К содержанию
РецензированоUZ2026

“MEHROBDAN CHAYON” ROMANIDA DAVR VA SHAXS TALQINI

Quranboyeva Nozima · Satmuratova Xurmo · bobolarimiz Fitrat · Abdulla Qodiriy · Munavvarqori... Ular

Международный журнал теории новейших научных исследований · 131-132 · 2026

Аннотация

Agar ziyolilarimiz, yozuvchilarimiz, adabiyotshunoslarimiz qalami bilan hozirgi adolatni qo‘rqmasdan yozsa, Abdulla Qodiriylar, Cho‘lponlar, Fitratlar ruhi shod bo‘ladi.Vaqtlar o‘tadi. Xudo xohlasa 10-12 yildan keyin biz niyat qilgan, butun dunyo bilan kurasha oladigan yoshlar paydo bo‘ladi. Men bunga ishonaman”,-deya Prezidentimiz o‘z fikrlarini bildirdi.1 Kalit so`z: Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, ijod, so‘z sehri,maktab, “Turon kutubxonasi”, davr, tuzum, xon. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga tashrifi davomida yozuvchi va shoir, adabiyotshunosolimlar, yosh ijodkorlar bilan muloqot qiladi. “Bitta narsani hammamiz bilishimiz kerak. Adabiyotsiz iqtisodiyot ham, ma’naviyat ham bo‘lmaydi.O‘zini hurmat qilgan inson Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”ini bir emas, bir necha marta o‘qigan bo‘ladi. Nega desangiz, uni o‘qigan odam hech qachon oilaga xiyonat qilmaydi, kerak bo‘lsa vatanga xiyonat qilmaydi.Jadid bobolarimiz Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Behbudiy, Munavvarqori... Ular imorat qurmagan, o‘ziga boylik izlamagan. Bitta-yu bitta xazina ne mashaqqat bilan topgan pullariga kutubxona qurganlar. Shu “Turon” kutubxonasini ham o‘zlarining mablag‘lariga qurib, mana shu elimizga, kerak bo‘lsa, o‘zligimizga namoyon qilib, tirik haykal qilib ketgan desak to‘g‘ri bo‘ladi. Bu kutubxona namuna bo‘lishi kerak. Bu kutubxonada ma’rifat nuri bizga har tomonlama yangi- yangi zafarlar, natijalarga madadkor bo‘lishi kerak. Bu kutubxonaning nuri hammamizga kuch-quvvat berib turishi kerak. 1. ABDULLA QODIRIY BOSHIDAN O‘TGAN KUNLAR “Tarixni g‘oliblar yozadi”, - deyishadi. Haqiqatdan ham, g‘oliblar yozib qo‘limizga tutqazib qo‘ygan to‘p-to‘p qog‘ozlarda asr jinoyati bo‘lib bo‘yab bejaldi, ko‘klarga ko‘tarildi. Hujumlarda berilgan voqealar hamon jumboqli, hamon chigal. Bir savol ortidan, o‘n savol keladi. Abdulla Qodiriy va uning safdoshlari taqdiri nechun bunday ayanchli kechdi? Bu savollarga javob toppish 1O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 26-dekabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga tashrifi davomida so`zlagan nutqidan. 63 uchun moziyga qaytamiz. Zero, Qodiriy ta’biri bilan aytganda “Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish, xayrli deydilar”. Moziydan, yaqin o‘tkan kunlardan, tariximizning eng kirli, qora kunlariga boqib, undan haqiqat izlaymiz. Abdulla Qodiriy 1894-yili 10-aprelda Toshkent shahrida Beshyog‘och dahasi to‘rtinchi Eshon guzar mahallasida dunyoga kelgan. Otasi Qodir bobo yigitlik chog‘larida savdo bilan shug‘ullangan, sarbozlik ham qilgan. Keyinchalik keksaygach bog‘bonlik qilib kun kechirgan. Onasi Josiyatbibi uybekasi bo‘lgan. Abdulla Qodiriy nega yozuvchilik qismatiga bo‘yin egdi? O‘sha paytlardagi davrning katta dardini o‘z asarlarida ko‘rsata oldi. Bu dard uchun, bu asarlar uchun u suqmatayoq Julqunboyga, Ovsar-u tentakka aylandi, boshini ming bir toshga urdi. Dastlabki asarlaridayoq islohatchi-ma’rifatchi ekani ayon bo‘ladi. Abdulla Qodiriy 21 yoshidan boshlab ,,To‘y“, ,,Ahvolimiz“, ,,Millatimga bir qaror “, ,,Fikr aylag‘il “nomli she’rlari bilan xalqiga murojaat qilgan. Ko‘rbizning ahvolimiz, g‘aflatda qanday yotamiz, Joyi kelgan chog‘ida, vijdonni pulga sotamiz. O‘g‘limizga na adab, na fan, na yaxshi so‘ylamak, Na Xudoning buyrug‘I bo‘lgan ulum o‘rgatamiz. 2. “MEHROBDAN CHAYON”NING TAG ILDIZLARI “Mehrobdan chayon” — oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning ikkinchi yirik asari, 1928-yil fevralda yozib tugatilgan. Roman birinchi marta 1929-yil Samarqandda bosilib chiqdi. Roman mavzusi 19-asr hodisalari — „xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsa-da, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli singdirilgan. Asarni „Mehrobdan chayon“ deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan murod muqaddas dargoh— sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib, munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir. Romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslar tomonidan yozuvchining jiddiy yutugʻi deya hisoblanadi. Asar uzoq yillar davomida juda koʻp marotaba qaytadan nashr etilgan. Jumladan 1994-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan “Oʻtkan kunlar” bilan bir kitobda 602 betli 60 000 nusxada, 2016-yilda Yangi asr avlodi nashriyoti tomonidan 512 betli yumshoq muqovada, 2008 va 2018-yillarda Sharq nashriyoti tomonidan 288 betli qattiq muqovada nashr etilgan. 64 Garchi „Mehrobdan chayon“da davr zugʻumi muayyan darajada sezilsa ham, adibda goho tarafkashlik mayllari koʻrinsada, amalda realizm mavqeida turgan, tarixiy haqiqatni mumkin qadar haqqoniy ifodalashga intilgan. Yozuvchining „Mehrobdan chayon“dagi realistik mahorati Solih maxdum obrazida juda yorqin namoyon boʻlgan. Romanda muallif yengil hazil-mutoyiba, kulgi-yumor, piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali maxdum tabiatiga xos „maqtab boʻlmaydigan“ xususiyatlarni batafsil ko

Доказательный фрагмент

«Agar ziyolilarimiz, yozuvchilarimiz, adabiyotshunoslarimiz qalami bilan hozirgi adolatni qo‘rqmasdan yozsa, Abdulla Qodiriylar, Cho‘lponlar, Fitratlar ruhi shod bo‘ladi.Vaqtlar o‘tadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Agar ziyolilarimiz, yozuvchilarimiz, adabiyotshunoslarimiz qalami bilan hozirgi adolatni qo‘rqmasdan yozsa, Abdulla Qodiriylar, Cho‘lponlar, Fitratlar ruhi shod bo‘ladi.Vaqtlar o‘tadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
davr, maktab, tuzum, “Turon kutubxonasi”, ijod, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, xon., so‘z sehri
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники