К содержанию
РецензированоUZ2026

IJTIMOIY TARMOQLARDA HIS-TUYG‘U IFODALOVCHI VOSITALAR

Sevinch Nu’monova

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026

Аннотация

Siz ushbu ilmiy tadqiqot orqali ijtimoiy tarmoq va platformalarda qay tarzda kulgichlardan foydalanish unumli ekanligini anglaysiz. Emoji, stiker, gif, kulgich kabilarning ham bir-biridan farqli jihatlari va umumiy xususiyatlari keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: emoji, stiker, gif, telegram, kanal-guruh, platforma, raqamli va vizual aloqa, format, kulgich. XXI asr — texnologiyalar zamoni bo‘lib, bu davrda texnik vositalar orqali kommunikatsiya jarayoni bir muncha oson, qulay va tez. Makon va zamon qarshiliklarisiz, xoh so‘zlashuv, xoh ilmiy, xoh rasmiy mavzularda bo‘lsin, bemalol suhbat qura olamiz, fikr bildira olamiz. Bunda bizga telegram messengeri, instagram va You Tube ijtimoiy tarmoqlari, sms xabarnoma va boshqalar yordam beradi. Kommunikatsiya jarayonida nafaqat so‘zlardan, balki his-tuyg‘ularni erkin va jozibador tarzda ifodalashga yordam beruvchi vositalar — emoji, stiker, gif va kulgichlar (smaylik)dan ham foydalanish kutilgandan ko‘ra samaraliroqdir. Bu vositalarning har birining o‘z o‘rni va mohiyati mavjud. Shu bilan bir qatorda mazmun jihatdan ham bir-biridan farq qilib turadi. Bugungi kunda raqamli aloqa uzundan uzun jumlalarni yozishdan ancha uzoqlashadi. Har qanday ijtimoiy tarmoqqa qarab, qanchadan qancha gullar, qalblar, hayvonlar, oziq-ovqat va boshqa tasvirdagi belgilarni ko‘rish mumkin. Ular – emoji! Stiker – bu multfilmlar va yaponcha tabassumga o‘xshash “emojilar” aralashmasi bo‘lgan his-tuyg‘u yoki harakatni ifodalovchi qahramonning batafsil tasviri. Stikerlar animatsiyalar ya’ni harakatlanuvchi rasmlar orqali muloqotga kiritiladi. Stikerning ikkinchi ma’nosi ham bo‘lib, u yorliq turini anglatadi. Bu turdagi stikerlar tovarga yopishtiriluvchi qog‘oz plastmassa yoki boshqa material ham bo‘lishi mumkin. Biz fikr yuritayotgan stiker esa birinchi izohlangan, ya’ni emoji bilan o‘rindosh bo‘lgan stikerdir. “2013-yil aprel oyida Facebookning asosiy va Facebook Messenger mobil ilovalari paydo bo‘ldi. Iyul oyida stiker funksiyasi Facebook veb-interfeysiga kengaytirildi, Kick Messenger ham stikerlarni qo‘shdi. Stikerlarga bag‘ishlangan startap kompaniyalari ham paydo bo‘ldi va ularni reklama kompaniyalari doirasida brendlar nomidan ishlab chiqarishga yordam berdi” [1]. Gif (inglizcha: “Graphics Interchange Format”) — rasmlarni almashtirish formati. “Qisqartmaning talaffuzi 1990-yildan buyon bahsli bo‘lib keladi. Talaffuzning ikki variantidan foydalanib kelinadi: /diзf/ (jang so‘zidagi “j” tovushi 7.1 65 3 2 bilan), /gif/ (gul so‘zidagi “g” tovushi bilan). Format yaratuvchisi Steve Wilhite 2013-yilgi “Webby Awards” tanlovida nutq so‘zlab, g bilan talaffuz to‘g‘ri ekanligini aytgan” [2]. Giflar, odatda, qisqa, takrorlanuvchi animatsiyalarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Kulgichlar (smaylik) matematik shakllar, tilshunoslikdagi punktuatsion ishoralar va yana turli xil belgilar tizimidan tashkil topgan va bu belgilar qorishuvidan o‘xshatmalar hosil qilingan. Kulgichlarning ham foydalanish maqsadiga ko‘ra o‘z ma’noviy guruhlari bor: — norozi qiyofa; — imo-ishoralar; — yig‘i; — asabiylik; — tabassum va boshqalar… Oddiygina “Telegram” messengerining o’zida fikrni qisqa va ta’sirli ifodalashga yordam beruvchi vositalarning 4 turidan foydalanish imkoni mavjud. Bular: stikerlar, emojilar, giflar, kulgichlar. Ular paradigma a’zolari kabi xususiyatga ega, ya’ni umumiy va xususiy belgilari mavjud. Umumiy belgisi: bularning barchasi raqamli aloqa uchun ishlatiladigan vizual ifodalardir. Lekin ularning har biri turli ma’nolar va ishlatilish usullariga ega. Farqli belgisi: 1. Emoji —Ta’rifi: kichik rasm yoki belgi, his-tuyg‘ular, narsalar yoki har xil tushunchalarni ifodalaydi. —Qo‘llanilishi: matnda his-tuyg‘ularni va kayfiyatni ifodalashda ishlatiladi. Masalan, (kulib turgan yuz), (qizil yurak), (qarsak) —Format: har bir emoji standart Unicode kodida mavjud bo‘lib, u har bir platformada (iOS, Android, Windows) bir xil yoki o‘xshash ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. 2. Stiker —Ta’rifi: ko‘proq o‘ziga xos dizaynlangan rasm. —Qo‘llanilishi: odatda, ulardan xabar almashish dasturlarida (Whatsapp yoki Telegram) qo‘llaniladi va ko‘proq kulgili yoki maxsus mavzudagi hissiyotlarni ifodalashda ishlatiladi. —Format: ular ko‘p hollarda rasm sifatida yoki animatsiya sifatida mavjud bo‘ladi va ko‘proq personalizatsiyalangan uslublarni taklif etadi. 3. Gif 7.1 66 3 2 —Ta’rifi: qisqa animatsiyalangan rasmlar bir necha soniya davomida ko‘rsatiladi. —Qo‘llanilishi: ular juda ko‘p turli xil his-tuyg‘ularni yoki g‘oyalarni ifodalash hazil-mutoyibalar qilish va o‘yin-kulgi uchun ishlatiladi. Ular ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlarda xabar almashish dasturlarida yoki saytlarida paydo bo‘ladi. —Format: gif fayl formati yangidan yuklanadi yoki ijtimoiy tarmoqdan olinadi va ko‘plab platformalarda qo‘llaniladi. Umumiy qilib aytganda, emoji oddiy va tez ifoda shakli bo‘lsa, stikerlar va giflar ko‘proq vizual va dramatik ta’sir ko‘rsatadi. Matnda kulgich yuzlari va tabassumlardan foydalanish xabarlarni yanada qiziqarliroq qiladi. Yuqoridagi be

Доказательный фрагмент

«Siz ushbu ilmiy tadqiqot orqali ijtimoiy tarmoq va platformalarda qay tarzda kulgichlardan foydalanish unumli ekanligini anglaysiz.»

Образец извлечения

Демо-превью

Siz ushbu ilmiy tadqiqot orqali ijtimoiy tarmoq va platformalarda qay tarzda kulgichlardan foydalanish unumli ekanligini anglaysiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
format, telegram, raqamli va vizual aloqa, gif, stiker, emoji, kulgich, kanal-guruh, platforma
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники