Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
„VAQFIYA“ ASARIDA ALISHER NAVOIYNING IJTIMOIY FAOLIYATI BILAN BOG‘LIQ MASALALAR
BILAN BOG‘LIQ MASALALAR · Iroda Narimmatova · Nafisa Yuldasheva · Ajiniyoz nomidagi NDPI Turkiy tillar
Международный журнал теории новейших научных исследований · 77-80 · 1998
Аннотация
Mazkur kichik tadqiqot ishida Alisher Navoiyning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, vaqf qildirgan yerlari, qurdirgan binolari, jonkuyar davlat arbobi sifatidagi faoliyati o‘rganilgan., Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, „Vaqfiya“, vaqf yerlari, hamd, na’t, mahdudot. „Vaqfiya“ asari 1481-1482 yillar oralig‘ida yozilgan bo‘lib, Navoiyning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, vaqf qildirgan yerlari, qurdirgan binolari haqida ma’lumot beruvchi asardir. „Vaqfiya“ Hamd, na’t va Sulton Husayn Boyqaro madhini o‘z ichiga olgan kattagina muqaddima bilan boshlanadi. Asarni shartli ravishda ikki qismga bo‘lish mumkin: 1. Navoiyning Sulton Husayn Boyqaro saroyidagi davlat arbobi sifatidagi faoliyati aks etgan o‘rinlar. 2. Navoiyning xayriya ishlari va vaqf qilib qoldirgan mulk yerlari, vaqf joylardagi idora usuli, xizmat uchun belgilangan lavozimlar, tayin etilgan maosh, o‘rnatilgan tartib-qoidalar bayoni. Asarda Alisher Navoiyning mamlakat obodligi va el-yurt farovonligiga doir muhim fikrlari ham o‘z ifodasini topgan: To hirs-u havas xirmani barbod o‘lmas, To nafs-u havo qasri baraftod o‘lmas. To zulm-u sitam jonig‘a bedod o‘lmas, El shod o‘lmas, mamlakat obod o‘lmas.1 „Vaqfiya“ asarida bayon qilinganidek, Navoiy masjid, madrasa, shifoxona va boshqa inshootlar qurdirib qo‘ya qolmasdan, ularni kerakli darajada jihozlash, o‘z-o‘zini ta’minlash uchun vaqf yerlar ajratib berish, mudarrislar, tabiblar va boshqa xodimlar bilan ta’minlash, ularga oylik maosh, ozuqa, kiyim-bosh belgilashgacha, talabalar nafaqasi va kitoblarigacha, barcha-barchasini mukammal boshqarib, tashkil etib, o‘zi doimo xabar olib, nazorat qilib turishni ham 1 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик. 14-жилд. – Тошкент: Фан, 1998. 258-бет. 37 unutmasdi. Chunonchi, madrasada ustoz va talabalarining soni va ularga ajratilgan maoshi va nafaqalari (stipendiya) haqida shunday yozadi: „Arbobi vazoif – ikki olimi muttaqiy mudarris bo‘lg‘ay: har birining yilliq vazifasi ming ikki yuz oltun naqda, yigirma to‘rt yuk oshlig‘kim, sulsi arpa, sulsoni bug‘doy bo‘lg‘ay. Har halqai darsda o‘n bir tolibi ilmkim borisi yigirma ikki bo‘lg‘ay, olti a’lo; har biriga oyliq naqda yigirma to‘rt oltun, yilda bug‘doy besh yuk; vasat — sekiz; oylig‘ har biriga naqda o‘n olti oltun, bug‘doy yilliq to‘rt yuk; adno — sekiz: oylig‘ har biriga naqda o‘n ikki oltun, oshlig‘ yilliq uch yuk“. Nizomiddin Mir Alisher binolar qurilishi bilan bevosita shug‘ullanar, usta va shogirdlari mehnatidan boxabar bo‘lib turardi. „Xayru saxovatli binokor amir Alisher o‘sha imoratni tiklash xususida ko‘p g‘amxo‘rligi bo‘lganidan har kuni o‘sha sharofatli manzilga tashrif buyurar, ko‘p kunlar etakni belga qistirib, yollangan ishchilar kabi ustalarga g‘isht olib berardi hamda boshqa yumushlarni qilardi, tez-tez o‘sha yerdagi me’morlar, ustalar va kosiblarga qimmatbaho sarupolar kiydirar va ularni ko‘p siylash va boshqa in’omlar bilan xursand qilardi. Shu tariqa tangrining quvvatlashi hamda podshoning cheksiz yordami bilan uch- to‘rt yillik ish olti oy muddat ichida oxiriga yetkazildi“. „Vaqfiya“ asarining ikkinchi qismi ya’ni „Mahdudot“ qismida Navoiy vaqf, vaqf huquqi kabi o‘zining moliyaviy ibodati bilan yaqindan tanishtirishga harakat qilgan. Mahdudot (Mahdudning ko’plik shakli bo’lib, cheklangan, chegaralangan, tayin qilingan degan ma’nolarni bildiradi) iqtisodiy atama, tushuncha bo‘lib, chegaralangan, atrofi o‘ralgan, atrofi aniqlangan joylar, er-suv va boshqa mulklar degan lug‘aviy ma’noni bildiradi. Navoiy mahdudotda o‘z qalami bilan vaqf qilingan barcha ko‘chmas mulklarining ro‘yxatini, mulk turlarini, joylashgan hududlari nomini birma-bir, tartib bilan yozib qoldirgan. Chunonchi: „… vaqf qilingan mahdudlarkim, shahr va tavobindadur, mujmalan (qisqa) mazkur bo‘lur va tafsili forsi vaqfnomalardakim, muqarrar aytilibdur.“ Qizig‘i shundaki, u o‘z mahdudotlaridan olingan daromad, tushumni o‘z mablag‘lari hisobidan qurdirgan masjid, madrasa, shifoxona, rabot, xonaqoh va shu kabi yuzlab binolar ta’minoti uchun belgilab qo‘ygan hamda vatan, yurt obodligi, xalq manfati yo‘lida og‘ishmay sarflagan. Vaqfiyaning mahdudot fasli aynan rasmiy uslubda bitilgan bo‘lib, bu holat adibning mazkur hujjatli faslda vaqf qilingan ko‘chmas mulk turlarini sharhlashda qo‘llagan ifoda va bayon tarzida yaqqol ko‘rinadi. 38 Navoiyning mahdudotda bitishicha, uning vaqf qilingan barcha turdagi ko‘chmas mulklari qonuniy, ya’ni „shar’ tariqi“ va qonun himoyasida bo‘lib, ko‘chmas mulklarining barcha tafsiloti vaqf hujjatlarida fors tilida aniq yozilgani hamda guvohlar ishtirokida qozi muhri bilan tasdiqlab qo‘yilgani aytilgan. Alisher Navoiy vaqflarini musulmonlarga shunchaki topshirib qo‘ymagan, har bir vaqf molining iste’moli shartlarini ham bayon qilgan. Belgilangan maoshga haqli bo‘lsa bo‘lmasa berilavermagan, shartlar bajarilmasa kamaytirilgan yoki vaqf hududidan chiqarib yuborilgan. Shu bilan birga vaqf shartlari bitilgan „Vaqfiya“ asarini har o‘ttiz yilda yangilab turishni tavsiya qilgan. „Madrasa va xonaqoh orasida
Доказательный фрагмент
«Mazkur kichik tadqiqot ishida Alisher Navoiyning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, vaqf qildirgan yerlari, qurdirgan binolari, jonkuyar davlat arbobi sifatidagi faoliyati o‘rganilgan., Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy,…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur kichik tadqiqot ishida Alisher Navoiyning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, vaqf qildirgan yerlari, qurdirgan binolari, jonkuyar davlat arbobi sifatidagi faoliyati o‘rganilgan., Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- „Vaqfiya“, mahdudot, Alisher Navoiy, vaqf yerlari, na’t, hamd
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026