Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SIMSIZ KENG POLOSALI ALOQA TIZIMLARINING RIVOJLANISHIDA QILINGAN TADQIQOTLAR
QILINGAN TADQIQOTLAR · Jonibek Odinayev · Bekzod Tuychiyev · COMMUNICATION SYSTEMS (1UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES, Menejment kelajak)
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article is devoted to the stages of development of the main modern technologies of wireless broadband communication networks, their role in the field of communication, their performance, and a self-made antenna are introduced. Keywords: Wifi, WiMax, Internet, Wireless, SKPU, Wi-Fi, WiMAX. ИССЛЕДОВАНИЯ В ОБЛАСТИ РАЗРАБОТКИ СИСТЕМ БЕСПРОВОДНОЙ ШИРОКОПОЛОСНОЙ СВЯЗИ Аннотация. Статья посвящена этапам развития основных современных технологий беспроводных широкополосных сетей связи, их роли в сфере связи, их эксплуатации, а также антенне, изготовленной мной. Ключевые слова: Wi-Fi, WiMax, Интернет, Беспроводная связь, SKPU, Wi-Fi, WiMAX. Simsiz keng polosali ulanish (SKPU) texnologiyalari infokommunikatsion texnologiyalar hisoblanadi va bir biridan olisdagi ikki va undan ortiq ob’ektlar oralig‘ida simli ulanishsiz axborot uzatish uchun ishlatiladi. Simsiz aloqa uchun radioto‘lqinlar, infraqizil, optik yoki lazerli nurlanishlar ishlatilishi mumkin. Hozirgi vaqtda foydalanuvchilarga Wi-Fi, WiMAX, Bluetooth kabi “tijorat” nomlari bilan ma’lum bo‘lgan ko‘plab simsiz texnologiyalar mavjud. Simsiz texnologiyalarning rivojlanishida uy foydalanuvchilari ham katta rol o‘ynashadi. Uy tarmog‘ida qancha ko‘p qurilmalar bo‘lsa, ularni bog‘laydigan simlar ham uyni shunchalik kuchli o‘rab oladi. Va bu simsiz texnologiyalarga o‘tishga sabab bo‘ladi. 275 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Zamonaviy uyning qulaylik darajasini oshirish, ya’ni uning barcha tuzilmalari va ob’ektlarini (kompyuterlar, televizor, raqamli fotokamera, uy musiqiy markazi, qo‘riqlash tizimi, iqlim tizimi, maishiy texnika va boshqalar) bir tizimga birlashtirish - bu “aqlli uy” g’oyasining asosidir va bunda simsiz texnologiyalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Simsiz keng polosali ulanish texnologiyalari simsiz va tarmoq texnologiyalari sinergiyasi namunasi hisoblanadi va juda katta rivojlanish istiqboliga ega. Shu sabab simsiz keng polosali texnologiyalar tarixining boshlanishi deb, qaysidur ma’noda, ilk radioaloqa paydo bo‘lishini hisoblash mumkin. Ma’lumki, radioaloqaning birinchi omadli sinovlari 1893 yilda serb olimi Nikola Tesla, keyinchalik 1895 yilda A.S.Popov va Italiyalik Gulelmo Markoni (Guglielmo Marconi) tomonlaridan bir-birlaridan mustaqil ravishda amalga oshirildi. Bu kashfiyotlar birinchi marta simsiz axborot uzatish imkoniyatini ko‘rsatdi va bu bilan aloqa rivojlanishi tarixida yangi erani boshladi. Keyin esa insoniyat qadamma-qadam simsiz aloqa va axborot uzatish tizimlarida yanada katta yutuqlarga erishdi. Bu yerda shuni ta’kidlab ketish zarurki, simsiz keng polosali texnologiyalarning rivojlanishi axborot xavfsizligini ta’minlash masalalarini yanada dolzarb qiladi. Simsiz tarmoqlar ishlatilganda asosiy tahdidlar xabarlarni, parollarni, kredit kartochkalar nomerlarini ilib olish, to‘langan ulanish vaqtini o‘g‘irlash, kommunikatsion markazlar ishiga aralashish va boshqalar hisoblanadi. Bu muammolar aloqa standartlarini takomillashtirish jarayonida hal qilinadi. Simsiz texnologiyalar nazariyasida ularni tasniflashda turli yondashishlar mavjud. Jumladan, raqamli va analog, tor va keng polosali texnologiyalar ajratiladi. Raqamli texnologiyalar xaqida gap ketganda ko‘pincha signal ham raqamli (diskret) shaklga ega bo‘lishi tushuniladi. Bu tushuncha ko‘proq simli tarmoqlar uchun to‘g‘ri bo‘ladi. Simsiz tarmoqlarda esa “raqamli” belgisi radiokanal orqali uzatiladigan axborotlarga tegishli, ammo radiosignalni o‘zi esa hali ham garmonika shaklidagi modulyatsiyalangan analog signali bo‘ladi. Tor va keng polosali tizimlar orasidagi farqni ham oson aniqlab bo‘lmaydi (ular orasidagi chegara ham texnologiyalar rivojlangan sari yuqoriga siljimoqda). Shuningdek, bu belgiga nisbatan ham simli va simsiz texnologiyalarda qabul qilingan tushunchalar orasida farq kuzatiladi. Simsiz tarmoqlarda nazariy qabul qilinishicha, ishchi polosasining keligi F bu polosaning markaziy chastotasi fc dan ancha kam (ya’ni, F/fc << 1) bo‘lgan tizim tor polosali hisoblanadi. Aks holda, tizim keng polosali hisoblanadi. Amalda esa hozirgi vaqtda 1,25 MGsdan 40M Gsgacha kenglikdagi kanallarni ishlatadigan texnologiyalar keng polosali tizimlar turkumiga kiritiladi. 276 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Shuningdek, keng polosali texnologiyalar yuqori ma’lumot uzatish tezligini (1 Mbit/sekundan dan past emas) ta’minlaydi. Mazkur qo‘llanmada keng polosali simsiz raqamli tizimlar sinfiga kiradigan texnologiyalar yoritiladi va ularni sinflarga bo‘lishda ko‘pincha quyidagi yondashuvlar ishlatiladi: Aloqaning uzoqligi bo‘yicha tarmoqlar quyidagi sinflarga ajratiladi: Bir necha detsimetrlardan bir necha dekametrlargacha radioqamrovga ega simsiz personal tarmoqlar (ingl. Wireless Rersonal Area Networks - WPAN). Periferiya qurilmalari, turli hisoblagichlar, xabarchilar va boshqalar bilan aloqa uchun mo‘ljallangan. Bu texnologiyalarga misollar Bluetooth, texnologiyalar hisoblanadi. Bir necha yuzlab metrlargacha ta’sir etish radiusili simsiz lo
Доказательный фрагмент
«This article is devoted to the stages of development of the main modern technologies of wireless broadband communication networks, their role in the field of communication, their performance, and a self-made antenna a…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is devoted to the stages of development of the main modern technologies of wireless broadband communication networks, their role in the field of communication, their performance, and a self-made antenna a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Wifi, WiMax, Internet, Wireless, SKPU, Wi-Fi, WiMAX, Simsiz, WiMAX.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025