Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA „MAHBUB UL – QULUB“ ASARINI SHARHLAB O‘RGATISH
ASARINI SHARHLAB O‘RGATISH · Nafisa Yuldasheva · Iroda Narimmatova · Ajiniyoz nomidagi NDPI Turkiy tillar
Международный журнал теории новейших научных исследований · 346-350 · 2026
Аннотация
Alisher Navoiyning „Mahbub ul– qulub“ asarida komil inson axloqi va uning tarbiyasiga oid muhim manba Kalit so‘zlar: Navoiy asarlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rgatish, „Kim chaqqon“ metodi, „O‘yla, izla top“ metodi Mumtoz adabiyotimizning zabardast vakili, turkiy til rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan buyuk adib Alisher Navoiy ijodi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining barcha sinflarida, o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘rgatiladi. Masalan: 5-sinf o‘quvchilarining yoshiga mos tarzda pand-nasihat ruhidagi „Hayrat ul-abror“ dostonidan hikoyatlar, 6-sinf adabiyot darsligida komil inson axloqi va uning tarbiyasiga oid muhim manba bo‘lgan „Mahbub ul-qulub“, 7-sinf da qit’a va fardlar , 8- sinf adabiyot darsligida g‘azallari, 9- sinfda „Farhod va Shirin“ dostonidan parcha, 10- sinfda Alisher Navoiy g‘azallari, 11-sinfda esa „Saddi Iskandariy“ dostonidan parchalar o‘rgatiladi. „Mahbub ul-qulub“ asari 3qismdan iborat. 1-qism 40 faslni o‘z ichiga oladi. Bunda muallif o‘z davrining tipik vakillari hayotini tasvirlagan. 10 bobdan tashkil topgan 2-qismda yaxshi va yomon, maqtovga sazovor va nafratga loyiq xislatlar tafsiloti berilgan.3-qismga masal va hikmatlar kiritilgan. Bu asar 6-sinf adabiyot darslarida o‘rgatilishi rejalashtirilgan. № Mavzu nomi Soat 1 Alisher Navoiy hayoti va ijodi. „Mahbub ul – qulub“ asaridagi 1 hikmatlar 2 Alisher Navoiy hikmatli so‘zlari matni ustida ishlash 1 3 Hikmatli so‘zlarning talimiy, tarbiyaviy ahamiyati 1 4 Nazorat ishi. Insho va tahlil. „Odob insonga ziynat“ 2 O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida „Mahbub ul-qulub“ asarini o‘rgatishda „Olmos“, „Blits so’rov“, 41 „Teskari test“, „Qarorlar daraxti“, „O‘zlashtirib javob ber“ kabi metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu usullardan foydalanish o‘quvchilarga mavzuni atroflicha tushuntirish, yoritib berish bilan bir qatorda ularning mavzuni oson esda saqlab qolishiga yordam beradi. “Kim chaqqon” metodi Metodning maqsadi: bu usul orqali oquvchilarda guruhda ishlash, bir birini fikrini hurmat qilish,ta’riflarga to’g’ri javobni chaqqonlik bilan belgilash,rasmlar orqali ma’lumotlarni xotirada saqlash. Metodning borish tartibi: Dastlab o‘qituvchi tomonidan 3 guruh shakllantiriladi. Har bir guruhga bir xil ta’rif va unga mos tarzdagi rasmlar tushirilgan qog‘ozlar tarqatiladi. Ta’rif va rasmlar bir biriga moslashtiriladi. Topshiriqni bajarish uchun 5 daqiqa vaqt belgilanadi. Jamoalarning topshiriqni to‘liq va to‘g‘ri bajarganligidan kelib chiqqan holda baholanadi. „O‘yla, izla, top“ metodi Ma’lumotlarni jadvalga mos tarzda joylashtiring. Insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, balki u daraxtning foydali mevasidir; o‘zi xunuk, gapi bema’ni, ovozi yoqimsiz odam qurbaqaga o‘xshaydi; yaxshi odamdan yomonlar ham yomonlik kutmas; yaxshi odam yomonlardan ham yaxshilikni ayamas; arslonning maqsadi – ov qilib, och yirtqichlarni to‘yg‘azmoq, sichqonning harakati – don o‘g‘irlab, tugun axtarmoq; Yor uldirki, o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani Yoriga ham ravo ko‘rmagay. O‘zi yori uchun o‘lmoqqa tayyor esa-da, Lekin yorini bu ishda sherik qilmagay; Turg‘un yer qayda-yu, aylanuvchi osmon qayda? Bir joyda turgan tuproq qayda- yu, sayr etib yuruvchi yulduz qayda? Ko‘p, bemaza so‘zlaydigan ezma kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o‘xshaydi; bitta kulchani ikki bo‘lib, yarmini och odamga berganni – saxiy deb, o‘zi yemay hammasini muhtoj odamga berganni – axiy do‘st deb bil; issiq-sovuqda jonga orom beruvchi ham u, achchiq- chuchukdan ko‘ngilni ogohlantiruvchi ham u. 42 Saxovat va himmat Hilm to‘g‘risida Safarning foydalari to‘g’risida to’g’risida Har bir davlatning buyukligi va ulug‘ligini ko‘rsatib beruvchi eng asosiy manba bu – shubhasiz, adabiyotdir. Aynan mana shu adabiyot uni butun jahonga oyina sifatida tanitadi. Bizning adabiyotimizni esa so‘z san’atkori Alisher Navoiy ijodisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ijodkorning nafaqat badiiy balki, diniy, falsafiy va pandnoma ruhida yozilgan asarlari ham kitobxonlar ko‘nglidan joy olishga ulgurgan. Shu sababli Navoiy asarlarining ko‘pchiligi maktab darsligiga kiritilganini o‘quvchilarga hayot darslarining boshlanishi deyishimiz mumkin. Chunki uning ko‘pchilik asarlarida asosiy g‘oya: komil va har jihatdan barkamol insonni tarbiyalashdir. Zero, kishi ma’naviy yuksala borgan sayin oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata olish tuyg‘usini kasb etib boradi. Qora kuchlar esa, ko‘pincha, o‘z hayotini birovlarning johilligi, omiligi, laqmaligi, umuman olganda, jamiyat a’zolari orasida tarqalgan illatlar ustiga quradi. Bu murakkab jarayonni yaxshi idrok eta olgan insongina bu qiyinchiliklarni oson yengib o‘tadi. Aynan shu yo‘sinda yozilgan „Mahbub ul-qulub“ asarini o‘quvchilarga o‘rgatishdan maqsad: mutafakkir nazdida inson o‘zini anglash asosida fe’l-atvoridagi illatlardan poklansa, yaxshi xulq va fazilatlarni o‘zlashtirsa, hayotda yaxshilik va to‘g‘rilikni o‘ziga shior qilib yashasa, uning ruhiyati, albatta, komillik sif
Доказательный фрагмент
«Alisher Navoiyning „Mahbub ul– qulub“ asarida komil inson axloqi va uning tarbiyasiga oid muhim manba Kalit so‘zlar: Navoiy asarlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rgatish, „Kim chaqqon“ metodi, „O‘yla, izla top…»
Образец извлечения
Демо-превьюAlisher Navoiyning „Mahbub ul– qulub“ asarida komil inson axloqi va uning tarbiyasiga oid muhim manba Kalit so‘zlar: Navoiy asarlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rgatish, „Kim chaqqon“ metodi, „O‘yla, izla top… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- izla top“ metodi, Alisher Navoiy, „Mahbub ul-qulub“, 9- sinf, „Kim chaqqon“, Navoiy asarlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rgatish, „O‘yla, metodi, 7-sinf
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025