Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BADIIY ASARLARDA ONOMASTIK NOMLAR
Matmuratova Muyassar · Masharipova Guli (Center for advanced studies ilmiy markazi xodimi)
Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026
Аннотация
Har bir yozuvchi, shoirning o`ziga xos stili, badiiy uslublari, tili bo`ladiki, u umumxalq tili qonuniyatlarga bo`ysunadi, unga asoslanadi. Har bir yozuvchi, shoir umumxalq tilidagi ifodalash vositalaridan o`zicha foydalanadi. Kalit so‘zlar: umumxalq tili, onomastika, badiiy uslub, yozuvchi. Badiiy asar tilini o`rganish muhim masalalardan biri bo`lib, u shoir yoki yozuvchining o`ziga xos badiiy vositalarini aniqlashda va undan samarali foydalanishga yordam beradi. Lekin, shunday bo`lishiga qaramay, tanqidchilar yoki o`qituvchilar biror bir asarni tahlil qilar ekanlar, asardagi qahramonlarni salbiy yoki ijobiy obrazlarga bo`lib, ularning har birini xarakterlash bilan cheklanadilar, asarning tili, bu tilning mazmunga munosabati, voqea-hodisalarni tasvirlashda qanday badiiy til vositalardan foydalanish, yozuvchining bu sohadagi yutuq va kamchiliklari e’tibordan chetda qoladi. Turgenev umumxalq tilini dengizga o`xshatib, shunday deb yozgan edi: «U (ya’ni dengiz) cheksiz va tubsiz to`lqinlari bilan oshib-toshib yotadi; biz – yozuvchilarning vazifasi – shu to`lqinlarning ma’lum qismini o`z tomonimizga, o`z tegirmonimizga burishdir». Yozuvchi umumxalq tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, adabiy tilni boyitadi, mukammallashtiradi. Yozuvchining bu imkoniyatlardan qanday foydalanganligini o`rganish asosiy vazifalardan biridir. Avvalo, har qanday asar tilini o`rganish va u haqida hukm chiqarish uchun yozuvchining yashagan davri, tarixiy sharoiti, asarning yozilish jarayoni, yozilish soatlari va yozuvchining shu asar orqali ifodalamoqchi bo`lgan maqsadini chuqur o`rganish lozim. Chunki ijtimoiy borliq yozuvchining ongiga bevosita ta’sir ko`rsatadi, bu hodisa o`z navbatida asarda o`z aksini topadi. Badiiy asarning tilini tekshirish shakl va ma’no munosabatini o`rganish demakdir. Asar g`oyasining muhimligi va undagi qahramonlarning ko`p qirra bo`lishi asar tilining boyishiga va mukammallashuviga imkon beradi. Zukko yozuvchi asar qahramonlarining tilini tipiklashtiradi – asarning har bir qahramoni o`z xulq-atvori, muayyan davr muhiti va dunyoqarashiga mos tilda so`zlashadi, yozuvchi ma’lum voqealarni tasvirlaganda bir xil vositalardan foydalansa, boshqa hodisalarni tasvirlashda o`zgacha til vositalarini qo`llaydi. Shuning uchun ham asar qahramoni tilining 68 tipiklashuvi, individuallashuvi adabiy asar tilining xarakterli belgilaridan biridir. Yozuvchi nima sababdan biror voqea-hodisani, qahramon xatti-harakatini aks ettirishda biron so`z, ibora va stilistik vositadan foydalanish sababini o`rganish asar tilini tekshirishning yana bir tomonidir. Odatda, har bir adibdan adabiy tilda yozish talab etiladi. Bunda jonli xalq tilidan adabiy tilni farqlash zarurligi ko`zda tutiladi. Bundan adabiy til boshqa-yu, xalq tili boshqa ekan-da, degan xulosa kelib chiqmaydi, albatta. Adabiy til jonli xalq tiliga asoslangan, bir yoki ikki yetakchi sheva zaminida shakllangan tildir. Xalq tili tarmoqlariga esa ayrim guruhlargagina xos shevachilik, adabiy til normasiga mos kelmagan ba’zi so`zlar, jargon va argonlar misol bo`ladi. Adabiy til ana shu xalq tiliga asoslanadi, undan kelib chiqadi va undan oziqlanib turadi. Yozuvchi va shoir asarlarining o`z davri o`quvchilari uchun tushunarlilik darajasi asar tilining xalq tiliga qay darajada yaqin bo`lishiga bog`liq. Ommaga tushunarsiz bo`lgan so`zlarni me`yoriy ortiqcha ishlatish, ayniqsa, muallif tilida bunday so`zlarning berilishi adabiy asarning qimmatini pasaytiradi. Yozuvchi tilini o`rganishda umumxalq jonli tilidan va an’anaviy adabiy tildan qanday foydalanishi, bu ikki sohani qanday birlashtirib borishi, biror badiiy uslubni e’tirof yoki inkor etishda yozuvchining o`ziga xos xususiyatlarini belgilash lozim. Yozuvchining o`ziga xos uslubini belgilash quyidagi omillarni hisobga olishni taqozo qiladi: 1. Ma’lum asarning g`oyaviy yo`nalishi va mundarijasi; 2. Muallifning til, stilda qaysi oqimga moyilligi; 3. Yozuvchining til hamda umumiy madaniyat va xalq turmushining turli tomonlarini qanday o`rganganligi, shuningdek, unga qanday munosabatda bo`lganligini ko`rsatuvchi biografik ma’lumotlar bilan tanishib chiqish. Onomastika dunyosi, eng avvalo, kishi va joy nomlari (antroponimlar va toponimlar) nihoyatda katta, jamiyat uchun mohiyatli va go`zaldir, – deb yozgan edi akademik A.K. Matviyev. Onomastikaning diopozoni va muammolari keng bo`lib, atoqli otlarning mohiyati, til statusi, ismlarning kelib chiqishi; ularning jamiyatdagi o`rni, tarixi, taqdiri, ism va odamlar muammosini qamraydi. Atoqli va turdosh otlar ma’nosini ifodalovchi ismlar ishlatilganligiga ikki ming yildan oshdi. O`zbek tilining onomastik tizimi hajman ulkan mazmunga boy, serqirra hamda bir-biri bilan uzviy aloqada bo`lgan lisoniy hodisadir. «Tilning leksik 69 boyligi konkret lug`aviy biriklar (leksemalar)» dan iborat bo`lganidan, tilning onomastik fondini onomastik leksika doirasida mujassamlashuvchi konkret atoqli otlar tashkil qiladi. Ushbu konkret nomlar onomastikada «til birliklari», «leksik biriklar», «nutq birlikla
Доказательный фрагмент
«Har bir yozuvchi, shoirning o`ziga xos stili, badiiy uslublari, tili bo`ladiki, u umumxalq tili qonuniyatlarga bo`ysunadi, unga asoslanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюHar bir yozuvchi, shoirning o`ziga xos stili, badiiy uslublari, tili bo`ladiki, u umumxalq tili qonuniyatlarga bo`ysunadi, unga asoslanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- umumxalq, badiiy uslub, onomastika, yozuvchi, tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025