Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻQITUVCHI faoliyatida qoʻllanadigan metodlar va ularning afzalliklari
To’raqulov Akbar Rustam o’g’li · Karimova Zuxra Anvar qizi
Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026
Аннотация
Shaxsning kamolotini uning intelektual ma'naviy - axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari har bir davrning oʻziga xos jihatlari shuningdek bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun oʻqituvchi dars jarayonida ularga yoshiga va ruhiy kamolotiga boʻliq metodlarni qoʻllashi lozim. Kalit soʻz: Oʻqituvchi, metod, ta'lim, tarbiya interfaol metodlar, ilmiy- tadqiqot metodlari Pedagogika atamasi juda qadimgi davrlarga borib taqaladi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati uni oʻqitish va tarbiyalashga asosiy eʼtibor qaratilganligi bois didaktika ( taʼlim nazariyasi) va tarbiya nazariyasiga boʻlingan. Barkamol insonni voyaga yetkazish, ularni yaxshilikka chorlash, yomonlikdan qaytarish tarbiya orqali amalga oshiriladi Avloniyning pedagogika haqidagi ta'rifi ham hozirgi zamon ta'rifiga ancha mos keladi. "Tarbiya- Pedagogika" ya'ni bola tarbiyasining fani demakdir. Shu sababli yurtimizda taʼlim va tarbiya birdek olib boriladi. Oʻqituvchi kasbiy faoliyatida asosiy toʻrt turdagi metodlardan foydalaniladi. Bular quyidagilar: 1. Ilmiy- tadqiqot metodlari 2. Taʼlim metodlari 3. Tarbiya metodlari 4. Interfaol metodlar. Oʻqituvchi dars davomida bu metodlarning barchasidan foydalanib dars oʻtadi. Chunki har bir metodning oʻz oʻrni mavjud. Masalan, ilmiy-tadqiqot metodlari yangi bilim berishga qaratilgan, taʼlim metodlari ularni rivojlantirishga bilim berishga qaratilgan, tarbiya metodlari ularning darsda qanday oʻtirishlari 36 koʻcha- koʻyda o’zlarini qanday tutishlari oʻrgatadigan metod, interfaol metodlar oʻquvchilardan oʻrgangan bilimlarni qanchalik oʻzlashtirgani darsni qanchalik oʻrganganligini aniqlovchi metod hisoblanadi. Bu metodlar bir- birini toʻldirib turadi. Metodlar ham oʻz navbatida bir necha turlarga boʻlinadi. Bular quydagicha: Ilmiy- tadqiqot metodlari 1. Kuzatish- aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa kutilgan natijaga erishish mumkin. Oʻqituvchi oʻquvchilarni kuzatishda birgina uning bilim salohiyatini emas balki kuzatayotgan oʻquvchisining oilaviy sharoiti bilan ham tashishi kerak boʻladi. Chunki bolalarning fe'l- atvoridagi oʻzgarishlarga oilaviy muhit ham juda katta taʼsir koʻrsatadi. Kuzatish bir tomonlama boʻlib qolmasligi maqsadga muvofiq boʻladi. Sababi oilaviy sharoiti hech qanday bolaga ta'sir qilmay atrof - muhit ham unga oʻz taʼsirini oʻtkazishi mumkin. Bunday vaziyatda oʻqituvchi oʻquvchini trio ulfat boshlashi kerak boʻladi. Shundagini koʻzlangan natijaga erishiladi. 2. Suhbat- suhbatda savollar aniq maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak. Savollar aniq, qisqa va ravshan boʻlishi lozim. Balogʻat yoshiga yetayotgan oʻquvchilarda suhbat metodi ancha samarali hisoblanadi. Chunki bu metod orqali oʻquvchining ichki kechinmalarni bilish mumkin. Suhbat samimiy doʻstona tarzda tashkil etilishi kerak. Bu yoshdagi bolalar ancha tajang, urishqoq, kamgap boʻlib qolishadi. Shu vaqtda unga e'tibor berilmasa har xil holatlar yuzaga kelishi mumkin. Buning uchun oʻqituvchi bunday oʻquvchilar bilan alohida suhbat qilishi kerak boʻladi. Darslarda esa bu metoddan savol- javoblar tartibida ham foydalansa boʻladi. Suhbat qanchalik samara bersa bu metod oʻqituvchiga shunchalik muvaffaqiyat keltiradi. 3. Bolalar ijodini oʻrganish va boshqa turlarga boʻlinadi. Bolalar ijodini oʻrganishda ham oʻqituvchi mahorat talab etiladi. Bolalar maktabga borganda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi ularning dars berishi natijasida oʻquvchilarida qanday isteʼdodi borligini aniqlaydi. Oʻquvchilarning ba'zilar rasm chizishga, ba'zilari she'r oʻqishga, yana birlari nimalardir yasashga qiziqadi shunday vaqtda oʻqituvchi ularning ijodini aniqlab ularni shu kasbga yoʻnaltirishi kerak boʻladi. Oʻqituvchi oʻquvchilarning yashirin qirralarini topa olsagina u haqiqiy oʻquvchiga aylanadi. metodlar ham bir-birini toʻldirib turadi. Keyingi metod bu ta'lim metodi. "Taʼlim metodi - zamonaviy darajada oʻquv- tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan pedagog va oʻquvchilarning oʻzaro bogʻliq faoliyat usullaridir." ( V. I. Zagvyazinskiy) 37 Bundan tashqari yana koʻrina olimlar ham ta'lim metodi haqida oʻz fikrlarini aytib oʻtgan. Qanday ta'lim boʻlishidan qatʼiy nazar: xoh maktab taʼlimi, xoh oliy taʼlim boʻlsin barchasida taʼlim metodi eng asosiy metod hisoblanadi. Oʻqituvchi taʼlim metodi trio tanlay olsagina darsda oʻquvchilarni behilangan vaqtda oʻziga qarata olishi mumkin. Ammo, dars bir xillikka asoslangan boʻlsa oʻquvchilar darsdan tezda zerikib qolib umuman darsga e'tibor bermaydi. Bu esa bilim sifatining pasayishiga olib keladi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev taʼlim va tarbiya oid shunday fikrlarni keltirib oʻtadi."Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha boʻgʻinlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishrishni oʻzimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz". Bundan koʻzlangan maqsad taʼlim va tarbiya hozirgi texnologiyalari asriga moslashtirishni, oʻqituvchilar ta'lim va tarbiya be
Доказательный фрагмент
«Shaxsning kamolotini uning intelektual ma'naviy - axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari har bir davrning oʻziga xos jihatlari shuningdek bolaning fiziologik, psixologik holatini…»
Образец извлечения
Демо-превьюShaxsning kamolotini uning intelektual ma'naviy - axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari har bir davrning oʻziga xos jihatlari shuningdek bolaning fiziologik, psixologik holatini… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Oʻqituvchi, tarbiya interfaol metodlar, ilmiy- tadqiqot metodlari, ta'lim, metod
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025