Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SON BILAN IFODALANGAN QASHQADARYO TOPONIMLARI
Quyanov Samandar Sayliyevich
Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026
Аннотация
Mazkur maqola Qashqadaryo viloyatidagi son bilan ifodalangan joy nomlarning leksik-semantik tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – viloyatdagi joy nomlarining lug‘aviy va semantik jihatdan o‘rganilishi, ularning kelib chiqishi, ma’nosi va tarixiy rivojlanishini aniqlashdir. Maqolada toponimlarning tabiiy, ijtimoiy, tarixiy va madaniy kontekstlarda qanday shakllanganligi tahlil qilinadi. Qashqadaryo viloyati toponimlari, ko‘pincha turkiy, fors-tojik va boshqa madaniyatlarning ta’sirida yaratilgan bo‘lib, ular hududdagi iqtisodiy, ijtimoiy va diniy o‘zgarishlarni aks ettiradi. Tadqiqot davomida joy nomlarining etimologiyasi va ma’no o‘zgarishlari, ularning tarixiy manbalar va xalqning madaniy an’analariga qanday bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: toponimlar, leksik tahlil, semantik analiz, etimologiya, tarixiy manbalar, madaniy meros, joy nomlari, tilshunoslik, geografiýa. Toponimlar – bu insoniyatning eng qadimiy madaniy va lingvistik yodgorliklaridan biri bo‘lib, geografik obyektlarni nomlashda yaratilgan va tarixiy, madaniy o‘zgarishlarni aks ettiruvchi maxsus atamalardir. O‘zbekistonning turli mintaqalaridagi toponimlar, shu jumladan, Qashqadaryo viloyatidagi joy nomlari, hududning tabiati, ijtimoiy hayoti va tarixiy jarayonlarini aks ettiradi. Qashqadaryo viloyati, o‘zining qadimiy tarixiy merosi va turli madaniyatlarning kesishgan nuqtasi sifatida, toponimlar orqali nafaqat geografik, balki ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarni o‘rganish imkonini beradi. Qashqadaryo toponimlari, ko‘pincha turli tillardan olingan, tarixiy shaxslar, voqealar, tabiiy obyektlar va madaniy qadriyatlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning ma’nosi va kelib chiqishi hududning rivojlanishi, aholisining yashash tarzini, iqtisodiy faoliyatini va dinini aks ettiradi. Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatidagi toponimlarning leksik va semantik tahlili amalga oshiriladi. Bunda, toponimlarning lug‘aviy va ma’nodagi o‘zgarishlari, ularning etimologiyasi va semantik kontekstlari o‘rganiladi. Shuningdek, toponimlar orqali viloyatning tarixiy va madaniy merosiga oid yangi tafsilotlar ochishga intilamiz. Qashqadaryo toponimlarining leksik-semantik tadqiqi, nafaqat tilshunoslik, balki tarixshunoslik, etnografiya va madaniyatshunoslik sohalarida ham muhim ahamiyatga ega. Bu tadqiqot, joy nomlarining o‘zgarishlarini, ularning ma’nolaridagi o‘zgarishlarni va o‘tmishdan bugungacha bo‘lgan jarayonlarni yanada chuqurroq tushunish imkonini beradi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining toponimlari orqali o‘zbek xalqining madaniy va til merosi haqida yangi ilmiy xulosalar chiqarish mumkin. 7.1 59 3 2 Quyidagi misollar orqali Qashqadaryo viloyatidagi besh so‘zi bilan boshlangan toponimlarning leksik va semantik xususiyatlarini tahlil qilish, ularning kelib chiqishi, ma’nosi va tarixiy rivojlanishini aniqlashga harakat qilamiz. Bu tahlil, joy nomlarining o‘ziga xosligini, ularning hududdagi tarixiy va madaniy jarayonlarga bog‘liqligini ko‘rsatishga yordam beradi. BESHARIQ – bir necha t. ariq, joy. Anhor yoki uzani kengroq, tubi chuqurroq, notabiiy suv yo‘lidan besh (yoki undan ko‘p, ba’zan oz) ariqqa bo‘lingan band quyisidagi joy, suv oqar joy – Beshariq. BESHBEK – Shahrisab tumanidagi qishloq. Xalq izohiga ko‘ra beshta bek, beshta o‘g‘il tashkil qilgan qishloq. Qozoq tilida pishpek – balandlik, tepalari ko‘p joy. O‘zbek tili o‘tmishiga oid pishpek so‘zining o‘zgargan shakli – beshbek, ya’ni yonma-yon joylashgan tepalari ko‘p bo‘lgan joydagi qishloq. BESHBOLA – Yakkabog‘ tumanidagi qishloq. Xalqona izoh: besh bo‘la (xolavachchalar) ning qishlog‘i; besh bola (yigit, oila) tashkil qilgan qishloq. Beshbola – urug‘ nomi, qo‘ng‘irotliklarning oyinni bo‘limiga xos urug‘lardan biri. 19-asr oxirida Zarafshon vodiysidagi qoraqalpoqlarning ham beshbola urug‘i bo‘lgan (88-99). Surxondaryo turkmanjuzlarining, Farg‘ona qipchoqlarining, Zarafshon sariq qipchoqlarining beshbola urug‘i borligi aniqlangan (206-132;79-97). Beshbola – Qashqadaryo qatag‘onlari va saroylarning urug‘i. Etnonim qishloq nomiga o‘tgan. Aholining etnik tarkibi inobatga olinib, qishloq nomlangan. BESHBULOQ – Dehqonobod tumanidagi shaharcha (2009). Yonma-yon besh va undan ko‘proq miqdordagi bulog‘i bo‘lgan joy va shu hududga yaqin yerda bo‘lgan qishloq – Beshbuloq. Buloqlarning jayolashuvi zich va ko‘p sonli bo‘lganligi bois shu nom bilan atalgan. BESHKAL – Qamashi/Kitob tumalaridagi qishloq. Mang‘it, yuz/uz va o‘zbeklashgan arablarning urug‘ tarmog‘i – beshkal (217-6,594;79-113). Urug‘ tarmog‘i asosida qishloq nomlangan. BESHKALTAK – Kitob tumanidagi qishloq. Qo‘ng‘irotlar qushtamg‘ali bo‘limiga mansub kal urug‘ining bir tarmog‘i – beshkaltak. Kenagaslarning ham beshkaltak urug‘i bo‘lgan. Janubiy Tojikiston Qatag‘anlarining qorakaltak urug‘i bor (79-105). Akademik K.Shoniyozovning tadqiqiga ko‘ra, beshkaltak qipchoqlariga xos urug‘i bo‘lib, kishi laqabi asosida paydo bo‘lgan (206-300). Etnik mansublik qishloq nomi yaralishiga asos bo‘lgan. 7.1 60 3 2 BESHKAPA – Qamashi/Shahrisabz/K
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola Qashqadaryo viloyatidagi son bilan ifodalangan joy nomlarning leksik-semantik tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – viloyatdagi joy nomlarining lug‘aviy va semantik jihatdan o‘rganilishi…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola Qashqadaryo viloyatidagi son bilan ifodalangan joy nomlarning leksik-semantik tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – viloyatdagi joy nomlarining lug‘aviy va semantik jihatdan o‘rganilishi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- geografiýa, tarixiy manbalar, tilshunoslik, leksik tahlil, toponimlar, semantik analiz, joy nomlari, madaniy meros, etimologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026