Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA SOLIQ TUSHUMI
Atabayeva Zebuniso · Ilmiy rahbar: Fayzullayev Nurilla
Международный журнал теории новейших научных исследований · 3 · 2026
Аннотация
ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatida soliq tushimi, soliq tushimi O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi kabi ma’lumotlar tahlil etilgan. Kalit so’zlar: tadbirkorlik, soliq, tushim, iqtisodiyot, jarayon, faoliyat, soliq imtiyozlari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘zining ichki va tashqi vazifalarini, har хil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini soliqlar orqali to‘playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy budjetlar daromadini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to‘lovchi shaхslarning tadbirkorlik faoliyatini bosh qaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi, narх belgilashga ta’sir ko‘rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi. Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat budjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usul hisoblanadi. Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbai hisoblanadi. AQSh prezidenti Jon Kennidi bir paytlar mamlakatda soliq tizimini isloh qilish xususida quyidagi mulohazani bildirgan edi: “Bugungi kunda tushunish qiyin bo‘lgan bir haqiqat mavjud: bu soliq stavkalari yuqori bo‘lishiga qaramasdan, soliq tushumlarining kam ekanligidir. Shunday ekan, soliq tushumlarini uzoq muddatda ko‘payishini ta'minlashning eng to‘g‘ri yo‘li bu soliq stavkalarini qisqartirish. Soliqlarni kamaytirishdan maqsad - byudjyetda kamomadni yuzaga keltirish emas, aksincha byudjyet muvozanatiga yetaklovchi farovon va izchil 148 rivojlanadigan iqtisodiyot muhitini shakllantirishdir. Zero, faqat aholini ish bilan to‘liq ta'minlash orqaligina byudjyet muvozanatini tiklash mumkin”. So‘nggi paytlarda O‘zbekiston soliq tizimini isloh qilish borasida tashlangan qadamlar zamirida ham shunday maqsadlar yotgan bo‘lsa ajab emas. 2018 yil 13 fevralida prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoyishi asosida, mamlakat soliq qonunchiligi va amaliyotini o‘rganib, ularni tubdan isloh qilish bo‘yicha aniq takliflar kiritish maqsadida maxsus komissiya tuzilgan edi. Joriy yilning 27 mart kuni mazkur komissiya “O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi”ni ishlab chiqib, keng jamoatchilik e'tiboriga havola etdi. Kontseptsiyada mamlakat soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha juda ilg‘or takliflar o‘rtaga tashlangan. Tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, ularga kelgusida soliq va yig‘imlar bo‘yicha budjetga tushumlarni ko‘paytirish imkonini beruvchi mexanizmni yaratish, korxonalarning investitsion jozibadorligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlash, asosli takliflar topish va faoliyatini rivojlantirish, amaliy maslahatlar va aniq yechimlarni ishlab chiqish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Bu borada soliq va yig‘imlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Soliqlarning o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash soliq qarzi yuzaga kelishining iloji boricha oldini olish va ular yuzaga kelgandan keyin samarali undirish orqali amalga oshiriladi1 Aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bu masalaga alohida e’tibor qaratilgan bo’lib, uning 51-moddasida “Fuqarolar qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar ” deb belgilangan. Shu bois soliq to‘lovchilarning soliq qarzlarini qisqartirish va yangi qarzlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni tahlil qilish hamda soliq va yig‘imlarning budjetga o‘z vaqtida tushumini nazorat qilish soliq organlarining eng muhim masalalaridan biridir. Bir qator xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan mamlakatimiz moliya va soliq tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, soliq undirishning ayrim masalalari o‘rganildi. Yagona soliq to‘lovini hisoblashda soliq solish obyekti bo‘lib, aksariyat hollarda yalpi tushum hisoblanadi, lekin savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yalpi tushum bo‘lib tovarlar aylanmasi hisoblanadi. Bundan tashqari, savdo korxonalarining asosiy faoliyatdan tashqari boshqa daromadlari, moliyaviy 1 M.komiljonovich. Tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish. Scientific progress volume 3 ǀ issue 3 ǀ 2022 149 faoliyatdan daromadlari va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlar yalpi tushum tarkibiga kiritiladi. Shuningde
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatida soliq tushimi, soliq tushimi O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi kabi ma’lumotlar tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatida soliq tushimi, soliq tushimi O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi kabi ma’lumotlar tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tushim, soliq, soliq imtiyozlari, tadbirkorlik, faoliyat, iqtisodiyot, jarayon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026