К содержанию
РецензированоRU2026

O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON KUTUBXONALARNING RIVOJLANISH JARAYONLARI

Mannonov Yusup Otaxonovich

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026

Аннотация

Наг qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishi, xususan, fan, ta’lim va madaniyat rivoji uchun asosiy shartlardan biri turli sohalarga oid zarur axborotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyatiga bog‘liqdir. Ayniqsa, Axborot-kutubxona faoliyatining asosiy jarayonlari: axborotlarni yig‘ish, ishlov berish, saqlash, qidirish va iste’molchiga yetkazib berishga telekommunikatsiya vositalarini qo‘llash axborot manbalarining qanday masofada turganidan qat’iy nazar unga tezkorlik bilan ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Maqolada gap Axborot-kutubxonalarda avtomatlashtirish va tashkiliy-texnika vositalarini qo‘llash orqali ularni «elektron kutubxona», «virtual kutubxona» aylantirish haqida boradi.. Kalit so‘zlari: O‘RQ- O‘zbekiston respublikasining Qonuni, AK- Axborot- kutubxona, AKAT- Avtomatlashtirilgan kutubxona- axborot tizmi, AKM- Axborot- kutubxona markazi, ARM-Axborot- resurs markazi, AIO‘- Avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari, Dublin Core, UNIMARC, USMARC- almashtirishga mo‘ljallangan formatlar, HTML ,TXT- matnni o‘qish uchun onlayn tarzda taqdim etiladigan hamda o‘quvchi komputeriga yuklab olish uchun taqdim etiladigan shakllar, EK-Elektron kutubxona, ZIP- ko‘chirib olinadigan fayl, TXT; RTF va DOC; Mobipocket .PRC- shaxsiy komputerlar va telefonlarda kitob o‘qish uchun shakl, Fiction Book (FB)- badiiy asarlami saqlash uchun maxsus tashkil etilgan format. O’zbekistonda elektron kutubxonalarni yaratish masalasi bugungi kunda dolzarb mavzulardan biriga aylanib ulgurgan. Qadimdan O‘zbekiston hududida kutubxonalar mavjud bo‘lgan bo‘lib, ular zamonlar o‘tgan sari rivojlanib, shakllanib borgan. Elektron kutubxonalarni yaratilishi bevosita kutubxona xizmatlari evolyutsiyasi bilan bog‘liq. Zero bu evolyutsiyada elektron kutubxonalarning yaralishi evolyutsiyasi o‘rin egallagan. Mazkur kutubxona xizmatlari evolyutsiyasiga to‘xtalib o‘tamiz. Davrlar misolida ko‘rib o‘tamiz: I. davr: 4000 yildan ortiq. Bunda an’anaviy kutubxona xizmatlari va qog‘oz kataloglari, 2-3 xil xizmatlar mavjud bo‘lgan; II. davr: 1950-1960-yillardan bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Bunda elektron katalog orqali ma’lumotlar qidirish mavjud bo‘lgan; III. davr: 1970-1980-yillardan bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Aynan mana 211 shu davrda elektron kutubxonalardan foydalanish shakllangan va amalga oshirila boshlagan. Shu bilan birgalikda korporativ kutubxona tarmoqlaridan ma’lumot qidirish funksiyasi ham mavjud bo‘la boshlagan. IV. davr: 1990-yillardan boshlab, masofadan xizmat ko‘rsatish xalqaro kutubxona tarmoqlaridan foydalanish rivojlanib borgan. Shu bilan birgalikda internetdan foydalanish ham mavjud bo‘lgan. V. davr: 2000-yillardan boshlab, bunda virtual kutubxonalar 70 dan ortiq turlari paydo bo‘la boshlagan. Library 2.0 (2006-yildan boshlab) O‘zbekistonda kutubxonachilik sohasining rivojlanishida jumladan, elektron kutubxonalarni yaratilishida sohaga oid qonun va qarorlar muhim o‘rin egallab kelmoqda. 0‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi va «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi, «Elektron raqamli yozuvlar to‘g‘risida»gi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni va 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlarini shular jumlasiga kiritish mumkin. Jumladan, “Axborot kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ 280-sonIi O‘zbekiston Respublikasi qonunida elektron kutubxona haqida alohida to‘xtalib, unga ta‘rif berilgan. Electron kutubxonaning elementlarida biri bo‘lgan elektron katalog haqida ham atama va ta‘rifi ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra: Elektron katalog tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslari ro‘yxatining elektron shakli. Elektron kutubxonadagi barcha xujjatlar haqidagi ma’lumotlar, ya’ni nomi, muallifi, nashriyot nomi, nashr etilgan yili, xajmi kabi ma’lumotlar elektron katalogning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. To‘liq matnini ham kiritish maqsadga muvofiq. Shu tarzda foydalanuvchi elektron katalog yordamida kerakli xujjatni qisqa muddatda topadi va unga buyurma berish imkoniga ega bo‘ladi. Elektron kutubxonalar va ularning rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Elektron kutubxona navigatsiya va qidiruvning zamonaviy vositalari bilan ta’minlangan, tartibga solingan turli-tuman elektron hujjatlar (shuningdek, kitoblar) “kolleksiyasidir”, dea ta’rif beriladi wikipedia saytida. Elektron kutubxonalar o‘zida juda katta hajmdagi materiallarni jamlagan holda universal hamda ixtisoslashgan bo‘lishi kerak. Elektron kutubxonalarni aralash tarkibli, asosan, adabiy saytlardan farqlash lozim. Adabiy jurnal bosma nashr bo‘lib, ular 212 hech bir o‘zgarishlarsiz internetga joylashtiriladi, elektron kutubxona esa, adabiy saytlardan farqli o‘laroq, doimiy yangi materiallar bilan yangilanib tu

Доказательный фрагмент

«Наг qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishi, xususan, fan, ta’lim va madaniyat rivoji uchun asosiy shartlardan biri turli sohalarga oid zarur axborotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyatiga bog‘liqdir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Наг qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishi, xususan, fan, ta’lim va madaniyat rivoji uchun asosiy shartlardan biri turli sohalarga oid zarur axborotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyatiga bog‘liqdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ZIP- ko‘chirib olinadigan fayl, AIO‘- Avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari, AKM- Axborot- kutubxona markazi, ARM-Axborot- resurs markazi, TXT- matnni o‘qish uchun onlayn tarzda taqdim etiladigan hamda o‘quvchi komputeriga yuklab olish uchun taqdim etiladigan shakllar, UNIMARC, Dublin Core, O‘zbekiston respublikasining Qonuni, USMARC- almashtirishga mo‘ljallangan formatlar, Axborot- kutubxona, HTML, AK, RQ, EK-Elektron kutubxona, AKAT- Avtomatlashtirilgan kutubxona- axborot tizmi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники