Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINFLARDA INTERFAOL METODLAR YORDAMIDA DARS MASHGʻULOTLARINI OʻTISH
To’raqulov Akbar Rustam o’g’li · Sattorova Fazilat
Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026
Аннотация
the article is about the interactive methods that the teacher needs to strengthen, explain, and improve the effectiveness of the lesson during the lesson. Key word: method, interactive method, thinking, pedagogical skills, knowledge strengthening. Аннотация: в статье речь идет об интерактивных методах, которые необходимы учителю для усиления, объяснения и повышения эффективности урока в ходе урока. Ключевые слова: метод, интерактивный метод, мышление, педагогическое мастерство, закрепление знаний. Kirish: Taʼlim samaradorligini oshirishda dars jarayonida oʻqituvchi har xil interfaol metodlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Darsda interfaol metodlardan samarali foydalanish oʻqituvchining pedagogik mahoratiga bogʻliq. Avvalo, “interfaol metod oʻzi nima?” degan savolga javob beramiz. “Interfaol” soʻzi ingliz tilida interact soʻzidan olingan boʻlib, inter— oʻzaro ikki taraflama, act— harakat qilmoq degan maʼnolarni ifodalaydi. Interfaol metodlar oʻquvchilarning mustaqil fikrlashini, dunyoqarashini shakllantiradi, oʻrganilgan bilimlarni mustahkamlashga hamda oʻqituvchi tomonidan oʻrgatilgan bilimlarni qayta soʻrashga koʻmaklashadi. Asosiy qism: “Taʼlim jarayonida oʻqituvchi hamda oʻquvchilar oʻrtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish taʼlim oluvchilar tomonidan 43 bilimlarni samarali oʻzlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar interfaol metodlar sanaladi.”1 Interfaol metodlarga “Aqliy hujum”, “Baliq skeleti”, “Bilaman. Bilishni xohlamayman. Bilib oldim.”, “Blits soʻrov”, “Bumerang”, “Venn diogrammasi”, “Zinama-zina”, “Intervyu”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Kungaboqar”, “Savol- javob”, “Suhbat”, “Test”, “FSMU”, “Yelpig‘ich”, “Zakovatli zukko”, “Gugurt donalari”, “Idrok xaritasi”, “Yagona davra” kabi metodlar kiradi. “Klaster” metodi — taʼlim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi metod hisoblanadi. “Klaster” metodini amalga oshirishda biror mavzuning asosiy tushunchasi oʻrtaga aylanma shaklidagi chizma ichiga yoziladi. Soʻngra shu tushuncha haqida koʻz oldiga kelgan narsalar asosiy tushunchani atrofidagi aylanachalarga yoziladi. Masalan, 3-sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsidagi “Jamoat transporti” mavzusini misol qiladigan boʻlsak: transport nexia spark malibu cobalt “Nilufar guli” metodi oʻquvchilarda fikrlash, tahlil qilish koʻnikmalarini shakllantiradi. “Venn diogrammasi” grafik organayzeri ikki va undan ortiq narsalarni, voqealarni taqqoslash, solishtirish, farqlash uchun ishlatiladi. Venn diogrammasi bir xil ikki doira chiziladi. Soʻng ularni ortasiga oʻxshash jihatlari, yon tomonlariga esa farqli tomonlari yoziladi. “Bumerang” metodi oʻquvchilarda fikrini erkin bayon eta oladigan, yodda saqlaydigan, soʻzlab beradigan kabi koʻnikmalarini shakllantiradi. “FSMU” metodi darsda mavzu yuzasidan fikrini bildirishni, fikrini asoslab beruvchi sababini aytishi, tasdiqlovchi misollar keltirib, soʻngra hammasini umumlashtirishi kerakligini oʻquvchilarda oʻrgatadi. F–fikringizni bayon eting. S– 1 Pedagogika: 1000ta savolga 1000ta javob/ Metodik qoʻllanma. U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Inogʻomova. — Toshkent: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2012yil.– 122bet 44 fikringizni asoslab beruvchi sabab koʻrsating. M–keltirgan sababingizni tasdiqlovchi misollar keltiring. U–barcha bildirilgan fikrlaringizni umumlashtiring. “Kungaboqar” metodi oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga, fikrini erkin bayon eta olishga, oʻtilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlashga, oʻquvchilarning bilim salohiyatini qay darajada ekanligini aniqlashda yordam beruvchi metod hisoblanadi. “Test” metodi oʻquvchilarning bilimini qay darajada ekanligini aniqlab, baholashga xizmat qiladi. Mavzu oʻqituvchi tomonidan tushuntirilib, uni mustahkamlash uchun test metodidan foydalanish ham mumkin. Masalan, 3-sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligining “Dunyo okeanlari” mavzusi soʻngida oʻquvchilarni olgan bilimlarini tekshirish hamda mustahkamlash uchun test berilgan. 1. Nimalar dengiz suviga qo’shimcha mineral moddalarni olib keladi? A. Ariqlar B. Daryolar D. Soylar E. Ko’llar 2. Yer sharining deyarli yarmini qoplagan okean qaysi? A. Shimoliy muz okeani B. Atlantika okeani D. Hind okeani E. Tinch okeani 3. O’txo’r dengiz jonivorlarini nima yemishsiz qoldirmaydi? A. Daryolar B. Okean D. Quyosh E. Tuzlar Xulosa: Xulosa qilib aytganda, boshlangʻich sinflar dars jarayonida turli xil interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini, oʻquvchilarning bilim salohiyatini, savodxonligini oshirishga, olingan bilimlarni takrorlash hamda mustahkamlashga yordam beradi. Buning uchun oʻqituvchilar pedagogik mahoratini ishga solib, dars jarayonida samarali metodlardan foydalanish kerak. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 45 1. .D.Ro’ziyeva, M.Usmonboyeva, Z.Xoliqova “Interfaol metodlar: mohiyati va qo’llanilishi (metodik qo’llanma)”. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU nashriyoti,2013; 2. Pedagogika: 1000ta savolga 1000ta javob/ Metodik qoʻlla
Доказательный фрагмент
«the article is about the interactive methods that the teacher needs to strengthen, explain, and improve the effectiveness of the lesson during the lesson.»
Образец извлечения
Демо-превьюthe article is about the interactive methods that the teacher needs to strengthen, explain, and improve the effectiveness of the lesson during the lesson. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- метод, интерактивный метод, мышление, explain, interfaol metod, pedagogik mahorat, metod, fikrlash, bilimlarni mustahkamlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025