Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING BADIIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA ART-TERAPIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI
Zarifova Dilfuza Omon qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
В данной статье предпринята попытка осветить психолого- педагогические возможности использования арт-терапии в работе с детьми с ограниченными возможностями. В статье рассматриваются различные методы арт- терапии, преимущества их использования и их влияние на развитие ребенка. Ключевые слова: Арт-терапия, Особенности арт-терапии, Виды арт-терапии. Barchamizga ma’lumki bugungi kunda mamlakatimizda nogiron bolalar soni ortib bormoqda. Masalan, O‘zbekistonda 142,3 ming nafar 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bolalar tashkil etadi. Nogironligi tasdiqlangan o‘g‘il bolalar soni qizlarga nisbatan ko‘proq ekanligi aniqlangan. Ularni yoshligidan kasbga o‘rgatish, katta hayotga tayyorlashda ularga va ularning oila a’zolariga ko‘maklashish maqsadga muvofiqdir. Shu masala yuzasidan yurtimizda ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks 271 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoni1 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlarini tashkil etish va ularni reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2gi qarori ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu qarorlarda nogiron bolalarni psixologik va pedagogik qo'llab-quvvatlash masalasining dolzarbligi belgilab qo‘yilgan. Tadqiqotlarga ko‘ra O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar turli sohalarda ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelishi ta’kidlab o‘tilgan. Shu bilan bir qatorda san’at sohasida ham. Maxsus ta’lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun san’at ko'pincha ularning umumiy, shaxsiy va intellektual rivojlanishini optimallashtirishning yetakchi vositalaridan biri hisoblanib kelmoqda. Shundan kelib chiqib pedagoglarning Art-terapiyaga, xususan, imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berishda muhim omil sifatida qiziqishi va tushunchalari ortib bormoqda. Art- terapiya tushunchasini tahliq qiladigan bo‘lsak, u ijodkorlik, san'at bilan davolanishni anglatadi. Art-terapiyaning asosiy maqsadi ruhiy holatning uyg'unligi va muvozanatini tiklashga yordam berish, shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy hayotga kirishib ketishiga ko'maklashish va ularning muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat. Art-terapiya ya’ni rasm chizish, modellashtirish, san'at va hunarmandchilik va boshqalar imkoniyati cheklangan bolalarga o'z fikrlarini, his-tuyg'ularini, dunyoqarashini ifoda etishga yordam beradi. Ayniqsa nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarni og'zaki so'zlashda qiynalishganligi sababli, ijodkorlik ularga o'z tajribalarini to'g'ridan-to'g'ri ifoda etishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda Art-terapiya nafaqat davolash balki ijtimoiy va psixologik-pedagogik sohalarda, xususan, badiiy qobiliyatlarni rivojlantirish usuli sifatida bir yoki bir nechta san'at turlarida badiiy obrazlarni o'zlashtirish va yaratish usullarini sifatli va oson o'zlashtirishga imkon beradigan vosita sifatida qo'llanilmoqda.3 Art-terapiya ikki ya’ni yordamchi va davolovchi turga bo‘linadi. Yordamchi turli xil ijodiy va badiiy faoliyatni o'z ichiga oladi. Musiqiy terapiya, izoterapiya, qum yoki loy bilan ishlash, mutaxassisdan haykaltaroshlik mahoratini talab qiladigan maskoterapiya, biblioterapiya, fototerapiya va boshqalar.4 Art-terapiyaning davolovchi usullari o'yin terapiyasi, rang terapiyasi, ertak terapiyasi. Ushbu usullar doim ijobiy ta'sir ko'rsatadi, ijodkorlik, tasavvur, ijodiy faoliyat, go'zallik hissi, estetika, nozik vosita mahorati va nutqni rivojlantiradi. 1 https://lex.uz/docs/-6779571?ONDATE=26.01.2024%2000 2 https://lex.uz/docs/-6779571?ONDATE=26.01.2024%2000 3 Xoklova, A. A. Ko'zi ojiz bolalarning badiiy qobiliyatlarini rivojlantirishda Art-terapiya. 2017. — № 50 (184). 238-240-betlar. 4 Войтенко, Е. И. Арт-терапия в работе с детьми с ОВЗ / Е. И. Войтенко. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 15 (410). — С. 216-218. 272 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Art-terapiyaning faol usullariga rasm chizish, modellashtirish, raqsga tushish, qo'shiq aytish, kollajlar yaratish va boshqalar kiradi. Bolaning hissiy-ixtiyoriy sohasini to‘liq rivojlantirishga yordam beruvchi turli xil Art- terapevtik usullar mavjud, ular orasida ayniqsa, plastilinografiya, rangli qum kompozitsiyalari, barmoqlar, kaftlar bilan rasm chizish, quruq barglarning parchalari bilan, izoterapiya, fototerapiya, o‘yin terapiyasi, musiqa terapiyasi, vokal terapiyasi, ertak terapiyasi va h.k. Dekorativ rasm ishlash ijodiy faoliyat va tasavvurni rivojlantiradi. Dekorativ rasm chizish orqali bola atrofdagi dunyoning ob'ektlari va hodisalari haqidagi g'oyalarni yaxshi anglashga urinadi. An'anaviy bo'lmagan rasm chizish texnikasi bolalarning tasavvurlari uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi, bolaga ijodkorlik bil
Доказательный фрагмент
«В данной статье предпринята попытка осветить психолого- педагогические возможности использования арт-терапии в работе с детьми с ограниченными возможностями.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье предпринята попытка осветить психолого- педагогические возможности использования арт-терапии в работе с детьми с ограниченными возможностями. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Art therapy, Features of art therapy, Types of art therapy, Art-terapiya xususiyatlari, Art-terapiya, Art-terapiya turlari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025