К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA DARS TASHKIL QILISH

TASHKIL QILISH · Ixtiyorbek Norov · Javlon Yo’ldoshev · Sanjar Yo’ldoshev (Nukus davlat pedagogika instituti)

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026

Аннотация

An’anaviy ta’lim mamlakatimizning o‘quv yurtlarida keng tarqalgan, uning turli jihatlari pedagogika, metodika fanlarida ishlab chiqilgan, katta tajriba to‘plangan. Kalit so’zlar: An’anaviy ta’lim, pedagogik texnologiyalar, zamonaviy metodlar, milliy g’oya. Milliy mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan istiqbol yo‘llarimiz, milliy g‘oya va mafkuramiz aniq qilib belgilab olindi. Biz o‘z ta‘limi-tarbiyaviy maqsadimiz va vazifalarimiz, uni amalga oshirish dasturlarimizni belgilab oldik. Prezidentimizning ma‘naviy mafkuraviy, barkamol avlodni voyaga etkazish borasida bir qator asarlarida ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosati ustivor masala ekanligi bir necha bor ta‘kidlab o‘tiladi. Bobokalonlarimizning azaliy orzulari, milliy va umumbashariy qadriyatlari, ma‘naviy yodgorliklar zamonaviy pedagogikaning maqsadi va vazifalarini shakllanishiga asos bo‘lmoqda. Pedagogika fani va amaliyotida turli yondashuvlar qo‘llaniladi. Bulardan biri an’anaviy yondashuv. An'anaviy yondashuv. Uning asosiy xususiyati-o‘qituvchi ma‘lum axborotni, gapirib beradi, tushuntiradi, talaba esa bu blimni xotirasida saqlaydi. “Bilim” tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma‘nosida tushuniladi. Tulabada bilim bor-yo‘qligi imtihonda shu axborotga doir berilgan savolga yoddan bergan javobiga qarab aniqlanadi. Bunda bilim degani asosan esda qoldirishning natijasidir, u ko‘pina yuzaki bo‘lshi ham mumkin. Bunday bilim xotirada uzoq saqlanmaydi. Talaba savol berilganda eslashi ba‘zan eslay olmasligi ham mumkin. 40 An’anaviy o‘qitish usulida ta‘lim maqsadi dastur talabiga binoan aniq ifodalanmaydi, talabaning o‘zlashtirish darajasi, sifati haqida muallim aniq tasavvurga ega bo‘lmaydi. An’anaviy ta’lim mamlakatimizning o‘quv yurtlarida keng tarqalgan, uning turli jihatlari pedagogika, metodika fanlarida ishlab chiqilgan, katta tajriba to‘plangan. An‘anaviy ta‘lim usulini takomillashtirish sohasida izlanishlar davom etayotir. Lekin uning ob’ektiv imkoniyatlari cheklangan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar, tez sur‘atlar bilan rivojlanayotgan fan –texnika talablari-ta’lim usuli bilan jamityaning raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirishga bo‘lgan ehtiyoji o‘rtasida nomutanosiblikni vujudga keltirdi. Uni ta‘limda boshqa yangi yondashuvlarni qo‘llash yo‘li bilan hal etishh lozim. An’anaviy ta‘lim bir qator salbiy tomonlari mavjud. Ba’zan yosh o‘qituvchilar va amaliyotga chiqqan talabalar faoliyatida darsni rejalashtirish sohasida xatolarga yo‘l quyilganligining guvohi bo‘lamiz. Yosh o‘qituvchilar va talabalar faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1. Maqsadda aniqlikning yo‘qligi. Ya’ni talabalar aslida nima qilishhlari va nimani o‘rganishhlari aniq belgilanmaydi. 2. Ta’lim maqsadining talabalari darsning natijasi bilan to‘g‘ri kelmagan hollar bo‘ladi. 3. O‘rganishh uchun tavsiya qilingan materiallar darsning maqsadiga to‘g‘ri kelmaydi. 4. O‘qituvchi berayotgan yo‘llanmalar talabaning darsda bilimlarni samarali o‘rganishhini ta‘minlamaydi. 5. Dars rejasida ko‘rsatilgan talablar dars maqsadini amalga oshirishning samarali vositasi bo‘la olmaydi. Umuman tuzilgan rejalar qayta ko‘rib chiqilishhi va xatolarni bartaraf etishh ustida ishlanishi lozim. Dars rejasi sizni va sizning talablaringizni ma‘lum natijalarga erishishingizga asos bo‘lishi lozim. Darsni shunday rejalashtirish lozimki uni boshqacha yo‘l bilan amalga oshirishga o‘rin qolmasin. O‘qituvchi mahorati darsni aniq rejalashtirishda o‘z aksini topadi. Darsni shunday rejalashtirish 41 lozimki, unda nima qilinishi mo‘ljallanayotganligini aniq o‘z aksini topsin va boshqacha reja tuzish mumkinligiga o‘rin qolmasin. An’anaviy o‘qitish asosan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashti­rishga qaratilgan bo‘lib, shaxsning rivojlanishini ko‘zda tutmaydi. An’anaviy o‘qitish asosini, Y.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika tamoyillari tashkil etadi: - ilmiylik; - tabiatga monandlik (o‘qitish rivojlanish bilan belgilanadi va shakllanmaydi); - uzviylik va tizimlilik; - o‘zlashtiruvchanlik (ma’lumdan noma’lumga, soddadan murakkabga); - mustahkamlash (takrorlash, takrorlash …) - onglilik va faollik; - nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi; - yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish. An’anaviy o‘qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo‘ravonlik pedagogikasi, o‘qitishning tushuntiruv-ko‘rgazmali usuli, ommaviy o‘qitish. An’anaviy o‘qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo‘ladi: o‘quvchi bu hali to‘la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs (3.1.-rasm). Mumtoz an’anaviy «sinf-dars» tizimi - bu bayon etishning ma’ruzaviy usuli va kitob bilan mustaqil ishlashni o‘z ichiga oladi (didaxografiya). Zamonaviy an’anaviy o‘qitish esa, o‘qitishning texnik vositalarini qo‘llab, didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo‘ladi. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarda, o‘quvchi shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo‘yiladi, uning rivojlanishi

Доказательный фрагмент

«An’anaviy ta’lim mamlakatimizning o‘quv yurtlarida keng tarqalgan, uning turli jihatlari pedagogika, metodika fanlarida ishlab chiqilgan, katta tajriba to‘plangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

An’anaviy ta’lim mamlakatimizning o‘quv yurtlarida keng tarqalgan, uning turli jihatlari pedagogika, metodika fanlarida ishlab chiqilgan, katta tajriba to‘plangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ta‘limi-tarbiyaviy maqsadimiz, milliy g’oya, pedagogika, zamonaviy metodlar, mustaqillik, pedagogik texnologiyalar, metodika fanlari, An’anaviy ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники