Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HOZIRGI TA'LIM JARAYONIDA STEAM
To’raqulov Akbar Rustam o’g’li · Xudoynazarova Marjona Turg‘un qizi
Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026
Аннотация
Ushbu maqoladada STEAM ta`lim tizimi nima va uning vazifalari, samaradorligi, qanday ta`lim sohalarda qo‘llash mumkinligi haqida ma`lumot beriladi. Davomida esa, bu ta`lim tizimida xorijiy tillarnni o‘qitilsa qanday natija bo‘lishi haqida qisqacha tushunchalar berilgan.Ushbu maqoladada STEAM ta`lim tizimi nima va uning vazifalari, samaradorligi, qanday ta`lim sohalarda qo‘llash mumkinligi haqida ma`lumot beriladi. Kalit so‘zlar: STEAM ta'lim tizimi,ta'lim berish,xorijiy tillar,fan,texnologiya,muhandislik,ilm -fan O’zbekistonda islohotlarning davomiyligini ta’minlash hamda demokratik fuqarolik jamiyatini shakllantirish, yoshlar, xususan, ularning ijtimoiy faolligiga bog’liq. Bugungi kunda bolalar juda zehnli va aqlli. Ular yangi davr texnologiyalari bilan hamnafas bo‘lib o‘smoqdalar.Ularni bildim olishga qiziqtirish va bilim berishni yangi uslubiy yo‘llarini izlash zamon talabi. Ta'lim berishda hozir noan'anaviy bir uslubini ko‘rishimiz mumkin. Unda bolalar o‘nlab fanlar va darsliklarni maxsus fan qilib o‘qishmaydi. Bu STEAM ta'lim tizimi. STEAM bu — S — science, T — technology, E — engineering, A — art va M — math. Ingliz tilida bu shunday bo‘ladi: tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika. Ushbu yo‘nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo‘lib kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta’lim texnologiyasi ilk bor Amerikada ishalb chiqilgan. Ba'zi ta'lim bitiruvchilarining martabalarini e'tiborga olishdi va fan , texnologiya ,muhandislik hamda matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishda va shu tarzda STEM tizimi shu tarzda shakllandi.Keyinchalik bu tushunchaga Art qo‘shildi va endi STEAM butunligicha shakllandi.Mazkur ta'lim texnologiyasidan Kanada va Buyuk Britaniya davlatlari ta'lim tizimida keng foydalanilmoqda.STEAM ta'lim texnologiyasi quyidagicha ma'no kasb etadi: S-sciense (fan) 47 T-technology(texnologiya) E-engineering (muhandislik) A-art(san'at) M-mathematisc (matematika) Agar biz an'anaviy ta'limning asosiy maqsadi bilimlarni o‘rgatish va bu bikimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak ,STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. Bu ta'lim oluvchilarga nafaqat ba'zi bir g‘oyalarga ega bo‘lishi ,balki ularni amalda qo‘llash va amalgam oshorish imkoniyatini beradi.Shuning uchun ,ular o‘sib ulg‘ayganlarida va hayotiy muammolarga duch kelganda ,atrof-muhitning ifloslanishi yoki global iqlim o‘zgarishi bo‘ladimi ,bunday murakkab masalalarni faqat turli sohalardagi bilimga tayanib va birgalikda ishlash orqali hal qilish mumkinligini tushunadilar. Bu yerda faqat bitta mavzu bo‘yicha bilimga tayanish yetarli emasligini tushunadilar. Bolalarni STEAMga jalb qilish. Ushbu ta'lim maktabgacha yoshdan boshlab boshlanishi kerak,shining uchun dasturlarni bolalar bog‘chalariga kiritish zarur. STEAM ta'lim tizimi orqali bolada kreativlik , qunt, qiziquvchanlik va hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan xususiyat-muammoni hal qilish qobiliyati shakllanadi. STEAM ta'lim texnologiyasi maktabgacha ta'lim-tarbiya sohasiga olib kirish nafaqat maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va shu sohada tahsil olayotgan olib o‘quv yurti talabalariga tanlov fan sifatida o‘qitish ishlari yo‘lga qo‘yilgan . Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan talabalarning STEAM ta'lim texnologiyasidan foydalanishlari ta'limga bo‘lgan qarashlarini o‘gartirmoqda.Amaliy qobiliyatga e'tiborga berib ,talabalar o‘zlarining irodasini ,ijodkorligini ,moslashuvchanligini rivojlantiradi va atrofdagilar bilan hamkorlik qilishni o‘rganadi. STEAM ta'lim muhitida bolalar bilimga ega bo‘ladilar va darhol undan foydalanishni o‘rganadilar. Statistikaga qaraganda, 2011yildan buyon STEAM kasblarga bo‘lgan talab darajasi 17%ga oshdi,oddiy kasblarga bo‘lgan talab esa faqat 9,8%ga oshdi,bu esa butun dunyo bo‘ylab ushbu ta'lim tizimiga katta talabni ko‘rsatadi. 48 Yaqin kelajakda dunyoda va shining uchun O‘zbekistonda muhandislar,yuqori texnologiyali ishlab chiqarish mutaxassislariga talab juda yuqori bo‘ladi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam STEAM ta'lim tizimi yangicha metodika va ishlanmalarga boy bo‘lgan tizimi. Bu tizim bilan o‘quvchilarimizni texnologiyalari bilan hamnafas bo‘lgan holda tarbiyalaymiz . Bugungi kunda ham hamma yosh avlod texnologiyalarga qiziqadi. Demak, bu tizimni qiziquvchanlik bilan o‘rganishadi. An'anaviy o‘qitish uslublari bilan taqqoslaganda ,o‘rta maktabdagi STEAM yondashuvi bolalarni tajribalar o‘tkazishga ,modellar tuzishga , mustaqil ravishda musiqa va filmlar yaratishga ,o‘z g‘oyalarini haqiqayga aylantirishga va yakuniy mahsulotni yaratishga undaydi.Ushbu ta'lim yondashuvi bolalarga nazariya va amaliyot ko‘nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi va universitetga kirishga hamda keyingi o‘qishni osonlashtiradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1."STEAM ta'lim tizimi Nima ? " https:/www.integer.uz/steam 2.R.A.Mavlonov
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqoladada STEAM ta`lim tizimi nima va uning vazifalari, samaradorligi, qanday ta`lim sohalarda qo‘llash mumkinligi haqida ma`lumot beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqoladada STEAM ta`lim tizimi nima va uning vazifalari, samaradorligi, qanday ta`lim sohalarda qo‘llash mumkinligi haqida ma`lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ilm -fan, xorijiy tillar, texnologiya, muhandislik, fan, ta'lim berish, STEAM ta'lim tizimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024