Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAXS XUSUSIYATLARNI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIZMLARNING BADIIY TARJIMADA IFODALANISHI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TARJIMADA IFODALANISHI (in-academy.uz/index.php/yo) · Mohigul Uraimova (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
В данной статье рассматривается вопрос репрезентации фразеологизмов в художественном переводе, а также рассматривается значение фразеологизмов в процессе перевода. Ключевые слова: фразеология, фразеологизм, перевод, аналоговый, лингвокультурология. Abtsract. This article is devoted to the issue of the representation of phraseologisms in literary translation, and discusses the importance of phraseologisms in the translation process. Keywords: phraseology, phraseologism, translation, analog, linguoculturology. Tarjima – bu ikki xalq, madaniyat orasidagi ma’naviy ko‘prikka o‘xshaydi. Zero, u ikki madaniy sohillarini tutashtiruvchi doimiy rishta vazifasini bajaradi. Azaldan ilm-fan rivojida tarjima muhim ahamiyatga ega hisoblangan. Shu sababli, arab xalifaligi davrida ham yunon olimlarining ko‘plab asarlari buyuk mutafakkir olimlar tomonidan arab tiliga tarjima qilingan. Tarjimon G‘.Salomov ta’kidlaganidek: “Xalqlar hech qachon bir-birlaridan mutlaq ajralgan holda yashashlari mumkin bo‘lmagani singari, ularning moddiy va madaniy yodgorliklari, adabiyoti va san’ati ham hech qachon faqat bir milliy chegara doirasida “sof holda” saqlanib qolmagan”1. Tarjimon badiiy matnlardagi frazeologizmlarni tarjima qilish jarayonida bir qancha murakkab qiyinchiliklarga duch keladi. Ulardan eng asosiysi bu bir tildagi frazeologizmning ekvivalenti ikkinchi tilda mavjud emasligidir. Ushbu holatni tilshunos Mona Beykr “bir necha tillarda ma’lum bir ma’noni ifodalashda turli xil til vositalaridan foydalaniladi”2 – deya izohlaydi. Ya’ni, bir tilda so‘z birikmasi orqali ifodalangan ma’no boshqa bir tilda so‘z yoki ibora bilan ifodalanishi mumkin. Shuningdek, frazeologik birliklarning “tarjimonning soxta do‘stlari”3 deb atalishi ham bejiz emas. Zero, frazeologik birliklarning asosiy qismi to‘lig‘icha yoki qisman ko‘chma ma’nolarda qo‘llanadi. Masalan, inglizcha “a heart of oak” idiomasini oladigan bo‘lsak, ushbu idioma o‘zbek tilida “bag‘ritoshlik, bemehrlik”ni ifodalaydi degan noto‘g‘ri tasavvur tug‘dirishi mumkin. Aslida esa ushbu frazeologizm ingliz tilida shaxslardagi mardlik va bahodirlikni ifodalash uchun qo‘llaniladi. “A wise man of Gotham” idiomasini 1 Salomov, G‘. Tarjima nazariyasi asoslari. 1983, Toshkent, -b 36. 2 Baker, M. In Other Words. London: Routledge, 1992. 3 Subbotina.V. Challenges of translating phraseological units. Procedia: Social & Behavioral Sciences, 70, 1487–1492. https://doi.org/10.1016/j.sbspro.2013.01.216 71 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo so‘zma-so‘z tarjima qilganimizda, “Gotemning dono odami” tarzida bo‘ladi. Aslida esa, ushbu frazeologizm kinoya ma’nosida ishlatilib, shaxslardagi ahmoqlik, aqlsizlik xususiyatini ifodalash uchun ishlatiladi. “Big-headed” idiomasi esa ba’zida “aqli to‘la, aqlli” sifatida boshqa til egalarida xato tasavvur tug‘diradi, aslida, ushbu frazeologizm insonlardagi “takabburlik, kibr”ni ta’riflashda ishlatiladi. Tarjima jarayonida bu kabi misollarning bir qanchasiga duch kelishimiz mumkin. Bu asosan, ikki xalq madaniyatidagi olamni idrok qilishdagi nomuvofiqliklar (kognitiv dissonans) tufayli yuz beradi. Shu sababli, asliyat tilidagi idiomalar tarjima oddiy so‘zlar orqali ifodalanishi yoki aksincha, asliyatdagi oddiy so‘z va so‘z birikmalar tarjima tilida frazeologik birliklar shaklida kelishi ham mumkin. Tarjima jarayonida “tarjima qilinishi mushkul til birliklari”4 orasida birinchi o‘rinda frazeologizmlar turadi. Frazeologik birliklarni tarjima qilishda asosan, uch usuldan foydalanish tavsiya etiladi: “1. Butunlay muvofiqlik; 2. Qisman muvofiqlik; 3. Muvofiqlikning yo‘qligi”5. 1. Butunlay muvofiqlik – asliyatdagi frazeologik birliklarning tarjima tilida turg‘un ekvivalentining mavjudligi. Ushbu guruhga shaxs xususiyatlarini ifodalovchi frazeologizmlardan quyidagilarni keltirishimiz mumkin: 1. Thick-skinned – terisi qalin 2. Thin-skinned – terisi yupqa 2. Qisman muvofiqlik – asliyatdagi frazeologik birliklarning tarjima tilida to‘la muqobil ekvivalentining yo‘qligi. Ushbu guruhga shaxs xususiyatlarini ifodalovchi frazeologizmlardan quyidagilarni keltirishimiz mumkin: 1. As gentle as a dove – musichadek beozor 2. An eagle eye – qirg‘iy ko‘z 3. Muvofiqlikning yo‘qligi – asliyatdagi frazeologik birliklarning tarjima tilida ekvivalentlarining umuman mavjud emasligi. Ushbu frazeologik birliklarni tarjima qilishda quyidagi usullardan foydalaniladi: – So‘zma-so‘z tarjima: as poor as a church mouse – cherkov sichqonidek kambag‘al. – Analogik tarjima: as artful as a wagonload of monkeys – yerga ursa ko‘kka sapchiydigan. – Izohli tarjima. – Bir-biriga yaqin bo‘lmagan tillardagi badiiy asar tarjimasida asosan, uchinchi guruhdagi usullardan foydalaniladi. Buni quyidagi berilgan misollardan ham ko‘rishimiz mumkin. Ishimizning ushbu bobida ingliz tilidagi badiiy asarlarda qo‘llanilgan shaxs xususiyatlarini ifodalovchi frazeologizmlarning o‘zbek tilidagi tarjimalarini tahlil qilamiz. Tahlil obyekti sifatida J.Londonning “Martin Iden” asarining asliyatdagi
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается вопрос репрезентации фразеологизмов в художественном переводе, а также рассматривается значение фразеологизмов в процессе перевода.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается вопрос репрезентации фразеологизмов в художественном переводе, а также рассматривается значение фразеологизмов в процессе перевода. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phraseology, phraseologism, translation, analog, linguoculturology, фразеологизм, аналоговый, фразеология, лингвокультурология., linguoculturology., frazeologizm, analogik, frazeologiya, перевод, lingvokulturologiya., tarjima
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025