К содержанию
РецензированоRU2026

PAXTANI MAYDA IFLOSLIKLARDAN TOZALASH QURILMASINI TAKOMILLASHTIRILGAN SXEMASINI YARATISh

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TAKOMILLASHTIRILGAN SXEMASINI YARATISh (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

В данном исследовании были проведены теоретические работы по усовершенствованному устройству для очистки мелких сорных примесей. Исследования направлены на разработку новой конструктивной схемы очистки хлопка от мелких примесей. Ключевые слова. Хлопок, примеси, мелкие сорные примеси, очистка, колки, сетчатая поверхность, пильный барабан, агрегат, рабочая зона, волокно. DEVELOPMENT OF AN IMPROVED DEVICE SCHEME FOR CLEANING COTTON FROM FINE IMPURITIES A.A.Obidov D.Khudaiberdieva (Akhmadalieva) Namangan Institute of Engineering and Technology Annotation In this study, theoretical work was carried out on an improved device for the purification of small contaminants. Research is aimed at developing a new design scheme for cleaning cotton from small impurities. Keywords. Cotton, impurities, small debris, cleaning, pegs, mesh surface, saw drum, unit, work area, fiber. Xozirgi kungacha ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan, jumladan Namangan muhandislik-texnologiya instituti va “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ tadqiqotchilari paxta xomashyosi tarkibidagi mayda iflosliklarni tozalash hamda tozalash jarayonida unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash kabilarni misol qilish mumkin. Masalan, tebranuvchan yuzada hamda turli shakldagi va geometrik parametrlari har xil bo‘lgan yuzalarda mayda iflosliklardan 68 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo tozalash, to’rli yuza va qoziqchali-plankali baraban orasidagi masofa, to’rli yuza ishchi zonalari va boshqa ko’rsatkichlarini tadqiq qilish amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari sezilarli darajada samara keltirgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi [1]. Mazkur tadqiqotlarda tadqiqotchilar tomonidan mayda iflosliklarni tozalash uskunasi va ishchi qismlarini pasional o‘lchamlari taklif etilgan, masalan, T.Pxengsavan [2] ilmiy tadqiqot ishida paxtani jinlash jarayoniga berishda paxta titilishini, hamda mayda iflosliklarni tozalashni qisman amalga oshirish maqsadida jin uskunasiga uch qoziqchali barabanli ta’minlagich o’rnatishni taklif etgan. Tajriba natijalari shuni ko’rsatadiki, paxtani jinlash jarayoniga berishda va mayda iflosliklarni tozalashda to’rli yuzani qamrov burchagi 2,1 barobarga oshirilgan. Bu esa paxtani jinlash jarayonida jin ish unumdorligini pasayishiga olib kelgan. Bugungi kunda paxta tozalash jarayonini bir me’yorda borishi, har bir uskunaga qo‘yiladigan talablarni maksimal darajada bajarilishi, hamda tozalash jarayonida kelib chiqadigan ayrim sabablar esa paxtadan mayda iflosliklarni tozalash uskunalari tozalash jarayonida samarasi kam ekanligi kuzatilgan, buning sababi esa qoziqchali-plankali baraban kontakt burchagi va to’rli yuzaning ishchi zonasi yo‘nalishi 1000 dan oshmaganligi, tozalash jarayonida ko‘p sonli qoziqchali barabanlarni ishtiroki paxta tolasini sifat ko’rsatkichlari salbiy ta’sir etishi va energiya sarfining oshishiga olib keladi. Taklif etilayotgan uzluksiz tozalash tirqishiga ega bo‘lgan va bir biriga parallel joylashgan simlar tashkil etgan yuzada paxtani bir maromda harakatlantiruvchi takomillashtirilgan tozalash uskunasini to’rli yuza ishchi zonasining oshishi hisobiga yuqorida keltirilgan kamchiliklarni barataraf etishda katta ahamiyat kasb etadi. Bunda qoziqli baraban bilan to’rli yuzani salbiy ta’sirlashuvi maksimal kamaytirilgan va bu to’rli yuza foydali ishchi maydonini ko‘payishiga va o‘z navbatida tozalash samaradorligini oshishiga erishiladi. Keltirilgan ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda nazariy va tajribaviy izlanishlar olib borildi. Oldingi bobda ta’kidlanganidek, paxtani tozalashda maxsus ketma-ketlikdagi texnologik jarayonda ish olib boriladi. Yirik iflosliklardan tozalash ishlari anchagina murakkab bo‘lib, bunda paxta ta’minlagichi katta o‘rin tutadi. Jumladan, ikkita arrali barabanlardan materialni yechib olish bitta plankali baraban orqali amalga oshiriladi, u paxta xomashyosini chiqish quvuri yonidagi ta’minlagichga qaytaradi. Ajratib olingan chiqindilar shnek orqali tashqariga chiqariladi. Yirik iflosliklardan ajratilgan paxta xomashyosi tozalash seksiyasidan chiqarilib, ta’minlagichning ikkinchi baraban bilan qayta mayda iflosliklardan tozalash maqsadida qoziqli blokka yuboriladi. Tozalash agregatlarining (2.1-rasm) ta’minlash qismi detallar, tozalash uzellari va elektr uskunalari doimiy ravishda takomillashtirilib boriladi. texnologik va birinchi seksiyasining kinematik sxemasi tasvirlangan. UXK agregatining afzalligi bir nechta takrorlanishli paxtani kombinatsiyalashgan tozalash imkoniyatining mavjudligidadir [3-4]. Mayda iflosliklardan tozalash mashinalarining konstruksiyalarini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, ular konstruksiyasidagi ba'zi farqlarga ega bo'lsa-da, odatda bir xil turdagi va bir xil tarkibiy qismlarga ega, masalan, tozalovchi to'r yuzalari. Tozalash samarasini oshirish uchun tadqiqotchilar mayda iflosliklarni tozalash vositalarida ishlatiladigan to'rli yuzalar va qurilmalarning turli konstruksiyalarini ishlab chiqdilar va tavsiya qildilar. Paxta tarkibidan iflos arala

Доказательный фрагмент

«В данном исследовании были проведены теоретические работы по усовершенствованному устройству для очистки мелких сорных примесей.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данном исследовании были проведены теоретические работы по усовершенствованному устройству для очистки мелких сорных примесей. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Cotton, impurities, small debris, cleaning, pegs, mesh surface, saw drum, unit, tola., Paxta, mayda iflosliklar, qoziqlar, iflosliklar, agregat, ishchi zona, to’rli yuza, arrali baraban, tozalash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники