Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
WEB DASTURLASHDA ZAMONAVIY TEXNALOGIYALAR
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · O‘ktamov Madadjon O‘ktam o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo) · Eshonqulov Muhammad Alisher o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 173 · 2026
Аннотация
This article provides detailed information about modern web programming technologies, including frontend, backend, databases, cloud technologies, and API technologies. Important areas of web programming and advanced technologies are reviewed, their advantages and areas of application are highlighted. This article serves as a useful guide for programmers and IT specialists. Keywords: Databases, Frontend, HTML, CSS, Artificial Intelligence, Innovations, Blockchain technology, AI and ML technologies. Web dasturlash bugungi kunda eng talabgir va rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Internet tarmog'ining global miqyosda kengayishi, mobil qurilmalarning ommalashuvi va yangi texnologiyalarning tez sur'atlar bilan rivojlanishi web dasturlashga bo'lgan talabni yanada oshirdi. Bu soha nafaqat dasturchilar uchun, balki bizneslar va foydalanuvchilar uchun ham yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Bugungi kunda web dasturlashda foydalanilayotgan texnologiyalar juda keng va har bir texnologiyaning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Ushbu tezisda, web dasturlashda qo'llaniladigan zamonaviy texnologiyalar va ularning ahamiyati haqida so'z boradi. Shuningdek, bu texnologiyalarni qo'llash orqali yaratish mumkin bo'lgan yuqori samarali va foydalanuvchi uchun qulay tizimlar tahlil qilinadi. Web dasturlashda ikkita asosiy soha mavjud: frontend va backend dasturlash. Frontend dasturlash – bu foydalanuvchi bilan bevosita aloqada bo'lgan qismni yaratishni o'z ichiga oladi, masalan, veb-sahifalarning ko'rinishi, interaktivligi, animatsiyalar va boshqa elementlar. 56 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Backend dasturlash esa server, ma'lumotlar bazasi va boshqa tizimlarni boshqarishni o'z ichiga oladi. Web dasturlashning arxitekturasi esa web-sayt yoki ilovaning ishlashini ta'minlaydigan asosiy tuzilma va dizaynni anglatadi. Bu arxitektura, odatda, foydalanuvchi so'rovlari va server javoblarini ishlov beradigan tizimni tashkil etadi. Internetning asosiy protokollari, xususan HTTP/HTTPS, web dasturlashda muhim o'rin tutadi. Frontend web dasturlash uchun ko'plab texnologiyalar mavjud, eng asosiylari HTML, CSS, va JavaScript hisoblanadi. HTML – bu web sahifalarni yaratish uchun ishlatiladigan asosiy markup tili, CSS esa sahifalarning tashqi ko'rinishini boshqaradi. JavaScript esa sahifalarga interaktivlik qo'shadi. Zamonaviy frontend texnologiyalari, shuningdek, quyidagi frameworklar va kutubxonalar yordamida rivojlanmoqda Facebook tomonidan ishlab chiqilgan va hozirda eng mashhur frontend kutubxonasidir. Bu kutubxona, virtual DOM va komponentlarga asoslangan yondashuvni taqdim etadi. Oson o'rganiladigan va ko'plab qulayliklarni taqdim etadigan JavaScript framework. Google tomonidan ishlab chiqilgan va murakkab web ilovalarini yaratishda ishlatiladigan to'liq framework. CSS preprocessorlari, masalan, Sass va LESS, CSS kodining samaradorligini oshiradi va yanada kuchliroq uslubni yaratishda yordam beradi. Web dasturlashda muhim konsepsiyalar web dasturlashda eng muhim konsepsiyalar sifatida mvc dizayn patterni, restful api, graphql, va websocket kabilar kiritiladi. Bu konsepsiyalar web ilovalarining samaradorligini va modullikni oshirishda yordam beradi. Mvc (model-view-controller) – bu dastur dizaynining asosiy patterni bo'lib, ma'lumotlar (model), foydalanuvchi interfeysi (view) va ularni boshqaruvchi logika (controller) o'rtasida ajratish imkonini beradi. Restful api – bu web xizmatlarining arxitekturasi bo'lib, http protokoli orqali ma'lumotlarni almashtirishda ishlatiladi. Graphql – restful api ga o'xshash, ammo foydalanuvchi so'rovi bo'yicha aniq ma'lumotlarni olish imkonini beradi. Web dasturlashda responsive dizayn asosiy talabdir. Bu dizayn uslubi yordamida saytlar turli xil qurilmalarda (mobil, planshet, kompyuter) bir xil tarzda ko'rinadi va foydalanuvchi uchun qulaylik yaratadi. Ux/ui dizayn esa web ilovaning foydalanuvchi tajribasini optimallashtirishga qaratilgan. Ux dizayn - bu foydalanuvchi ehtiyojlarini qondirishga, ui dizayn esa interfeysni chiroyli va intuitiv qilishga qaratilgan. Web dasturlashda sun'iy intellekt va mashina o'rganish. Sun'iy intellekt (ai) va mashina o'rganish (ml) texnologiyalari web dasturlashda yangi imkoniyatlarni yaratib, dasturchilarga va foydalanuvchilarga yanada samarali va interaktiv tizimlar yaratish imkonini bermoqda. Bugungi kunda, ai va ml texnologiyalari web ilovalariga yangi funktsiyalar qo'shmoqda, masalan, tavsiyalar tizimi, foydalanuvchi ehtiyojlarini aniqlash, chatbotlar yaratish, xatoliklarni aniqlash va optimizatsiya qilish kabi sohalarda keng qo'llaniladi. Ushbu bo'limda, web dasturlashda ai va ml texnologiyalarining qo'llanilishi, ularning afzalliklari va web ilovalaridagi integratsiyasi haqida so'z boradi. Sun'iy intellekt (ai) – bu kompyuter tizimlari tomonidan inson aqlini taqlid qilish va o'rganish imkoniyatlarini yaratish texnologiyasidir. Ai tizimlari, odatda, odamlar kabi qarorlar qabul qilish, muammolarni hal qilish, tafsiyalarni beris
Доказательный фрагмент
«This article provides detailed information about modern web programming technologies, including frontend, backend, databases, cloud technologies, and API technologies.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides detailed information about modern web programming technologies, including frontend, backend, databases, cloud technologies, and API technologies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Databases, Frontend, HTML, CSS, Artificial Intelligence, Innovations, AI va ML texnologiyalar, Blokcheyn texnologiyasi, Sun'iy Intellekt, Ma'lumotlar Bazalari, Innovatsiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024