К содержанию
РецензированоUZ2026

INGILIZ VA O'ZBEK TILLARIDA O'XSHATISHLAR

Ibragimova Shaxlo Zavqiyevna

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026

Аннотация

This article is about similes in the English and Uzbek languages, and the opinions and opinions of research scientists on the subject were studied in depth. It is dedicated to the study of phraseological units with two somatic components, it provides information about phraseological units expressed by the names of two human body parts in one phrase in English and Uzbek, and it tells us their main factors in English and Uzbek allows to reveal. Key words: Somatism, somatic expression, phraseological unit, phraseology, somatic phraseology, lexeme, linguocultural, phrase, component, phrase with two somatic components. O‘xshatishlar turli xalqlar madaniyatini yaqqol namoyon qilib beruvchi vositalardan biri hisoblanadi. Ularda ma’lum davrda yashagan ajdodlar kechinmalari, tasavvurlari, milliy va madaniy an’analari muhrlangan bo‘ladi. Tildagi o‘xshatishlarni tadqiq etgan tilshunoslarning aksariyati turg‘un o‘xshatishlarning idiomalarga yaqin turishini yoki idioma maqomida bo‘lishini, ular ko‘p asrlar mobaynida kishilar nutqida qo‘llanish natijasi sifatida turg‘unlashib, so‘zlovchilar ongida muayyan modellar shaklida mustahkamlanib qolishini, o‘xshatish etalonining, ya’ni o‘xshatish asosidagi obrazning muayyan belgi-predmet bilan muntazam va qat’iy bog‘liq bo‘lishini ta’kidlaydi1. 121 Ingliz va o’zbek tillaridagi mavjud o’xshatishlarni qiyosiy tahlil qilganda, o’xshatish etaloni sifatida ko’pincha hayvon yoki jonivorlarlarni bildiruvchi so’zlardan foydalanilganligini ko’rish mumkin. Masalan, o’zbek tilida “qo’yday yuvosh”, “musichaday beozor” o’xshatish etalonlari mavjud bo’lib, bu o’xshatishlar orqali o’zbek mentalitetiga xos jihat, ya’ni qadimdan qo’yning yuvosh hayvon, musichaning beozor, zararsiz qush ekanligi ifodalanmoqda. Ingliz tilida esa beozorlik timsoli sifatida ko’pincha kabutar tasvirlanadi: “As harmless as a dove”. Ingliz va o’zbek tillarida sinonimlik xosil qiladigan quyidagi o’xshatishlarni ham xuddi shunday qiyosiy tahlil qilish mumkin: “As hungry as a bear” iborasi o’zbek tilidagi “Bo’riday och” o’xshatish etaloniga teng keladi. “Och” sozining bo’ri bilan birga ishlatilishi o’zbek lingvkulturologiyasiga xos bo’lib, ozbek xalq ertaklaridagi och bo’ri ko’z oldimizga keladi. Jumladan, mif, ertak, doston va badiiy asar qahramonlari ishtirok etgan muayyan o‘xshatishlar mavjud bolib, ular orqali o’sha xalq milliy madaniyatini chuqur anglab yetish mumkin. Masalan, o‘zbek tilida “baquvvat, pahlavon, gavdali, juda ham kuchli, bahodir” ma’nosida ishlatiladigan “Alpomishday” o’xshatish etaloni ingliz tilidagi “jasur va botir” ma’nosida qo’llanuvchi “as brave as Robin Hood” o‘xshatish birligi bilan sinonimlik xosil qiladi. Ingliz va o’zbek tillarida uchraydigan o’xshatishlar orasida leksik component tuzilmasi jihatidan bir xil yoki turli xil bo’lgan turlarni uchratish mumkin. Masalan, ingliz tilidagi “As red as a cherry” iborasida ishlatilayotgan cherry (gilos) so’zi o’zbek lingvokulturologiyasiga ham xos bo’lib, qiz bolaning lablarini tasvirlashda foydalaniladi. Shuningdek, ingliz tilidagi “as sly as a fox” iborasi o’zbek tilidagi “tulkiday ayyor” o’xshatishiga sinonim bo’ladi. Bu sinonimlikda ham leksik component tuzilmasi jihatidan bir xillikni kuzatish mumkin. Bundan tashqari, o‘zbek tilida “semirmoq”, “ko‘p ovqat yemoq”ni anglatgan cho‘chqaday o‘xshatish etaloni ingliz tilida ham cho’chqaga muqoyasa qilinadi: “As fat as a pig”. Masalan,: The woman in the supermarket was as fat as a pig. Ammo, ingliz tilidagi “as white as a sheet” iborasidagi sheet (qog’oz) leksemasi o’zbek tilidagi o’xshatish etaloni bo’lib xizmat qilmaydi. O’zbek tilida bu rang ko’proq qorga muqoyasa qilinadi: “Qorday oq”. 122 Shuningdek, ingliz tilida uchraydigan “as clean as a (new) pin” iborasi o’zbek tilida “chinniday toza” o’xshatishiga teng keladi. Ingliz tilida tozalik belgisi sifatida yangi to’g’nag’ich madaniy vosita sifatida xizmat qilmoqda. O’zbek tilida esa bu sifat chinni buyumga muqoyasa qilinmoqda. O’zbek tilida “qo’yday yuvosh” o’xshatish etaloniga ma’no jihatidan sinonim bo’lgan ingliz tilidagi “as gentle as a lamb” o’xshatishi leksik komponent tuzilmasiga ko’ra farq qiladi. Ya’ni, o’zbek xalq madaniyatida yuvoshlik “qo’y”ga qiyoslansa, ingliz tilida bunday sifat “qo’zichoq” bilan bog’liq tarzda qo’llaniladi. Masalan,: The girl is as gentle as a lamb when she is with her little sister. Bundan tashqari, o’zbek tilida ijobiy ta’riflanayotgan oppoq tishlar “qor”ga emas, balki qimmatbaho “sadaf”ga qiyos etiladi. M., Yo‘q, Xor shaharga ketgan, - dedi yigit kulimsirab, sadafdek oppoq tishlarini ko‘rsatib – O‘X, 15”2. O‘zbek she’riyatida tunday o‘xshatish etalonidan sochning qoraligini ifodalash uchun keng foydalaniladi: M,: Kel endi tashlama, qo‘yma Bu tunning qo‘ynida yolg‘iz. Hijronni boshimga yoyma, Ey tundek sochi qora qiz (Cho‘lpon. Tun). Mazkur o‘xshatishni shotlandiyalik shoir Robert Byornsning “John Anderson” she’rida uchratish mumkin. B.Xolbekova “John Anderson” she’rining rus va qozoq tillaridagi tarjimalarini quyid

Доказательный фрагмент

«This article is about similes in the English and Uzbek languages, and the opinions and opinions of research scientists on the subject were studied in depth.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is about similes in the English and Uzbek languages, and the opinions and opinions of research scientists on the subject were studied in depth. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Somatism, somatic expression, phraseological unit, phraseology, somatic, frazeologik birlik, komponent, ibora, frazeologiya, somatik ibora, somatik frazeologizm, ikki somatik komponentli ibora, lingvomadaniy, Somatizm, leksema
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники