К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Raximova Aziza (in-academy.uz/index.php/si) · O‘ktamov Madadjon O‘ktam o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

This article analyzes the methodology of teaching modern computer science. The rapid development of information and communication technologies requires new pedagogical approaches in the education system. The article considers the use of modern methods and tools in the process of teaching computer technologies, interactive methods, practical exercises, and methods of organizing independent work of students. In addition, recommendations are given on increasing the effectiveness of the educational process using modern software and technical tools. The results of the study show that the use of innovative 31 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si technologies and interactive teaching methods has a significant impact on improving the quality of education and the level of knowledge of students. Keywords: modern computers, teaching methodology, information technologies, interactive methods, educational process, software tools, innovative pedagogy, independent learning, digital technologies, practical exercises. Zamonaviy kompyuterlar bo‘limini o‘qitish metodikasi — bu o‘quvchilarga yoki talabalariga zamonaviy kompyuter texnologiyalarini o‘rgatishning samarali yo‘llarini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlardir. Bu mavzu o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, kompyuter texnologiyalaridan to‘liq foydalanish imkoniyatlarini yaratish maqsadida o‘rganiladi. Talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlash juda muhim. Bu mashg‘ulotlar dasturiy ta’minot, operatsion tizimlar, kompyuter tarmoqlari va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Talabalar zamonaviy kompyuter texnologiyalarini simulyatsiyalar va virtual laboratoriyalar orqali sinab ko‘rishlari mumkin. O‘quvchilarga dasturlash tilini o‘rgatish uchun interaktiv kod yozish, masalalarni yechish va kodni to‘g‘rilashga qaratilgan mashg‘ulotlar foydali bo‘ladi. Algoritmlarni tushuntirishda vizual yordamlar (diagrammalar, grafikalar)ni qo‘llash samarali natijalarga olib keladi. O‘quvchilarga zamonaviy kompyuter tarmoqlari va internet texnologiyalarini o‘rgatishda real hayotdagi misollarni ishlatish muhimdir. Internet xavfsizligi, ma’lumotlar almashish, tarmoqlarni sozlash kabi masalalarni o‘z ichiga olgan darslar o‘quvchilarga amaliy bilimlarni berishga yordam beradi. Har yili yangi texnologiyalar va innovatsiyalar paydo bo‘ladi. Kompyuterlar bo‘limi o‘qituvchilari bu yangiliklarni talabalarga taqdim etishlari va ularni yangi dasturiy ta’minot va qurilmalar bilan tanishtirishlari kerak. Sun'iy intellekt, bulutli hisoblash, ma’lumotlarni tahlil qilish kabi zamonaviy texnologiyalarni o‘rgatish. O‘quvchilarga masalalar va muammolarni hal qilishni o‘rgatishda, ular tahlil qilish, yaratish, va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishlari kerak. Bu jarayonni bosqichma-bosqich tushuntirish muhimdir. Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanib, video darslar, onlayn o‘quv resurslari, interaktiv materiallar va o‘quv dasturlaridan foydalanish. Ta’lim jarayoniga multimediya, o‘yinlar va boshqa interaktiv usullarni qo‘shish o‘quvchilarning diqqatini jamlash va motivatsiyasini oshiradi. O‘quvchilarning bilimini baholashda interaktiv testlar, amaliy ishlar, kurs ishi yoki loyihalar orqali o‘qitish metodikasi samarali bo‘ladi. O‘quvchilarga doimiy ravishda qayta aloqa berish va ular bilan ishlash samarali ta’limni tashkil etadi. O‘quvchilarga guruh bo‘lib ishlashni o‘rgatish, jamoaviy ishlarni tashkil etish va muammolarni guruhda yechish ularning ijodiy va tahliliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bundan tashqari, zamonaviy kompyuterlar bo‘limini o‘qitishda yangi metodik materiallarni yaratish, elektron darsliklar va resurslardan foydalanish ham muhim rol o‘ynaydi. 32 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Zamonaviya kompyuterlar bo‘limini o‘qitish metodikasi, ayniqsa, axborot texnologiyalari va kompyuter fanlari sohasida, talabalarga zamonaviy texnologiyalarni o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu metodika bo‘yicha darslarni tashkil etishda quyidagi asosiy tamoyillarni hisobga olish zarur: Interaktiv o‘qitish: Zamonaviy kompyuterlar bo‘limi darslarini interaktiv usullar yordamida o‘rgatish samarali bo‘ladi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda talabalarga amaliy topshiriqlarni bajartirish, masalalar yechish va o‘rgatish jarayonini jonli va qiziqarli qilish mumkin. Modulli yondashuv: O‘qitish jarayonini modullarga ajratish, talabalarga murakkab mavzularni kichik va tushunarli qismlarga bo‘lish imkonini beradi. Har bir modulning o‘ziga xos mavzusi, maqsadi va baholash kriteriyalari bo‘lishi kerak. Amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish: Zamonaviy kompyuter texnologiyalarini o‘rganishda amaliyot asosiy o‘rin tutadi. Talabalar ko‘p vaqtini amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari va real hayotdagi vazifalarni bajarishga sarflashi kerak. Ilmiy yangiliklardan xabardor bo‘lish: Kompyuter fanlari va texnologiyalari juda tez o‘zgarib turadi.

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the methodology of teaching modern computer science.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the methodology of teaching modern computer science. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
modern computers, teaching methodology, information technologies, raqamli texnologiyalar, innovatsion pedagogika, interfaol usullar, amaliy mashg‘ulotlar., ta’lim jarayoni, mustaqil ta’lim, zamonaviy kompyuterlar, dasturiy vositalar, o‘qitish metodikasi, axborot texnologiyalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники