К содержанию
РецензированоUZ2026

TERINING SURUNKAL YIRINGLI-YALLIG‘LANISH KASALLIKLARIDA MIKROFLORA VA ANTIBIOTIKLARGA SEZGIRLIGI

TERINING SURUNKAL YIRINGLI-YALLIG‘LANISH · KASALLIKLARIDA MIKROFLORA VA · ANTIBIOTIKLARGA SEZGIRLIGI · Shayqulov Hamza Shodievich. · Isokulova Muhabbat Mardanovna

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026

Аннотация

Teridagi yiringli yallig‘lanish kasalliklari odamlardagi patologiyalar keng tarqalgan bo‘lib, undagi qo‘zg‘atuvchilarning turlari va bu qo‘zg‘atuvchilarni ko‘p qo‘llanilayotgan antibiotiklarga munosabatini o‘rganish amaliy tibbiyotda, xuxusan jarohlikda dolzarbdir. Ushbu ishda 621 nafar teri yiringli yallig‘lanishlari bilan kasallangan bemorlardan ajratilgan qo‘zg‘atuvchilarning antibiotiklarga munosabati keltirilgan. Kalit so‘zlar: Yiring, yallig‘lanish, antibiotik, Staphylococcus, Streptococcus, Escherichia, Saccharomyces, akne, ekzema, pyoderma, follikulit, furunkul, streptodermaya. Kirish. Bugungi kunda sayyoramizda qariyib 100 000 turdagi bakteriyalar yashashi ma’lum. Mutaxassislarning maxsus hisob-kitoblarga ko‘ra, bir kishining tanasida doimiy ravishda 1016-1017 miqdordagi turlicha mikroorganizmlarning hujayralari yashaydi va sayyoramizning butun aholisida 1024 dan ortiq bakteriyalar yashashi haqida ishonchli ma’lumotlar bor. Odam tanasida taxminan 1014 hujayra mavjudligini inobatga olsak, unda barcha hujayralarning atigi 43 foizi aslida o‘zimizning hujayralarimiz – odam hujayralari qolgan katta qismi esa turli – tuman mikroorganizmlar – mikroskopik kolonizatorlardir. Amaliy tibbiyotda, xususan jarrohlik amaliyotida asosan makroorganizm va shartli - patogen (opportunistik) mikrofloralarning o‘zaro munosabatidan kelib chiqadigan infeksiyalar eng keng tarqalgan [5]. Jarrohlik infeksiyalari quyidagi bir necha xildagi mezonlarga ko‘ra tasniflanadi: – kasallik qo‘zg‘atuvchisining turi; – infeksiya uchog‘idagi patogenlarning turlari miqdori; – klinik rivojlanishi (kechishi); – organizmda tarqalish darajasi (mahalliy, umumiy); – joylashgan joyi. 191 Jarrohlik infeksiyalari tarkibidagi eng keng tarqalgan qo‘zg‘atuvchilar quyidagi mikroorganizmlarni o‘z ichiga oladi [7,10]: – gramm musbat (+) aerob va fakultativ anaerob kokklar: Staphylococcus, Streptococcus, Enterococcus; – gramm manfiy (-) fakultativ anaerob tayoqchalar: Enterobactericeae oilasining bakteriyalari: Escherichia, Klebsiella, Proteus, Enterobacter, Citrobacter –fermentlamaydigan gramm manfiy (-) aerob tayoqchalar va kokkobakteriyalar: Pseudomonas, Acinetobacter; – gramm musbat (+) aerob va fakultativ anaerob tayoqchalar: Lactobacillus; – gramm manfiy (-) anaerob bakteriyalar: Bacteroides, Fusobacterium, Veillonella; – gramm musbat (+) anaerob kokklar: Peptostreptococcus, Peptococcus; –gramm musbat (+) anaerob bakteriyalar: Clostridium. Amaliy tibbiyotda turlicha ta’sir doirasiga va ta’sir mexanizmiga ega antibiotiklarning keng qo‘llanilishi tufayli jarrohlik infeksiyasining asosiy qo‘zg‘atuvchisi ko‘pchilik antibakterial vositalarga chidamliligi yanada ortib bormoqda [2]. Bu holat jarrohlik infeksiyalari muammosini yechimini topishga, bemorlarni antibiotiklar yordamida samarali davolash uchun turli mutaxassisliklar - jarrohlar, klinik mikrobiologiyasi mutaxassislari, kimyoterapiya, epidemiologiya va boshqa mutaxassislarning o‘zaro hamkorliikda yanada chuqurroq o‘rganishni, yangi usullarini izlashga va mavjud usullarni takomillashtirish zarurligini talab etadi [1,11]. Teridagi yiringli yallig‘lanish kasalliklari odamlardagi patologiyalar jihatidan muhim o‘rin tutadi va ko‘pincha uzoq davom etuvchi, cho‘zilgan shakldagi infeksiyalar hisoblanadi. Shu munosabat bilan, ularning mikrobiologik etiologiyasi va patogenlarning antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlash zarurati dolzarb bo‘lib qoladi. Tadqiqotning maqsadi. Teridagi yiringli yallig‘lanishlarga sababchi bo‘luvchi qo‘zg‘atuvchilarning turlarini va ularning antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlash Materiallar va usullar. Buning uchun 2023 yil bahor va yoz mavsumlarida har xil teri yiringli yallig‘lanishlari bilan jarrohlik bo‘limidagi davolanayotgan 621 nafar bemorlar kuzatildi. Tekshirilayotgan ashyo - yiring qonli, go‘sht-peptonli agarga Drigalskiy usulida ekilib o‘stirildi va sof kulturalaralar ajratildi. Ajratilgan bakteriyalarning 10 192 turdagi antibiotiklarga (gentamitsin, eritromitsin, xloramfenikol, polimiksin, tetratsiklin, sefazolin, oksatsillin, benzilpenitsillin, doksitsiklin va ampitsillin) nisbatan sezgirligi standart qog‘oz disklar yordamida disk-diffuziya usulida aniqlandi. Tadqiqot natijalari. Olingan natijalarda bahor va yoz mavsumlarida teri yiringli yallig‘lanishlari bilan murojat etgan bemorlarning kasalliklar turi bo‘yicha tahlilida 314 nafari surunkali absesslanuvchi akne, 111 nafari surunkali, takrorlanuvchi (ST) bakterial ekzema, 105 nafari surunkali, takrorlanuvchi (ST) pyoderma, 26 nafari surunkali, takrorlanuvchi follikulit, 22 nafari surunkali, takrorlanuvchi (ST) furunkuloz, 20 nafari Dyuring dermatiti va 12 nafardan streptodermaya, 11 nafar ekssudativ ekzema bilan kasallangan bemorlar ekanligi kuzatildi. 1-rasm Terining yiringli yallig‘lanishlarida kasallik turlarining hissasi (%) Ekssudativ ekzema 1,8 Streptodermaya 1,9 Dyuring dermatiti 3,2 ST furunkuloz 3,5 ST follikulit 4,2 ST pyoderma 16,9 ST bakterial ekzema 17,9 Surunkali absesslanuvchi akne 50,6 Teridagi

Доказательный фрагмент

«Teridagi yiringli yallig‘lanish kasalliklari odamlardagi patologiyalar keng tarqalgan bo‘lib, undagi qo‘zg‘atuvchilarning turlari va bu qo‘zg‘atuvchilarni ko‘p qo‘llanilayotgan antibiotiklarga munosabatini o‘rganish a…»

Образец извлечения

Демо-превью

Teridagi yiringli yallig‘lanish kasalliklari odamlardagi patologiyalar keng tarqalgan bo‘lib, undagi qo‘zg‘atuvchilarning turlari va bu qo‘zg‘atuvchilarni ko‘p qo‘llanilayotgan antibiotiklarga munosabatini o‘rganish a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yallig‘lanish, pyoderma, ekzema, Streptococcus, antibiotik, streptodermaya, Staphylococcus, Yiring, follikulit, Saccharomyces, furunkul, Escherichia, akne
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники