Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHOLINI KO‘CHAT USULIDA YETISHTIRISHDA YERNI EKISHGA TAYYORLASH
Xojamkulova Yulduzoy Jaxonkulovna · Komilov Shixnazar Davron oʻgʻli
Международный журнал теории новейших научных исследований · 2021
Аннотация
Ushbu maqolada sholini asosiy ekinda urug‘idan va ko‘chatidan yetishtirish hamda azotli o‘g‘itlar bilan belgilangan yillik me'yorni o‘simlikning vegetattsiya davrida tabaqalab berish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish sholi hosildorligini oshishiga ta'siri yoritilgan. Kalit so’zlar: shoi, urug’, o’simlik, vegetattsiya, hosildorlik, tuproq. Mamlakatimizda aholi sonining yildan-yilga o‘sib borayotgani sababli xalqimizni yetarli va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashga ehtiyoj yil sayin ortib bormoqda. Bunda esa mavjud o‘zgarmas boyligimiz bo‘lgan yerdan unumli foydalanishga erishish ustuvor masala bo‘lib qolmoqda. Keyingi yillarda cheklangan suv zahiralaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi yerlari biofondini tiklash, sho‘rlangan va eroziyaga uchragan maydonlarni qayta foydalanishga kiritish, ekotizimlar biologik xilma-xilligini saqlab qolish “yashil energetika” va agrotexnologiyalar kabi muhim yo‘nalishlarda ta'lim, ilmiy- tadqiqot va ishlanmalar transferini samarali yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda[1]. Jamiyatning turli jabhalariga tadbiq etilayotgan islohatlar aslida inson taqdiriga daxldorlik, odamlarning hayot tarzini yaxshilashga bo‘lgan o‘zgacha yondashuvlar bilan ahamiyatli. Mamlakatimiz aholisining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qondirishda sholichilik muhim o‘rinnni egallaydi. Keyingi yillarda ushbu sohani yanada rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2-fevraldagi “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4973 son qarori bilan sholi yetishtirish, saqlash, qayta ishlashning uzluksiz va samarali tizimini takomillashtirish, ichki iste'mol bozorini guruch mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash va eksport salohiyatini 10 oshirish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish hamda sholi yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng qo‘llash bo‘yicha aniq vazifalar belgilan [2]. Hozirgi kunda Sholichilik ilmiy-tadqiqot olimlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida qishloq xo‘jaligi yerlari biofondini tiklash, sho‘rlangan va eroziyaga uchragan maydonlarni qayta foydalanishga kiritish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish uchun tajriba maydonlarini lazerli yer tekislagichlar yordamida tayyorlash hamda zovur suvlaridan foydalanib sug‘orish usullarini qo‘llab mahalliy va xorijiy sholi navlarini asosiy ekinda ko‘chat usulida mexanizatsiya yordamida ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Sholi ekiladigan maydonlarda tuproqga ishlov berish orqali haydov qatlamini yumshatiladi, pollar tekislanadi va haydov qatlamida oziqa moddalarini o‘zlashtirish uchun sharoit yaratiladi. Sho‘rlangan va og‘ir tuproqlarni hamda Xorazm viloyatining qumoq tuproqlarini shudgorlashdan ko‘ra chizellash samaraliroq. Qamish ko‘p maydonlarni haydashdan so‘ng suv to‘ldirish shikastlangan ildizpoyalarni batamom yo‘qolishiga olib keladi. Sholi ko‘chatini asosiy ekin sifatida ekishda muhim agrotexnik tadbirlardan biri yerni sifatli qilib tayyorlashdan iborat. Yerga ishlov berishdan maqsad uning fizik xossasini yaxshilash, organik moddalarning minerallashishi uchun qulay sharoit yaratish va begona o‘tlarni yo‘qotishdan iborat. O‘tmishdosh ekinlarning turiga qarab yerga ishlov berish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Sholipoya va band shudgorga ekilgan ekinlardan bo‘shagan maydonlarga ishlov berish kuzgi shudgorlashdan boshlanadi. Yerlarni kuzda haydash typpoqda havo almashishini yaxshilaydi, bu esa oksidlanish jarayonini va tuprokdagi organik moddalarning chirindiga aylanishini tezlashtiradi, oziq moddalapning o‘simliklar oson o‘zlashtiradigan shaklga aylanishiga imkon beradi. Kuzda shudgorlangan yerlar bahorda yetilishi bilanoq P-3; P-2, P-4 markali uzun bazisli tekislagich yordamida yer tekiclanadi va orqasidan zig-zag borona tirkalgan og‘ir diskali borona bilan boronalanadi. Ko‘chat usulida sholi ekishda yer tekisligi asosiy ko‘rsatkich bo‘lib +3 sm bo‘lishi lozim. Tekislangan pollarga mineral o‘g‘itlar solinib chizel yoki borona bilan tuproqga aralashtiriladi. So‘ngra 5-7 sm qalinlikda suv to‘ldiriladi. Sholini asosiy ekin sifatida qo‘lda ko‘chat qilib ekishda qator oralig‘i va ko‘chat oralig‘ini tanlash yuqori hosil olishda asosiy omil hisoblanadi. Kechpishar navlar uchun 20x15 sm, 11 o‘rtapishar va ertapishar navlar uchun 15x15 sm.da har bir uyaga 2-3 tadan o‘simlik ekilishi maqcadga muvofiqdir. Sholi ko‘chat usulida ushbu tasvirda ekilganda har bir o‘simlikning tuplanish darajasi 4-5 donani tashkil qiladi. Sholi ko‘chati mashinalar yordamida ekilganda 30x15 sm sxemada har bir uyaga 3-5 dona ko‘chat ekiladi. Sholini ko‘chat usulida yetishtirish bir talay qylaylik va afzalliklarga ega: 1. Joyning iqlim sharoitidan unumli va o‘rim yig‘imni erta myddatlarda o‘tkazish imkoni tug‘iladi. 2. Har·bir gektar yerdan unumli foydalanish natijasida ikki marotaba hosil yetishtirish mumkin. 3. 60-70% ypyg‘ sholi, 25-30 % suv tejaladi va hosildorlik 20-25%ga ortadi. 4. Ko‘chatxonada sog‘lo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada sholini asosiy ekinda urug‘idan va ko‘chatidan yetishtirish hamda azotli o‘g‘itlar bilan belgilangan yillik me'yorni o‘simlikning vegetattsiya davrida tabaqalab berish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqt…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada sholini asosiy ekinda urug‘idan va ko‘chatidan yetishtirish hamda azotli o‘g‘itlar bilan belgilangan yillik me'yorni o‘simlikning vegetattsiya davrida tabaqalab berish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqt… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tuproq, urug’, o’simlik, hosildorlik, shoi, vegetattsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025