Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OVQAT HAZM QILISH SISTEMASINING INSON HAYOTIDAGI OʻRNI
Erkayeva Anvara
Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026
Аннотация
Ovqat hazm qilish sistemasi inson hayot faoliyatida juda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada inson ovqat hazm qilish a’zolari sistemasi, uning tuzulishi va ishlash mexanizmi haqida fikr yuritilgan Kalit soʻzlar: Sut tishlar, oshqozon, jigar, so’rilish, moddalar almashinuvi, oqsil, uglevodlar, vitamin. Bizning hozirgi kunda ovqat hazm qilish bilan bog‘liq barcha kasalliklar asosan to‘g‘ri ovqatlanmaslik ya’ni vaqtida va qancha miqdorda, qanday taomlar yeyish yoki yemasligimiz, qay tarzda ovqat yeyishimiz kerakligini bilmasligimizdadir. Bu kabi qoidalarga rioya qilmaslik natijasida ko‘pgina ovqat hazm qilish sistemasi bilan daxldor kasalliklar kelib chiqmoqda. Odam hayot faoliyatini saqlashi, mehnat qilishi, o‘sib, rivojlanishi uchun tashqi muhitdan ovqat moddalarini qabul qiladi. Ovqat hazm qilish kanalida mexanik maydalanadi, kimyoviy parchalanadi, so’riladi. Odamning hazm qilishi kanali 8-10 m. uzunlikda bo‘lib, devori uch qavatdan: ichki shilliq, o‘rta-muskul, tashqi-seroz qavatlaridan tuzilgan. Ovqat hazm qilish kanaliga: og‘iz bo‘shlig‘i va undagi organlar xalqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka va yo‘g‘on ichaklar, yirik bezlardan jigar, me’da osti bezi kiradi. Ovqatning tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘i daxlizi va xaqiqiy og‘iz bo‘shlig‘idan tashkil topgan bo‘lib, bu erda ovqat tishlar yordamida mexanik maydalanadi, so‘lak bezlaridan ishlab chiqarilgan so‘lak yordamida qisman kimyoviy parchalanadi. Og’iz bo’shlig’i bezlariga naychalari og’iz bo’shlig’iga ochiladigan katta va kichik so’lak bezlari kiradi. Kichik so’lak bezlari og’iz bo’shlig’i shilliq pardasida yoki shilliq osti asosida joylashib kattaligi 1-5 mm bo’ladi. Joylashgan joyiga qarab lab bezlari,, lunj bezlari ,tanglay bezlari va til bezlari tafovut qilinadi. Ona qornida bolaning 5 oyligidan boshlab sut tishlarining hujayralari vujudga kela boshlaydi. Bolaning 6-8 oyligidan boshlab, sut tishlari chiqa boshlaydi. Avval 6 oylikdan kesuvchi so‘ng sut tishlari, kichik oziq tishlar chiqadi. Sut tishlari 20 ta bo‘ladi: 2ta kesuvchi, 1ta qoziq, 2 ta kichik oziq tishlari. Sut tishlari 6-7 yoshdan boshlab doimiy tishlar bilan o‘rin almashinadi. Bolaning 7 yoshida birinchi katta ozik tishi, 8 yoshida 1nchi kesuvchi tishi, 9 yoshida 2 chi kesuvchi, 10 yoshda 1 chi kichik oziq tishi, 13-16 yoshida katta og‘iz tishi, 11-15 20 yoshida 2 chi oziq tishlar; 18-20 yoshida 3 nchi oziq tishlar chiqadi. Bolalarning sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinish davrida tishlarni parvarish qilishni o‘rgatish lozim. Uxlashdan avval tishlarni chutka va poroshok bilan tozalash, ovqatlangandan so‘ng og‘izni iliq sovuq suv bilan chayqash zarur. Bolalar juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste’mol qilishi, tishi bilan qattiq narsalarni maydalashi mumkin emas. Oshqozon ovqat hazm qilish kanalining kengaygan qismi hisoblanib, katta odamlarda noksimon shaklida bo‘ladi. Oshqozonning kirish va chiqish qismlari, tubi, katta, kichik aylanalari ajratiladi, oshqozonning kirish va chiqish qismlari muskullardan tuzilgan bo‘lib, sfinter deb yuritiladi. Oshqozon ham boshqa hazm kanallari singari shillik, muskul, seroz qavatlaridan tuzilgan bo‘ladi. Oshqozon shillik qavatining ostida 14 mln. oshqozon bezlari joylashgan bo‘ladi. Oshqozon muskullari qisqargan vaqtda ovqat aralashadi. Oshqozonning xajmi katta odamlarda o‘rta hisobda 2,5-3 dm3 etadi. Ularda bir sutkada 1,5-2 dm3 oshqozon shirasi ishlab chiqariladi. Oshqozon shirasining 99% suv, 0,3-0,4% organik modda va tuzlardan iborat. Oshqozon shirasi kislotik xususiyatga ega bo‘lib, tarkibida 0,3- 0,4% xlorid kislota saqlanadi. RN-2,5 teng. Oshqozon bezlarida shilliq modda ham ishlab chiqariladi. Bu modda shilliq qavatni turli kimyoviy, mexanik ta’sirlardan saqlaydi. Bolaning yoshi ortishi bilan oshqozonning xajmi ham o‘zgarib boradi. Yangi tug‘ilganlarda – 30-45sm2 bulsa, 10-12 yoshda 1500sm3 bo‘ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan oshqozonning shakli ham o‘zgarib boradi. 2 yoshgacha oshqozon nok shaklida bo‘lsa, 7 yoshda retorta kolba shaklida bo‘ladi. Organizmda moddalar almashinuvi. Odam tashqi muhitdan ovqat qabul qilish, organizmda uni o‘zgarishi, hazm qilinishi, hosil bo‘lgan qoldiq moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi natijasida energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya hisobiga organlar ish bajaradi, hujayralar ko’payadi, yosh organizm o‘sadi va rivojlanadi, tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ikki jarayon, ya’ni assimilyasiya va dissimilyasiya orqali o‘tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o‘tishi assimilyasiya deyiladi. Assimilyasiya natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular ko’payadi. Organizm qancha yosh bo‘lsa, unda assimilyasiya shuncha aktiv o‘tadi, bu esa yosh organizmning o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi. 21 Ovqat hazm qilish kanali pushtda birlamchi ichak nayi shaklida bo‘lib, homilada u og‘i
Доказательный фрагмент
«Ovqat hazm qilish sistemasi inson hayot faoliyatida juda muhim ahamiyatga ega.»
Образец извлечения
Демо-превьюOvqat hazm qilish sistemasi inson hayot faoliyatida juda muhim ahamiyatga ega. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- oshqozon, vitamin, Sut tishlar, moddalar almashinuvi, jigar, uglevodlar, so’rilish, oqsil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014