К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABLARDA CHAP QO’L BILAN ISHLASH TEXNIKASI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Botirova Shaxlo Bozorovna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

ushbu maqolada maktablarda chap qo'l bilan ishlash texnikasi muammosi ko'rib chiqiladi. Chap qo'lli bolalar uchun yozish, chizish va boshqa faoliyatlarni bajarishda duch keladigan qiyinchiliklar tahlil qilinadi va bu qiyinchiliklarni yengishga yordam beradigan amaliy tavsiyalar beriladi. Maxsus o'quv materiallari va moslashtirilgan uslublarning ahamiyati ta'kidlanadi. Chap qo'lli bolalarni qo'llab-quvvatlashning muhimligi va ularning individual ehtiyojlarini hisobga olish zarurligi urg'u beriladi. Kalit so'zlar: chap qo'l, yozuv texnikasi, Yaponiya, chizish, maktab, ta'lim, moslashuvchanlik, individual ehtiyojlar, qo'llab-quvvatlash, o'quv materiallari, chap qo'lli bolalar. Maktablarda ikki qõli bilan yozadigan õquvchilarda chap qõl yozish texnikasini õrgatishimiz yaxshi natija berar ekan. Rivojlangan mamlakatlarda ikki qõl bilan yozishga õrgatishar ekan. Chunki, chap qõl bilan yozsa õng miya yarim shar yaxshi rivojlanar ekan. Õz - õzidan õng yarim shar yaxshi ishlasa õquvchi tõğri fikrlaydigan, mantiqan fikrlaydigan bõlib voyaga yetar ekan. Ikkala qo'l bilan yozish: Haqiqatan ham, ba'zi rivojlangan mamlakatlarda ikkala qo'l bilan yozishga o'rgatish amaliyoti mavjud, ammo bu keng tarqalgan emas va asosiy maqsad chap qo'l bilan yozishni qulay va oson yo’l bilan samarali o’rgatish. Ushbu yondashuvning maqsadi bolaning kognitiv qobiliyatini rivojlantirishga yordam berish, ikkala miya yarim sharining ham muvozanatli rivojlanishini ta'minlash va qo'shimcha moslashuvchanlikni yaratishdir. Chap qo'l bilan yozish va miya yarim sharlari: Chap qo'l bilan yozishning o'ng miya yarim sharining rivojlanishiga ijobiy ta'siri haqidagi ma’lumotlar asoslidir. Ammo, miya yarim sharlari o'rtasidagi aloqa ancha murakkab va chap qo'l bilan yozish faqat bitta yarim shar faoliyatini rivojlantirmaydi. Demak, miya yarim sharlari o'rtasidagi bog'liqlik va hamkorlik juda muhimdir. Ba'zi tadqiqotlar chap qo'lli odamlarda miya yarim sharlari o'rtasidagi aloqa kuchliroq bo'lishi mumkinligini ko'rsatgan. O'ng miya yarim shari va mantiqiy fikrlash: O'ng miya yarim shari asosan ijodiy fikrlash, hissiyotlarni boshqarish va fazoviy tasavvur bilan bog'liq bo'lsa-da, mantiqiy fikrlash asosan chap yarim shar faoliyati bilan bog'liq. Demak, faqat o'ng yarim shar yaxshi ishlashi mantiqiy fikrlashning yaxshilanishiga kafolat bermaydi. Mantiqiy fikrlash ikkala yarim sharning muvozanatli ishlashiga bog'liqdir. 8 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Chapaqaylikning o‘ziga xos xususiyatlari xalqaro ilmiy hamjamiyatni uzoq yillardan buyon qiziqtirib keladi. Quyida ularning ayrimlarini saralab, chapaqay odamlar haqida eng qiziqarli dalillarni to‘pladik. Chapaqaylar asosan ijodiy fikrlashga, o‘naqaylar esa mantiqiy fikrlashga moyil bo‘lishadi. Bunga sabab bosh miyaning chap yarim sharlarida asosan mantiq markazlari, o‘ng tomonida esa ijod markazlari joylashgan. Shuning uchun bizning maqsadimiz ikkala yarim sharni faollashtirish va tafakkurni shakllantirish sanaladi. Markazlarni a’zolar bilan bog‘lovchi nervlar esa bosh miyaning pastki asos qismida X ko‘rinishida kesishadi. Shunday qilib, chap yarimsharlar o‘ng tomondagi a’zolarni, o‘ng yarimsharlar esa chap tomondagi a’zolarni boshqaradi. O‘z-o‘zidan chapaqaylar ko‘proq o‘ng miyasidan, o‘naqaylar chap miyasidan foydalanadi. Chapaqaylar yaratuvchanlikni xush ko‘radilar, o‘naqaylar aniqlik va ketma-ketlikni yoqtirishadi. Sayyoramizning 10-12 foiz aholisi chapaqaydir. Asosiy ish quroli chap qo‘l bo‘lgan taniqli kishilar. Ushbu ro‘yxatdan Napoleon Bonapart (hukmdor), Leonardo da Vinchi (rassom), Mikelanjelo Buonarroti (haykaltarosh), Isaak Nyuton, Albert Eynshteyn (fizik olimlar), Bill Geyts (ishbilarmon-milliarder), Barak Obama (davlat arbobi) va Jimi Xendriks (qo‘shiqchi va bastakor) joy egallagan. Ruhiy xastalikka moyilligi. Dunyo aholisining 10 foizinigina tashkil etsa-da, shizofreniya (ruhiy kasallikning bir turi)dan aziyat chekadiganlarning 40 foizi aynan chapaqaylardir. Alohida ehtiyoj sezadigan jihatlari. Qaychi, ruchka, kompyuter sichqonchasi va boshqa bir qator matohlar chapaqayga moslashtirilmay ishlab chiqarilgan. Ular noqulay va hatto jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har yili 2,5 ming nafar chapaqay o‘ng qo‘lda ishlatilishi kerak bo‘lgan asbob-uskunalardan foydalanish jarayonida jiddiy jarohat oladi. Zakovatlilik darajasi (IQ). Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bir xil miqdordagi odamlar o‘rtasidagi IQ daraja solishtirilganda, chapaqaylar 140 taga ko‘p. Yana bir o‘ziga xoslik. Bu turli davlatlarda o‘tkazilgan tahlillar natijasida aniqlandi: muddatidan avval (chala) tug‘ilgan bola kelgusida chapaqaylikka ko‘proq moyil bo‘ladi. Xijolatga qo‘yish oson. Shotlandiyada o‘tkazilgan kuzatuvlardan ma’lum bo‘lishicha, chapaqay yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolardan xijolat chekadi va tanqidni ko‘ngliga juda yaqin oladi. Bor xislatini tashqariga chiqaradi. Chapaqaylar o‘ta ta’sirchan va o‘zining g‘azab hamda noroziligini namoyish etishdan

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada maktablarda chap qo'l bilan ishlash texnikasi muammosi ko'rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada maktablarda chap qo'l bilan ishlash texnikasi muammosi ko'rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
chap qo'l, yozuv texnikasi, Yaponiya, chizish, maktab, ta'lim, o'quv materiallari, moslashuvchanlik, qo'llab-quvvatlash, chap qo'lli bolalar., individual ehtiyojlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники