К содержанию
РецензированоUZ2017

MILLIY O‘QUV DASTURI VA XALQARO BAHOLASH DASTURI: YANGI DARSLIKLARNI ISHLAB CHIQISHDA ILG'OR XORIJIY TAJRIBANING AHAMIYATI

To‘raqulov Akbar Rustam o‘g’li · Esanova Marjona Absalom qizi

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2017

Аннотация

Milliy o‘quv dasturi o‘quv-me'yoriy hujjat bo‘lib,u o‘quv reja va fanlarning o‘quv dasturlarini,o‘qitish metodologiyasi va baholashni ishlab chiqishga asos bo‘ladi. U bo‘yicha yaratilayotgan yangi darsliklar, o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar-o‘qituvchi kitoblari, mashq daftarlari, o‘quv-metodik materiallar ta'limni rivojlantirishga xizmat qiladi.Maqolada Milliy o‘quv dasturining o‘ziga xosligi va yangiliklari, ahamiyati haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar:dastur, darslik, o‘quvchi mashq daftari, o‘quv-metodik material, talim, standart, davlat ta'lim standarti. Mamlakatimiz Xalq ta'limi tizimidagi katta yangilanishlardan biri darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlarini zamon talablariga mos shaklda ishlab chiqishdir.Bu yo‘nalishda bugungacha ham o‘ziga yarasha qoidalar, standartlar bo‘lgan va ular o‘z vaqtida o‘zini oqlagan.Bugun ilm-fan, texnika, texnologiya shiddat bilan rivojlanyapti, odamlarning ehtiyojlari va imkoniyatlari kengayapti, yangi fan tarmoqlari va innovatsion yondashuvlar o‘rtaga chiqyapti.Bunday vaziyatlarda dunyodan ortda qolmaslik uchun ta'lim sohasida jiddiy va samarali o‘zgarishlar qilish zarur.Bu harakat esa mustahkam, puxta o‘ylangan dastur asosida amalga oshirilishi kerak.Ta'limni isloh qilish bo‘yicha keng amaliy harakatlar 2017-yildan boshlandi.Umumiy o‘rta ta'limda eski davlat ta'lim standartlari (DTS) o‘rnini bosadigan va ta'limga o‘zgarishlar kirita oladigan Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqilmoqda. Milliy o‘quv dasturi-har bir sinf bosqichi yakunida o‘quvchilardan kutiladigan natijalarni hamda bir sinfdan keyingi sinfga o‘tishni va o‘quvchi qanday natijalarni qo‘lga kiritishi kerakligi va baholash jarayonini tushuntirishda yo‘nalish beruvchi hujjatdir. 62 Baholash-o‘rganilgan ma'lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish. Ko‘nikma-o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish. Malaka-o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish. Kompetensiya-mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faolliyatda qo‘llay olish qobiliyati.Ushbu malaka talablarini o‘zida mujassamlashtirgan har qanday o‘quvchi kelajakda o‘z o‘rnini topadi va dunyo standartlariga labbay deb javob bera oladi. Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqiyot strategiyasida 100 ta maqsad belgilab olingan. Undagi 5 ta maqsad va 18 ta vazifa bevosita umumiy o‘rta ta'lim bilan bog'liq.Taraqqiyot strategiyasining 42- maqsadiga ko‘ra, 2026-yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklar ilg'or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqilib, amalda joriy etiladi.Milliy o‘quv dasturiga asosan 2026-yilga qadar 699 nomdagi, shu jumladan, 2022-yilda 296 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar hamda mobil ilovalar yaratiladi.Umumta'lim maktablarida darslik va o‘quv -metodik majmualarni tajriba-sinovdan hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ilg'or xalqaro tajriba asosida "Milliy o‘quv dasturi"ni tuzish, mazkur dastur asosida 2021-2022-o‘quv yilidan o‘quvchilarni uchun yetti tilda yangi avlod darsliklarini, ushbu sinflarda dars beruvchi o‘qituvchilarga metodik qo‘llanmalar, o‘quvchining mashq daftari, multimedia ilovalarini yaratishdi va nashr ettirishdi.Milliy o‘quv dasturini joriy qilish bo‘yicha ishlarni Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi amalga oshiradi.Xalq ta'lim vazirligining 2020-yil 31-martdagi ,,Umumiy o‘rta ta'limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish to‘g'risida"gi buyrug'i asosida xalqaro talablarga javob beruvchi umumiy o‘rta ta'limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish boshlangan. Uning loyihasi yuqori salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar, UNICEF, USAID va boshqa xalqaro tashkilotlarning maslahatchilari ishtirokida tayyorlandi.Bunda Finlandiya, Singapur, Koreya Respublikasi, Angliya kabi ta'lim tizimi rivojlangan mamlakatlarning tajribalari o‘rganildi. Avvalgi oʻquv dasturlari mazmuni 90% nazariyadan iborat boʻlib, oʻqitish metodikasi yodlatishga yoʻnaltirilgan.Yangi Milliy oʻquv dasturi mazmuni 50% nazariya 50% amaliyotdan iborat boʻladi va oʻquvchining mustaqil faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.Oʻquv dasturlarida baholash esa faqat eslab qolgan bilimlar 63 hajmini aniqlagan. Yangi dastur asosida oʻquvchilarda shakllangan koʻnikmalar baholanadi.Fanlar soni va oʻquv yuklamalari optimallashtirilib, oʻquvchilar qiziqishiga koʻra fanlarni tanlab oʻqish imkonini beruvchi variativ oʻquv dasturlar asosida hayotga va kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoni yaratiladi.Milliy oʻquv dasturi asosida fanlar chiziqli tartibda emas, spiralsimon tarzda oʻqitiladi. Yaʼni mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom ettiruvchi hamda soddadan murakkabga tomon yoʻnaltirilgan tarzda kiritiladi. Milliy o‘quv dasturi 6 ta qismdan iborat:umumiy o‘rta ta'limning malaka talablari; umumta'lim fanlarining konsepsiyalari; umumiy o‘rta ta'limning o‘quv rejasi; umumta'lim fanlarini

Доказательный фрагмент

«Milliy o‘quv dasturi o‘quv-me'yoriy hujjat bo‘lib,u o‘quv reja va fanlarning o‘quv dasturlarini,o‘qitish metodologiyasi va baholashni ishlab chiqishga asos bo‘ladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Milliy o‘quv dasturi o‘quv-me'yoriy hujjat bo‘lib,u o‘quv reja va fanlarning o‘quv dasturlarini,o‘qitish metodologiyasi va baholashni ishlab chiqishga asos bo‘ladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘quv-metodik material, o‘quvchi mashq daftar, talim, standart, dastur, davlat ta'lim standarti, darslik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники