К содержанию
РецензированоUZ2026

CHET TILLARINI O’RGANISHNING IJTIMOIY IMKONIYATLARI

Tolibova Durdona Mamajonovna

Международный журнал теории новейших научных исследований · 226 · 2026

Аннотация

In this article, the possibilities of learning foreign languages in our social life are widely covered. In addition, opinions are expressed about the extent to which it has a positive effect on our mental state and the main focus is on such aspects of foreign language acquisition. Keywords: foreign languages, economic, globalization, researches, cognitive benefits of language learning, bilinguals, concentration, mathematical ability. Bugungi globallashuv davrida ikki yoki undan ortiq tilni bilish shunchaki qiziqish emas, balki zamon talabi bo’lmoqda va bu har bir insonda til o’rganishga bo’lgan ehtiyojni keltirib chiqarmoqda. Chet tillarini o’rganish mamlakat taraqqiyoti uchun bevosita asosiy o’rin egallaydi. Bu nafaqat Vatan taraqqiyoti, balki shaxs ravnaqi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chet tillarini o’rganish ijtimoiy jihatdan hayotimizga quyidagi imkoniyatlarni keltirib chiqarishi mumkin: 1. Hech kimga sir emaski, ko’pgina xorijiy til o’rganuvchilarning asosiy maqsadi bu - chet el sayohati. Tilni bilish esa bu maqsadni ro’yobga chiqishini bir muncha osonlashtiradi. Negaki, qachon biz ma’lum bir xorijiy tilda yetarlicha muloqotga kirisha olganimizda, tashkillashtirayotgan sayohatimiz moliyaviy jihatdan osonlashadi va bu bizga gid uchun ajratilgan mablag’ni o’zimiznng boshqa ehtiyojlarimiz uchun sarflash imkonini beradi. 2. Til o’rganishning yana bir eng asosiy sabablaridan biri moliyaviy jihatdan ta’minlangan, nufuzli ish topishdir. Hozirda dunyoning turli nuqtalarida turli sohalarga ixtisoslashgan kompaniyalar mavjud va ular boshqa bir davlat bilan hamkorlikda ish olib boradi. Bu holatda ular chet tilini biladigan ishchilarga muhtojlik sezadilar. Shuning uchun kompaniyalar xorijiy tilni bilish qobiliyatiga ega bo’lgan ishchilarga boshqa ishchilarga qaraganda ko’proq imtiyozlar taklif qilishadi. 103 Darhaqiqat, iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida mamlakatlar o’rtasida savdo-sotiq va ishbilarmonlik aloqalarining kuchayishi kuzatilayotgan bir paytda xodimlarning biror bir chet tilini bilishi kompaniyaning iqtisodiy raqobatbardoshligining muhim omili, ya’ni uning intellektual kapitalining bir qismidir [3]. 3. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qo’shimcha til o’rganish inson miyasini rivojlantiradi. Inson necha yoshdan bo’lishidan qat’iy nazar, til o’rganishning kognitiv afzalliklarini barchaga birdek ko’rishimiz mumkin. Ikki tilli inson miyasi hajmi ham bir tilli inson hajmidan kattaroqligi bilan farqlanadi, chunki miyaning hajmi har bir yangilikni o’rganish bilan ortib boradi. Bu insonda ko’proq ijodiy bo’lishga va muammolarni tezroq yechishga imkon beradi, chunki bunday insonlar bir vazifadan boshqasiga osongina o’tishi va hayotdagi o’zgarishlarga tez moslashishi mumkin. Biroq chet tillarini o’rganish jarayonida asabiy aloqalar sifati oshadi. Doimiy o’qish, krosswordlarni yechish, tinglash – bularning barchasi neyron tarmoqqa chet tiliga bag’ishlangan vaqtingizni rivojlantirish imkoniyatini taqdim etadi. Biz (fikrlarda yoki nutqda) boshqa chet tiliga o’tishimiz bilan miya boshqa kodga o’tadi. Uning uchun bu juda qiyin vazifa. Shuning uchun, qachonki biz o’rganishga bog’liq mashqlar bilan ko’proq shug’ullansak va tez-tez bajarsak, miyaning “mushak”lari shunchalik kuchayadi va qiyin vazifalar ham oddiy qabul qilina boshlanadi. 4. Ikki tillilar (ikki yoki undan ortiq xorijiy tillarda so’zlashuvchilar) quvonishlari mumkin. Negaki, neyropsixologlarning tadqiqotlari xulosalariga ko’ra, “Altsgeymer” sindromi natijasida yuzaga keladigan demans ularda boshqalarga qaraganda kamida besh yil keyin paydo bo’ladi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu kasallikni davolash uning oldini olishdan ko’ra bir necha marta qiyinroq. 5. Chet tillarini o’rganish faqat xotirani yaxshilabgina qolmay, o’rganuvchida musiqiylikni rivojlantirishga ham yordam beradi. Boshqa bir tilni o’rganish orqali inson ohang, intonatsiya va tovushlarni yaxshiroq tanib olishni o’rganadi. Bu muayyan ma’lum bir musiqa asbobini tez va yaxshiroq o’zlashtirishga yordam beradi. Albatta biz bu yerda quloqlarga emas, balki miyamizga murojaat qilamiz, ya’ni miya eshtish bilan emas, balki musiqani tanib olish bilan shug’ullanadi. 6. Matematik qobiliyatlarning yaxshilanishi aynan til o’rganuvchilarda yaxshiroq kuzatilar ekan. Masalan, 2007-yilda chet tillarini o’qitish bo’yicha Amerika kengashi tomonidan o’tkazilgan tadqiqot doirasida xorijiy tillarni 104 o’rganayotgan bolalarga maktab dasturida matematika bilan shug’ullanadigan bolalarga qaraganda ko’proq soat ajratilgan, ammo chet tillarini o’rganayotgan o’quvchilar matematika bilan ko’p shug’ullanganlarga nisbatan yaxshiroq natija ko’rsatgan. Hayratlanarli tomoni yo’q, chunki boshqa til asoslarini o’rganish mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi. 7. Chet tili konsentratsiyani oshiradi. Ikki tilli odamlar nafaqat biror-bir hodisaga balki, uning to’liq tafsilotlariga ham e’tiborini yuqori darajada qaratadi. Ular yangi jamoada qanday munosabatlar hukm surayotganini, u yerga borishlari bilan anglab olishlari oson.

Доказательный фрагмент

«In this article, the possibilities of learning foreign languages in our social life are widely covered.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the possibilities of learning foreign languages in our social life are widely covered. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
foreign languages, economic, globalization, researches, cognitive benefits of, globallashuv, ikki tillilar (ikki tilda so’zlashuvchilar), xorijiy tillar, konsentratsiya, tadqiqotlar, til o’rganishning kognitiv afzalliklari, matematik qobiliyat, iqtisodiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники