К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDULLA ORIPOV POETIKASINING O‘ZIGA XOSLIGI

Axmedova Muxlisa · Quranboyeva Nozima · Satmuratova Xurmo

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026

Аннотация

She’r – ko‘ngil mulki. Shoir o‘zining nafis qalami bilan yurakdan bitilmish qog‘ozi yonida yolg‘iz qolar ekan, albatta, ilhom qanotida parvoz qiladi. Bilaks, bu holat sodir bo‘lmas ekan, uning asari o‘rtamiyona asardan nariga qanchalik urinsa ham, o‘ta olmaydi. Modomiki shunday ekan,ijodkor she’r yozayotganda uni ich-ichidan his qilib, har bir so‘zni zanjirdek tizib yozmog‘i, unga bor-buduni bermog‘i lozim. Zero, atoqli adib Asqad Muxtor: “Ijod dardi yo‘l azobidir” – deya bejiz aytmagan. Yo‘l azobi qanchalik qiyin, mashaqqatli bo‘lsa, ijod dardi ham xuddi shunchalik zahmatlidir. Kalit so‘z: she`r,she`riyat,motiv,ijod, “Tilla baliqcha”, tasvir,poetik did, xalqchillik,ilhom, “Qo‘riqxona”she`ri, didaktik qarash. Abdulla Oripovda mana shu xususiyat, mana shu jihat, mana shu teranlik oliy nuqtaga yetgan. Umuman olib qaraganda shoir she’r yozar ekan, mana shu lirikasi orqali nima demoqchi bo‘lgani, kimni maqtab, kimdan alamini olmoqchiligi, insoniyatga daxldor bo‘lgan didaktik g‘oyalarni kitobxonning ongi- shuuriga so‘zning nozik jihatlaridan foydalanib yetkazishga tirishadi. Yozuvchi poetikasini o‘qir ekansiz, biror bir so‘zni noo‘rin qo‘llanililmaganiga guvoh bo‘lasiz. Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, uning she’rlarida, ayniqsa, falsafiy g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan she’rlarida fikr yalang‘och tasvirlanmaydi. Ayniqsa, fikrimizning yorqin dalili “Tilla baliqcha” she’ri orqali yanada ravshanlashishi mumkinligini ko‘rishimiz mumkin: Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni Shu loyqa hovuzga tomon otdilar. Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni Xor-xas xazonlar ustin yopdilar. Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha Va gavjum tollarning achchiq xazoni. Menga alam qilar tilla baliqcha Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni. Ushbu to‘rtlikni talqin qilishdan avval she’r yozilgan davrga diqqat qilish maqsadga muvofiqdir. Tasavvur qiling: o‘tgan asrning oltmishinchi yillari, ayni shu davrda butun SSSRda, shu jumladan, bizning yurtimizda ham “sovet xalqlarining manfaati bitta” degan soxta shior bong urgan, barcha rahbarlar “biz 58 eng qudratli davlatda yashayapmiz, biz eng baxtiyor avlodmiz” – deya jarangdor so‘zlar bilan butun xalqni, eng avalo, o‘zlarini aldash avj nuqtaga yetgan davr edi. Holbuki, mamlakat iqtisodiyoti yildan-yilga pasayib, kommunizm qurish (kommunizm – sotsializmning yuqori bosqichi, u sotsializmning yuksak tarixiy taraqqiyoti natijasida paydo bo‘ladi deb uqtirilgan) har bir rahbar davrida ortga surilayotgani kundek ravshan edi. Abdulla Oripov mana shunday qaltis davrda tilning ko‘chma ma’nolaridan mohirona foydalanib, ushbu she’rni shoirona mahorat ila qog‘ozga bitgan edi. Poetik didi va saviyasi yuqori, lirikani tahlil qilish ko‘nikma-malakasiga ega bo‘lgan kitobxon “loyqa hovuz” asar yozilgan muhitdagi jamiyat, tuxumdan chiqqan “tilla baliqcha” o‘sha davrdagi odamlar, “tashlandiq ushoq” esa ana shu insonlarga berilgan soxta mafkura ekanligini tezda fahmlagan bo‘lsa kerak. She’r so‘ngida shoir “Menga alam qilar tilla baliqcha, Bir ko‘lmak deb bilar butun dunyoni” deyishi orqali mana shu turmushdan boshqa yaxshisi yo‘q deb bong urayotganlarning ahvoliga achinishi yaqqol sezilib turibdi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, adib bu yerda lingvistikaning nozik qirralaridan unumli foydalanib, fikrni metoforik usullar yordamida kitobxonga ta’sirchan tarzda yetkazishning samarali yo‘lida foydalangan. Bundan tashqari fikrni ochiq tarzda bayon etish, birinchidan, ijodkor yashagan muhitda shoirni bir qadar xavf ostiga qo‘ysa, ikkinchidan, she’rning badiiy qimmatini yo‘qqa chiqarishi, natijada she’r bugungi kundagi ahamiyatini yo‘qtishi hech gap emasdi. Shularni hisobga olgan holda shoir kitobxonga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni yuqorida zikr etganimizdek, haminqadar ko‘chma ma’nolar orqali bayon etgan, nazdimizda. Shoir she’rlarini o‘qir ekansiz, bevosita yurak jiz etmasdan qolmaydi. Lirikasi xalqchil, soddda, ravon, Qofiya tartibining ham, ko‘pincha, a-b-a-b tarzida, barmoq vaznining asosan yetti, to‘qqiz, o‘n bir bo‘g‘inlardan foydalanishi asarni o‘qishni qilishda benihoya katta vazifani bajargan. Adib asarlarining aksariyati qo‘shiq bo‘lib kuylanishining ham asosiy sababi mana shunda omilda bo‘lsa ne ajab.Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, adibning aksar she’rlarida o‘zbekona dard bor. Abdulla Oripov she’rni hech qachon shunchaki yozmaydi, go‘yoki Halima Xudoyberdiyevaning: “Shunchaki yozmoqlik – shoirga o‘lim” tamoiliga qattiq amal qiladi. Asarlarini sharqqa xos donolik, vazminlik, zukkolik nilan sug‘oradi. Bu jarayonda unga sharq mumtoz lirikasining katta bilimdoni ekanligi nihoyat darajada qo‘l keladi, asqatadi. Shu sababli ham ijodkor bejizga: “Sharqqa she’riyatni o‘rgatib bo‘lmaydi”, – deya aytib o‘tgan edi. 59 Adabiyotshunoslik ilmidan ma’lumki, Sharq mumtoz poetikasi ko‘proq falsafiy, axloqiy, didaktik qarashlarga suyanadi, aksar asarlar mana shu g‘oyaviy birlik asosida yozilganligi hech kimga sir emas. Mumtoz asarlarimizning nodir durdonalari qatoridan o‘rin olgan “Qutadg‘u bilig”, “Hibbat ul-haqoyiq” kabi asarlarni sanab o‘

Доказательный фрагмент

«She’r – ko‘ngil mulki. Shoir o‘zining nafis qalami bilan yurakdan bitilmish qog‘ozi yonida yolg‘iz qolar ekan, albatta, ilhom qanotida parvoz qiladi. Bilaks, bu holat sodir bo‘lmas ekan, uning asari o‘rtamiyona asarda…»

Образец извлечения

Демо-превью

She’r – ko‘ngil mulki. Shoir o‘zining nafis qalami bilan yurakdan bitilmish qog‘ozi yonida yolg‘iz qolar ekan, albatta, ilhom qanotida parvoz qiladi. Bilaks, bu holat sodir bo‘lmas ekan, uning asari o‘rtamiyona asarda… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
didaktik qarash, motiv, poetik did, “Qo‘riqxona”she`ri, xalqchillik, ijod, “Tilla baliqcha”, tasvir, she`riyat, ilhom, she`r
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники