К содержанию
РецензированоUZ2012

BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA INGLIZ TILINI O`QITISH METODIKASI

Ruziyeva Shahnoza

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2012

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilariga ingliz tilini oson va qiziqarli o`qitish metodlari atroflicha yoritilgan. Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilarining qiziqishlari inobatga olingan holda dars o`tish usullari bilan tanishishingiz mumkin. Kalit so`zlar: “Quvnoq topishmoqlar” (Merry riddles), “Tezkor javob” (Quick answers), “Chigil yozdi” (Warm-up exercises), “Pantomima” (Pantomime), “Hikoya zanjiri” (A chain story). Zamonaviy boshlang’ich ta’limdagi eng asosiy va ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’lgan qarorlardan biri bu O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-1875-sonli Qaroridir. Ushbu qaror asosida chet tillarini, asosan, ingliz tilini o’rganish umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1- sinflaridan o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o’qish va grammatikani o’qitish bosqichma-bosqich boshlanadi. Qarorga ko’ra, Chet tillarni o’rganishni yanada rivojlantirish bo’yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash boshchiligida ta’lim sohasining barcha yo’nalishlarida beqiyos ko’lamli ishlarni amalga oshirishga kirishildi. Masalan, 2013-2014 o’quv yilidan e’tiboran umumta’lim maktablarining birinchi sinflarida xorijiy tillarni o’yin tarzidagi mashg’ulotlar va og’zaki nutq darslari shaklida uzluksiz o’rgatish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, ushbu sinflarga mo’ljallangan darslik hamda o’quv-metodik majmualar yaratildi. Diqqatga molik jihati, birinchi sinflar uchun yaratilgan majmualardagi o’yin-mashg’ulotlarning kichkintoylar yoshiga mutanosibligi ta’minlanadi. Bolalar xorijiy til bilan ilk tanishishni salomlashish madaniyati, ranglar va kundalik so’zlarni dialog shaklida Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jaroyonida o’quvchi sub’ekt bo’lishi lozim. Bunda ko’proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga qo’yilgan eng muhim talablardan biri mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili o’qituvchilari Amerika Qo’shma Shtatlari, 24 Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda, quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelmoqda: “Quvnoq topishmoqlar” (Merry riddles) o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish. Ingliz tilini o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va o’ylab topishmoq javobini topadilar. “Tezkor javob” (Quick answers) o’tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi. “Chigil yozdi” (Warm-up exercises) o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o’yinlardan foydalanish. “Pantomima” (Pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo’lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, o’quvchilar charchagan paytda foydalanilsa bo’ladi. “Hikoya zanjiri” (A chain story) usuli o’quvchilarning og’zaki nutqini oshirishda va xotirani mustahkamlashda yordam beradi. “Rolli o’yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo’llanilishi mumkin. “Rasmlar so’zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo’lib, ingliz tilini o’rgatishda, o’quvchilarning o’g’zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim. “Kviz kartochkalari” (Quiz cards) o’quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma o’quvchilar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi. “So'z o'rnini top” o'yinida so'zlarning o'rni almashtirib qo'yiladi hamda so'zlarni o'z o'rniga to'g'ri qo'yish orqali gap hosil qilinadi. “To'plam” o'yini ma'lum bir mavzu asosida o'quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida o'tkaziladi. O'yin qatorlar musobaqasi yoki kichik guruhlarda ishlash shaklida tashkil etiladi. Masalan, belgini bildirgan so'zlarni toping deb, guruhlarga topshiriq beriladi. Berilgan vaqt iсhida qaysi guruh ko‘p topa olsa g‘olib bo‘ladi. Multfilmlar. Bolalar chet tilini o’rganish mobaynida 25 multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilmdagi qahramonlarning harakatlari orqali ular ishlatayotgan so’zlarni tushunishga harakat qiladi. Bu esa bolalar uchun til o’rganishda qiziq va samarali yo’l hisoblanadi. Bolalar uchun ingliz tili qo’shiqlaridan tortib she’r va hikoyalar, videoroliklar orqali o’rgatib kelinmoqda. “Rasmli” o’yin. O’quvchilar Present Continious tarkibini yaxshiroq o’zlashtirishlari uchun rasmli o’yinni qo’llash mumkin. O’quvchilarga hali ko’rmagan rasmlaridagi personaj nima qilayotganini topish taklif etiladi. Masalan, P1: Is the girl sitting at the table? P 2 : No, she is not. Yosh o'quvchilarga ingliz tilini o'rgatishning eng muhim jihatlaridan biri bu qiziqarli va ijodiy o'quv muhitini yaratishdir. Aksariyat bolalar uchun ingliz tilini o'rganish ularning o'rtacha kunidagi navbatdagi mashg'ulotdir.Yosh o'quvchilar uchun qiziqarli o'qitish usullarimavjud bo`lib, bular: •darslarni qo'shiqlarga aylantirish; •yangi lug'atni tasvirlash uchun vizual diagrammalar yaratish; •grammatik qoidalarni eslab qolish uc

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilariga ingliz tilini oson va qiziqarli o`qitish metodlari atroflicha yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilariga ingliz tilini oson va qiziqarli o`qitish metodlari atroflicha yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Tezkor javob” (Quick answers), “Hikoya zanjiri” (A chain story), “Pantomima” (Pantomime), “Chigil yozdi” (Warm-up exercises), “Quvnoq topishmoqlar” (Merry riddles)
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники