К содержанию
РецензированоUZ2026

OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ QAVATLARINING ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARIDA EOZINOFIL KO‘RSATKICH

KANDIDALARNING KO‘PAYISHI · Turaqulov Otabek Murodullayevich · Abdiraimov Azim Akbarovich · Shayqulov Hamza Shodievich

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026

Аннотация

Homiladorlik davrining so‘nggi oylarida kandida zamburug‘lariga mos sharoitlar jadal sodir bo‘lib, ularga: estrogenlarning va prostaglandin gormonlarining ortishi kabi o‘zgarishlar ayolning organizmini shartli patogen infeksiyalarga, xususan kandidoz kasalligiga moyilligini oshiradi. Kalit so‘zlar: Homiladorlik, Candida albicans, kandida, zamburug‘, estrogen, prostaglandin, gormon, shartli patogen, infeksiya. Sog‘lom odam normal mikroflorasi tarkibida 280 dan ortiq mikroorganizmlar uchraydi. Ularning 5-15% ini shartli patogen mikroorganizmlar tashkil etadi. Kandida zotiga kiruvchi zamburug‘lar esa odam tanasining teri qoplamasi, og‘iz bo‘shlig‘i, ovqat hazm qilish trakti va jinsiy a’zolar shilliq qavatlari yuzasida uchrab turadi. Odam organizmi uchun bu zamburug‘larning 3 xil ta’siri mavjud. Ular birinchidan boshqa mikroorganizmlarga nisbatan antogonistik ta’sirga ega; ikkinchidan, payt bo‘lganda kandidomikoz kasalligini keltirib chiqaradi va uchinchidan, bakteriya, virus va sodda xayvonlar tomonidan qo‘zg‘atilgan kasalliklarda qo‘shimcha infeksiya tarzida ishtirok etib assotsiatsiyalashgan infeksiyalarni yuzaga keltiradi. Adabiyotlarda qayd etilgandidek, kandida zotiga kiruvchi zamburug‘lar shartli patogen infeksiya bo‘lib, organizmda yetarli shart- sharoit bo‘lgandagina kasallik keltirib chiqaradi. Kandida zamburug‘lariga mos bunday sharoitlar homiladorlikning so‘nggi haftalarida jadal sodir bo‘lib, ularga: 1. Estrogenlarning va prostaglandin gormonlarining ortishi; 2. Modda almashinuvining yanada tezlashishi sababli: A) almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarga va yog‘larga talabning ortishi; B) metabolizm jarayonida hosil bo‘lgan toksik moddalarning qondagi miqdorini oshishi; 107 V) vitaminlar, makro- va mikroelementlari hamda mineral tuzlarning ko‘p sarflanishi; 3. Qon tomir-kapillyarlar o‘tkazuvchanligining oshishi tufayli siydik orkali ko‘plab kerakli moddalarning chiqib ketishi; 4. Xloridlarning ko‘payishi sababli organizmda suvning tutilib qolishi natijasida ko‘p terlash, to‘qimalarda, oyoq-qo‘llarda shishlar kabi boshka sabablar homilador ayolning organizmini shartli patogen infeksiyalarga, xususan kandidoz kasalligiga moyilligini oshiradi. Tadqiqotning maqsadi. Homiladorlik davrining so‘nggi oylarida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardalarida kandida zamburug‘lari ulushini o‘rganish Materiallar va usullar. Biz, Samarqand shahrida yashovchi, SamDMU 1-klinikasining akusherlik bo‘limiga murojaat etgan 51 nafar, muhlati 7 – 8 – 9 - oylardagi homilador ayollarning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardalari yuzasidan surtib olingan materialdan tayyorlangan surtma preparatlarini bo‘yab mikroskopik (bakterioskopik) tekshirish, kerak bo‘lganda Saburo muhitiga ekib – mikrobiologik usullarda mahalliy florani urgandik. Surtma preparatlari Gramm usulida va metil ko‘ki bo‘yog‘i bilan bo‘yaldi. Kandida zamburug‘ining differensial belgisi sifatida psevdogif – ipsimon, cho‘zilgan hujayralarni va pevdomesiliyalarni mikroskopda topishga asoslandik. Tadqiqot natijalari. Bu preparatlar tekshirilganda 50 nafar (98,04%) homilador ayollardan olingan tekshirish materiallarida Candida albicans topildi. Muhlati bo‘yicha tahlil etilganda homiladorlikning 7 – oylarida 8 nafarida (16%); 8 – oylarida 18 nafarida (36%); 9 – oylarida 24 nafarida (48%) Candida albicans aniqlandi (1-rasm). 1-rasm Homiladorlikning har xil muddatlarida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardalari yuzasidan Candida albicansning aniqlanishi 108 %; 9 - ой ; 48 Абс; 9 - ой ; 24 %; 8 - ой; 36 Абс; 8 - ой; 18 %; 7 - ой; 16 Абс; 7 - ой; 8 % Абс Shundan 48 nafarida (96%) holatda achitqi zamburug‘lari bilan birgalikda; 13% holatda Gramm musbat kokklar va gramm manfiy kokkobakteriyalar bilan birgalikda, 6% holatda deftirioid tayoqchalar bilan ajratiladi. Adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, homilador bo‘lmagan ayollarda bu ko‘rsatgich 20-25% atrofida. Xulosa: 1. Homilador ayollar organizmida kandidoz kasalligiga moyillik bor bo‘lganligi sababli kasallik qo‘zg‘atuvchi kandidalarni organizmda mumkin qadar kamaytirish chora tadbirlari ishlab chiqilishi kerak. 2. Maslahat poliklinikalarida homilador ayollarni, ya’ni sog‘lom ona va tug‘ilajak gudak salomatligini kafolatlash maqsadida tez – tez laboratoriya tekshiruvi o‘tkazilib, kandida mikroorganizmlarining kamaytirishga erishish lozim. 3. Homilador ayollarning fiziologik holatiga mos adekvat ovqatlanish shartligini uchastka vrachlari tushuntirib berishi kerak. Kandidoz kasalligidan himoyalovchi chora tadbirlar ishlab chikilishi kerak. 109

Доказательный фрагмент

«Homiladorlik davrining so‘nggi oylarida kandida zamburug‘lariga mos sharoitlar jadal sodir bo‘lib, ularga: estrogenlarning va prostaglandin gormonlarining ortishi kabi o‘zgarishlar ayolning organizmini shartli patogen…»

Образец извлечения

Демо-превью

Homiladorlik davrining so‘nggi oylarida kandida zamburug‘lariga mos sharoitlar jadal sodir bo‘lib, ularga: estrogenlarning va prostaglandin gormonlarining ortishi kabi o‘zgarishlar ayolning organizmini shartli patogen… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
surunkali zamburug‘li kasalliklar, Yallig‘lanish, allergiya, og‘iz bo‘shlig‘i, leykotsit, shilliq qavat, stomatologiya, eozinofil
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники