключевые слова. Искусственный интеллект, инженерия, автоматизация, производственные процессы, мониторинг систем, техническое обслуживание, оптимизация, робототехника, анализ данных, безопасность, инновации, будущее развитие, эффективность. So‘nggi yillarda sun’iy intellekt (SI) turli sohalarda, xususan, muhandislikda eng ta’sirli va inqilobiy texnologiyalardan biriga aylanishdi. Sun’iy intellektni muhandislik jarayonlariga integratsiya qilish ishlarni bajarish usulini tubdan o‘zgartirdi, samaradorlikni oshirib, inson xatoliklarini kamaytirishga va umumiy ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga yordam berdi. Dizaynni optimallashtirishdan tortib, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlargacha, SI muhandislik amaliyotlarini yanada tezroq, aniqroq va iqtisodiy jihatdan samarali qilish uchun kuchli yechimlar taklif etadi. Sun’iy intellekt yordamida muhandislik ishlarini avtomatlashtirish nafaqat ishlab chiqarish jarayonlarini soddalashtiradi, balki xavfsizlikni ta’minlash va resurslarni boshqarish 35 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo darajasini ham yaxshilaydi. Ushbu maqolada sun’iy intellektning muhandislik ishlarida avtomatlashtirishdagi roli, dizayn, ishlab chiqarish, tizimlarni monitoring qilish va texnik xizmat ko‘rsatish kabi amaliy qo‘llanilishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada sun’iy intellektning muhandislikdagi kelajakdagi rivojlanishi va sanoatni qanday o‘zgartirishi mumkinligi haqida fikrlar keltiriladi. Sun’iy intellektning doimiy rivojlanishi bilan uning muhandislikda roli yanada kengayib, yangi innovatsion yechimlar kiritilishi kutilmoqda. Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) yordamida muhandislik ishlarini avtomatlashtirish jarayonlarini tahlil qilish uchun bir nechta metodologik yondashuvlar qo‘llanilgan. Tadqiqotda qo‘llanilgan metodlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Tadqiqotning birinchi bosqichi sifatida, so‘nggi yillarda sun’iy intellektning muhandislik sohasidagi qo‘llanilishi bilan bog‘liq ilmiy maqolalar, kitoblar va tadqiqotlar tahlil qilindi. Adabiyotlar orqali AI texnologiyalarining qanday ishlashini va ularning ishlab chiqarish va dizayn jarayonlarini qanday optimallashtirayotganini aniqlashga harakat qilindi. Bu tahlil, sun’iy intellektning o‘zgaruvchan tabiati va yangi yondoshuvlar haqidagi bilimlarni to‘plashga yordam berdi. Tadqiqotda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan sun’iy intellekt tizimlari asosida kazuistik tahlillar o‘tkazildi. Bunda muhandislik sohasida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun SI texnologiyalarining qanday qilib amaliyotda ishlatilgani va olingan natijalar ko‘rib chiqildi. Misol sifatida avtomobilsozlik, elektronika sanoati va energetika tarmoqlaridagi sun’iy intellekt tizimlari tahlil qilindi. Sun’iy intellektning muhandislikdagi qo‘llanilishini yaxshiroq tushunish uchun tizim modellashtirish usullari qo‘llanildi. Bunda ishlab chiqarish jarayonlarining turli bosqichlarida AI tizimlari qanday ishlashini ko‘rsatish uchun matematika va statistik modellardan foydalanildi. Modellashtirish orqali tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar va optimallashtirish jarayonlari yanada aniqroq ko‘rsatilgan. Tadqiqotda ishlab chiqarish jarayonlaridagi real vaqt monitoringi orqali sun’iy intellektning samaradorligi baholandi. Eksperimentlar va tahlillarni amalga oshirish uchun muhandislik tizimlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar to‘plamlari ishlatilgan. AI tizimlarining ma’lumotlarni qayta ishlash va optimallashtirishdagi ta’siri aniqlangan. Tadqiqotda sun’iy intellekt tizimlarining amaliyotdagi samaradorligini baholash uchun mutaxassislar bilan intervyu o‘tkazildi. Ekspertlar tomonidan berilgan fikrlar va baholar, muhandislikdagi avtomatlashtirish jarayonlarida sun’iy intellektning qanday foyda keltirishi va qaysi sohalarda yanada rivojlantirilishi mumkinligini aniqlashga yordam berdi. Sun’iy intellektning muhandislikdagi qo‘llanilishidan olingan iqtisodiy va texnik natijalar tahlil qilindi. Tahlil davomida ishlab chiqarish samaradorligi, resurslarni tejash, ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi va texnik xizmat ko‘r

Доказательный фрагмент

«Artificial intelligence allows for increased efficiency, reduced errors, and optimal use of resources in the automation of engineering work.»

Образец извлечения

Демо-превью

Artificial intelligence allows for increased efficiency, reduced errors, and optimal use of resources in the automation of engineering work. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Artificial intelligence, engineering, automation, production processes, robototexnika, xavfsizlik, samaradorlik., optimallashtirish, ishlab chiqarish jarayonlari, avtomatlashtirish, muhandislik, innovatsiyalar, tizimlar monitoringi, texnik xizmat ko‘rsatish, kelajak rivoji, ma’lumotlarni tahlil qilish, Sun’iy intellekt
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники