Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINFLARDA O'TILADIGAN METODLAR VA ULARNING DARS DAVOMIDA QO’LLANILISHI
To’raqulov Akbar Rustam o’g’li · Murodova Mahbuba
Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026
Аннотация
this article talks about the methods and their types that should be used during the lesson, and how useful the given methods are for the teacher. Key words: method, educational methods, educational methods, interactive methods, pedagogical skills. Аннотация: в данной статье рассказывается о методах и их видах, которые следует использовать на уроке, и о том, насколько данные методы полезны для учителя. Ключевые слова: метод, методы обучения, методы обучения, интерактивные методы, педагогическое мастерство. Kirish. Bizga ma’lumki har bir dars davomida o’quvchini qiziqtirgan holda, yangi mavzuni tushuntrish jarayonida va olingan bilimlarni yodda saqlash uchun o’qituvchi tomonidan turli xil metodlar qo’llaniladi. Avvalo biz metod tushunchasiga ta’rif bersak. Metod – (grekcha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, yo’l, axloq usuli) degan ma’nolarni anglatadi. Tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli demakdir. O’qituvchi dars davomida turli xil metoddan foydalanishi bu uning pedagogik mahorati borligidan darak beradi. O’qituvchi pedagog dars jarayonida o’quvchilarga ta’lim metodlari, tarbiya metodlari va interfaol metodlarni qo’llasa maqsadga muvofiq bo’ladi. Asosiy qism. Ta’lim metodi – o’qituvchining o’quvchilarga muntazam ravishda qo’llaydigan, o’quvchilarda o’z qiziqishlarini va aqliy qobiliyatlarini 50 rivojlantiradigan,bilim va ko’nikmalarni egallashga yordam beradigan va ularni amalda qo’llay olishga imkon beradigan ish usuli hisoblanadi. Ta’lim metodlariga bir qancha olimlar o’zlarining fikrlarini bayon etganlar. Ta’lim metodi – zamonaviy darajada o’quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishishiga yo’naltirilgan pedagog va o’quvchilarning o’zaro bog’liq faoliyat usullaridir. (V.I.Zagvyazinskiy) Ta’lim metodi bu belgilangan maqsadga erishishni ta’minlovchi algoritmlashtirilgan, muayyan mazmunga ega harakatlar tizimidir (P.I.Podlasiy) Asosan ta’lim metodlari aniq bir maqsadni ifodalashga xizmat qiladi. bunda o’quvchilarga kerakli bilim berish yo’llari, o’quvchida aqliy qobiliyat va qiziqishlari xususiyatlarini aks ettirish nazarda tutiladi. Ta’lim metodlari quyidagi guruhlarga bo’linadi: og’zaki, ko’rgazmali, amaliy, kitob bilan ishlash, video- metod. Og’zaki metodga hikoya, suhbat, tushuntirish, ma’ruza, munozara kabi metolar kiradi. Boshlang’ich sinflarda bu metodlar o’qituvchi pedagog tomonidan dars davomida qo’llaniladi. Dars tushuntirish jarayonida suhbat, tushuntirish, ma’ruza metodidan foydalanilsa, yangi mavzu tushuntirilib bo’lganidan so’ng esa amaliy metod turlaridan foydalanish maqsadga muofiqdir. Amaliy metodlarga mashq, amaliy laboratoriya, didaktik o’yin kabi metodlar kiradi. Uyga vazifa berish jarayonida ham metodlardan foydalansa bo’ladi. Asosan bu vaziyatda kitob bilan ishlash ta’lim metodlarini ko’rishimiz mumkin. Bu metodga esa o’qish o’rganish, reja tuzish va kanspekt qilish kabi metodlar kiradi. Boshlang’ich sinflarda dars o’tiladigan xonaga o’qituvchi tashabbusi bilan sinf kutubxonasi tashkil etilishi kerak. Unda o’quvchilarning uy kutubxonalaridan o’zlarining yoshiga mos bo’lgan kitoblarni olib kelib qo’yadilar va har haftada bittadan kitob o’qishni, hafta yakunida esa shu o’qigan kitobi bo’yicha o’qituvchi bilan fikrlashishni odat qilishlari kerak. Shu asnoda bizga kitob bilan ishlash metodi qo’l keladi. O’quvchilarni yoshligidan kitobga mehr qo’yishiga, unga bo’lgan qiziqishini oshirishga katta ahamiyat berishimiz lozim. Keying metod bu video- metod hisoblanadi. Bu metodlar ham asosan dars davomida o’qituvchi tomonidan qo’llaniladi. Ko’rish, o’rganish va nazorat qilish kabi metodlar video-metod turlariga kiradi. 51 Boshlang’ich sinflarda dars jarayonida qo’llaniladigan yana bir metodlar tarbiya metodlaridir. Tarbiya metodi – tarbiya maqsadiga erishishning yo’li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda bu metod tarbiyalanuvchi ya’ni o’quvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etuvchi usul. O’quvchilarga dars mashg’ulotlarini o’qitish ya’ni ta’lim berish bilan birgalikda, o’quvchilarga tarbiya jarayonini ham birdek olib borish lozim. Ta’lim – tarbiya so’zi bir-biriga uzviy bog’liq. Shuning uchun ham o’quvchilarga tarbiya berish jarayoni uning o’qituvchisi tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiya metodlari quyidagilar: 1. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar; 2. Odatlantirish va faoliyatda mashqlantirish metodlari; 3. Tarbiyada rag’batlantirish va jazolash metodlari; Birinchi guruh metodlarining vazifasi o’quvchilarda ijtimoiylikni, ijtimoiy ongni, axloqiylikni, mehnat qilish munosabatlari qonun va qoida me’yorlari haqida tushunchalarni hosil qilish uchun qo’llaniladi. Ikkinchi guruh metodlarining vazifasi esa ma’naviy mazmunga oid odatlar hosil qilinadi. Uchinchi guruh metodlarining asosiy vazifasi shundan iboratki, bu ta’lim jarayonida o’quvchilarning o’zini tutishlari, ijtimoiy odab-axloqining ijobiy sifatlarini rag’batlantirish, salbiy xislatlarini tuzatish yoki ularni oldini olishga qaratiladi. Dars davomida o'qituvchi interfaol metodlardan ham foydalanadi.
Доказательный фрагмент
«this article talks about the methods and their types that should be used during the lesson, and how useful the given methods are for the teacher.»
Образец извлечения
Демо-превьюthis article talks about the methods and their types that should be used during the lesson, and how useful the given methods are for the teacher. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- method, educational methods, educational methods, interactive, ta'lim metodlari, pedagogik mahorat, tarbiya metodlari, metod, interfaol metodlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025