К содержанию
РецензированоUZ1964

NOORGANOGEN QO'RG'OSHIN ELEMENTI MIQDORINING O‘ZGARISHI BILAN BOG’LIQ ENDEMIK VA KASB KASALLIKLARI

Tuychiyev Muxriddin Sharofiddin o'g'li · Ilmiy rahbar: Mamadoliyev Ikromjon

Международный журнал теории новейших научных исследований · 1964

Аннотация

Butunjahon mehnatni muhofaza qilish tashkilotining 1964-yildagi 124- konferensiyasida birinchi marta kasb kasalliklari ro'yxati qabul qilindi va bu ro'yxatga keng tarqalgan zararli omillar ta’sirida rivojlanuvchi umumma’qullangan an’anaviy kasb kasalliklari kiritildi. 1980-yilda 66- butunjahon konferensiyasida ushbu ro'yxat qayta ko'rib chiqildi. Hozirgi vaqtda butunjahon mehnatni muhofaza qilish tashkilotining a’zolari bo'lgan 25 mamlakat ko'rsatilgan konvensiyani qayta ko'rib chiqib tasdiqladilar. 1990-yilning 22-mayida Yevropa komissiyasi 90/326/YeS tavsiyasini qabul qildi va kasb kasalliklarining ro'yxatini tasdiqladi. Lekin hozirgacha kasb kasalliklarining qabul qilingan umumiy va yagona tasnifi yo'q. Butunjahon mehnatni muhofaza qilish tashkilotining a ’zosi bo'lgan har bir mamlakat o'zining kasb kasalliklar ro'yxatini tasdiqlaydi va ulaming oldini olish hamda bemorlarni ijtimoiy himoya qilish choratadbirlarini belgilaydi. Kalit so’zlar: pnevm okoniozlar, silikoz, siderosilikoz, antrakosilikoz,kasb kasalliklari, Q o'rg'oshin, intoksikatsiya patogenetik, silikozda kremniy dioksid. Dolzarbligi: Kasb kasalliklari kelib chiqishida ishlab chiqarish muhiti yoki mehnat jarayonining noxush omillari ta’siri hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ko'pchilik kasb kasalliklarining klinik ko'rinishi o'ziga xos alohida belgilarga ega emas, shuning uchun ham kasal bo'lgan kishining mehnat sharoiti to'g'risidagi aniq ma’lumotlar kasallikning kelib chiqishida kasbiy omilning etiologik rolini aniqlashga yordam beradi. Kasb kasalliklari inson organizmiga u yoki bu kasbiy-ishlab chiqarishning zararli omillari ta ’siri natijasi hisoblanadi (masalan. silikozda kremniy dioksid changi, zaharlanishlarda sanoatdagi zaharli moddalar va b.). Shu bilan bir qatorda shunday kasalliklar mavjudki, ular kasbiy hamda atrof-muhitning boshqa omillari ta’sirida rivojlanishi mumkin. Birinchi holatda ular kasbiy (masalan, bronxial astma kimyo sanoati ishchilarida) va ikkinchi holatda umumiy (masalan, uy changi ta’siridan rivojlangan bronxial astma) kasallik hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida amal qiluvchi kasb kasalliklarining ro'yxati etiologik prinsipga asoslangan bo'lib, Sog'liqni saqlash vazirligining maxsus sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan va 100 dan ortiq kasallikni o'z ichiga olgan. Tadqiqot material va usullari: Kasb kasalliklari etiologiyasi bo'yicha 5 guruhga bo'linadi: 1.Kimyoviy omillarning ta'siridan rivojlangan kasalliklar: o'tkir va surunkali zaharlanishlar va ulaming asoratlari, teri kasalliklari (kontakt dermatit, 7.1 66 2 7 fotodermatit. toksik melano-dermiya va boshqalar(1-rasm). 2.Ishlab chiqarish aerozollarining ta ’siridan rivojlangan kasalliklar: pnevm okoniozlar, silikoz, siderosilikoz, antrakosilikoz, asbestoz, karbokoniozlar, changli bronxit va boshqalar(2-rasm). 3.Fizik omillar ta ’siridan rivojlangan kasalliklar: vibratsiya kasalligi, elektrooftalmiya. katarakta, koxlear nevrit, nur kasalligi va boshqalar. 4. Jismoniy zo ‘riqishlar. organ va tizimlarning zo ‘riqishi bilan bog 'liq kasalliklar: koordinator nevrozlar, periferik nerv tizimining kasalliklari, bo‘yin va bel-dumg'aza radikulopatiyalari, yelka epikondiliti va b. Bachadonning pastga siljishi, oyoqlarda venalaming varikoz kengayishi, ovoz boylamlarining zo'riqishi natijasida kelib chiqqan kasalliklar (sumnkali laringit) va boshqalar. 5.Biologik omillar ta ’sirida rivojlangan kasalliklar: yuqumli va parazitar kasalliklar - tuberkulyoz, brutsellez, virusli gepatit, disbakterioz, teri kandidomikozi, visseral kandidomikoz va boshqalar. 1-2.rasm Teri va o’pka sil kasalliklari (kontakt dermatit, fotodermatit, pnevm okoniozlar). Tadqiqot natijalari: Qo'rg'oshin va uning noorganik birikmalari sanoatda juda keng ishlatiladigan metallardan biri hisoblanadi. Ular mashinasozlikda, asbobuskunalar ishlab chiqarishda, radioelektronikada (qo'rg'oshin bilan payvandlash), akkum ulator, kabel ishlab chiqarishda, tipografiya sanoatida (qo'lda yoki linotip mashinalarda harf terish), rangli va qora metallarni eritishda, chinni, sopol va billur, qo'rg'oshinli bo'yoqlar ishlab chiqarishda va boshqa sohalarda ishlatiladi. Sanoatda qo'rg'oshinning quyidagi noorganik eritmalari ishlatiladi: qo‘rg‘oshin oksidi (PbO), qo'rg'oshin xromat (РbСrO ), qo‘rg‘oshinli galenit (PbS), 4 qo'rg'oshin xlorid (PbCl,) va h.k. Qo'rg'oshin qo'llaniladigan ishlab chiqarish sohalarida, asosan, uning aerozol ko'rinishidagi, y a’ni havoda qo'rg'osh in bug'larining kondensatsiyalanishi va oksidlanishi tufayli hosil bo'ladigan qo'rg'oshin oksidi mayda zarrachalarining ta ’siri kuzatiladi. Ishlab chiqarish sohalarida qo'rg'oshin organizmga asosan ingalatsion yo'l bilan ta’sir qiladi. Qo'rg'oshin organizmga teri va me’da-ichak yo'li orqali ham kirishi mumkin. Ishlovchilarning 7.1 67 2 7 ovqatlanish ratsionida kalsiy, temir va oqsil miqdori kam bo'lsa, qo'rg'oshinning me’da-ichak yo'li orqali so'rilishi oshadi. Nafas yo'Ilari orqali tushgan qo'rg'oshin va uning birikmalari bevosita qonga so'riladi va organizmda b

Доказательный фрагмент

«Butunjahon mehnatni muhofaza qilish tashkilotining 1964-yildagi 124- konferensiyasida birinchi marta kasb kasalliklari ro'yxati qabul qilindi va bu ro'yxatga keng tarqalgan zararli omillar ta’sirida rivojlanuvchi umum…»

Образец извлечения

Демо-превью

Butunjahon mehnatni muhofaza qilish tashkilotining 1964-yildagi 124- konferensiyasida birinchi marta kasb kasalliklari ro'yxati qabul qilindi va bu ro'yxatga keng tarqalgan zararli omillar ta’sirida rivojlanuvchi umum… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
silikozda kremniy dioksid, Q o'rg'oshin, pnevm okoniozlar, silikoz, intoksikatsiya patogenetik, siderosilikoz, kasb kasalliklari, antrakosilikoz
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники