Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NAVOIY IJODINING XORIJDA TADQIQ ETILISHI
Masharipova Guli · Olimova Sevinchoy · Tilovbayeva Nasiba
Международный журнал теории новейших научных исследований · 346-350 · 2026
Аннотация
O‘zbek va boshqa turkiy xalqlarning buyuk shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi sifatida Sharqda ham, G‘arbda ham ulug‘lanadigan Navoiy yoshligidan qutlug‘ dargohda yashadi va ta’lim oldi. Hozirgi kunda Alisher Navoiy ijodini xorijda o‘rganish keng ommalashmoqda. Navoiy bobomiz nafaqat Sharqda, balki G`arbda ham sevib o‘rganiladi. Chunki uning asarlari zamon,makon,yosh va millat tanlamaydi. Kalit so‘z: Navoiy ijodi, G‘arb adabiyoti, aruz, tarjima, so‘z, adabiyot, komillik, “Lison ut-tayr”, turkiy xalq. Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirotda dunyoga keladi. Navoiyning hayoti va ijodini u hayotlik paytida o‘rganish boshlangan. Misol uchun, “Majolis un-nafois” asarida o‘zi qaysi tarixchi, olim, shoir va amirlar bilan ko‘rishib suhbatiga muyassar bo‘lganligi berilgan. Navoiy o‘z davrining sayroqi bulbuli, so‘z xazinasining poyloqchisi va so‘z mulkining o‘z davri sultoni bo‘lgan. Yoshligidanoq zamonning taniqli tarixchisi Yazdiyning e’tiboriga tushganligi, Darvesh Mansurdan aruz haqida saboq olganligi yoritilgan. Navoiy o‘z asarlari va zamondoshlari asarlarida hamisha barhayot yashab keladi. Chunki, Navoiyning birgina “Xamsa” asarining o‘zi o‘sha davrda ham hozirgi kunda ham durdona asardir. Navoiy turkiyda yozgan eng ajoyib asar bu “Xamsa”dir. Navoiy o‘z asarlarida “komil inson” obrazini yaratmoqchi bo‘ladi. Bizning qarashlarimizcha, Navoiyning o‘zi komillikka arziydi, chunki uning buyukligi fors-tojik tili muhitida yashab turib, eng katta asari “Xamsa”ni turkiychada yozganida deb bilamiz. Bunday olib qaraganda, Navoiy obrazining o‘zi faqatgina o‘zbek xalqi adabiyotida va og‘zaki ijodida emas, balki tojik turkman xalqlari adabiyoti-yu, folklorida ham asosiy o‘rin egallaydi. Misol uchun, turkman folklorida Alisher Navoiyni Mirali, Husayn Boyqaroni Sulton Suyun, Guli obrazini esa Gul deya o‘zgartirib talqin qilishgan. Ammo bularning hammasi ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi,chunki xalqdan xalqqa, og‘izdan og‘izga o‘tgan payti ayrim joylari o‘zgaradi yoki olib tashlanadi. Yana bir sabab borki,har bir xalq o‘zining shevasiga yokida milliyligiga moslashtirib oladi. Shu sababdan ham Navoiyning barcha asarlari chet el olimlarining nazariga tushgan. 45 Biz aytishimiz mumkinki, Alisher Navoiy adabiyotda hozirgi kun uchun katta bir yo‘nalish yasab ketdi. Chunki, uning birgina asarini olib talqin qilarkanmiz, tasavvufning keng tarmoqlariga kirib boramiz. Shu sababli Alisher Navoiy ijodiga G‘arb dunyosining qiziqishi hamon davom etib kelmoqda. Navoiy ijodining bir qatrasini kashf etgan xorijlik borki, o‘z hayratlarini yashira olmaydi. Tezroq Navoiy haqida zamondoshlariga xabar bergisi, uni o‘z ona tiliga o‘girgisi kelaveradi. Navoiy g‘azaliyoti bilan yuzlashgan G‘arb madaniyati vakillari borki, uni - ijodi yuksak, takrorlanmas shoir ekanini e’tirof etadi. Amerikalik islomshunos olim Barri Xoberman “Saudi Aramco World” jurnalida chop etilgan “Chaucer of Turks” nomli maqolasida Navoiyni Sharq uyg‘onish davri asoschilaridan biri sifatida e’tirof etadi. Germaniyaning Frayye universiteti simpoziumida o‘qilgan ma’ruzalar asosida tashkil etilgan “Mir Alisir Nawai” nomli to‘plamga kiritilgan Z.Klaynmihelning “Navoiy-benavo” nomli 300 sahifali maqolasida Navoiy ijodidan olgan hayratlarini bir maqola ichiga joylash ilojsiz ish. Navoiyning “Sab’ai sayyor” asari asosida italiyalik Maykl Tramezzino tomonidan 1557-yilda yaratilgan va dunyoning bir necha tillariga qayta-qayta tarjima qilingan “Sarandipning uch shahzodasi” asarini tadqiq qilgan amerikalik sharqshunos Richard Boyl bu asarni Yevropa Uyg‘onish davrining shoh asari deb ataydi. O‘zbekistonga kelib, Alisher Navoiy ijodini o‘rgangan va uning “Lison-ut-tayr” asarini ingliz tiliga tarjima qilgan kanadalik Harri Dik Navoiyga “Dunyoni ma’naviy tanazzuldan qutqara oladigan ko‘ngil bog‘ining bog‘boni” deya ta’rif beradi. So‘nggi yillarda xorijliklar tomonidan Navoiy asarlari birin-ketin tarjima qilinib chop etilmoqda. Bular qatoriga Navoiy g‘azaliyotining polyak tiliga tarjimoni Yanush Kjijovskiy, ukrain tiliga tarjimoni, shoir Nikolay Bajanning “Farhod va Shirin” dostonining tarjimalarini kiritish mumkin. Biroq, bu buyuk shoir ijodining bir debochasi, xolos. Navoiy g‘azallarini ingliz tiliga tarjima qilayotgan jur’atli o‘zbek tarjimonlari safi kengaymoqda, xususan, A’zam Obidov, Qosimboy Ma’murov, Dinara Sultonova, Aida Bumatova shular jumlasidan. Biroq, endilikda qilingan tarjimalar xorijlik muharrir tahriridan o‘tib, to‘plam holida nashr etilishi, eng asosiysi, ular xorijiy davlatlarga targ‘ib etilishi kerak. Zero, o‘zbek tarjimashunoslari g‘azal asliyatidagi ma’no va badiiyatning tarjimada qayta yaratilgan yoki yo‘qligiga baho berishi mumkin, ammo, tarjima tilining silliq va xorijlik retseptor uchun o‘qishliligiga eng odil bahoni xorijiy til egasigina bera oladi. O‘tgan yili Amerikaning Massachusets shtati, Salem shahrida istiqomat qiluvchi adabiyotshunos, yozuvchi va shoir Denis Deli tomonidan tarjima qilinib, 46 2016-yilning dekabr oyida AQSH Cervena Barva Press nashriyotida cho
Доказательный фрагмент
«O‘zbek va boshqa turkiy xalqlarning buyuk shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi sifatida Sharqda ham, G‘arbda ham ulug‘lanadigan Navoiy yoshligidan qutlug‘ dargohda yashadi va ta’lim oldi.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘zbek va boshqa turkiy xalqlarning buyuk shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi sifatida Sharqda ham, G‘arbda ham ulug‘lanadigan Navoiy yoshligidan qutlug‘ dargohda yashadi va ta’lim oldi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- so‘z, adabiyot, G‘arb adabiyoti, aruz, Navoiy ijodi, komillik, turkiy xalq, tarjima, “Lison ut-tayr”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025