Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIJORAT BANKLARI AKTIVLARINING RENTABELLIGINI TAMINLASH BO‘YICHA XORIJ TAJRIBASI VA UNING AMALIY AHAMIYATI
NEW RENAISSANCE · Sheraliev Abbos Xolmuminovich
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu tezisda Tijorat banklari aktivlarining rentabelligiga tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, sof foizli marja ko‘rsatkichiga baho berish aktivlarning daromadlilik darajasiga baho berish, Xitoy ning yirik banklaridan biri bo‘lgan, ICBC bankida (Xitoy) sof foizli marja ko‘rsatkichining darajasi miqdori 2019-2023 yillarda 4 yillik hisobot ma’lumotlari asosida o‘rganilgan hamda tegishli xulosalar qilingan. Kalit so‘zlar: tijorat banki, aktivlarining rentabelligi, aktivlarning daromadliligi, sof foizli marja ko‘rsatkichiga. Ta’kidlash joizki, tijorat banklarining rentabelligini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, sof foizli marja ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich sof foizli daromadning brutto aktivlarga nisbatan darajasini ko‘rsatadi va banklarning moliyaviy xavfsizligini baholashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Xozirgi kunda dunyo bank amaliyotida tijorat banklari aktivlarining daromadliligini tavsiflovchi bir qator ko‘rsatkichlar mavdjud bo‘lib, ular orasida sof foizli marja va 1 so‘mlik aktivlarga to‘g‘ri keladigan daromad darajasi ko‘rsatkichlari bank aktivlarining moliyaviy tahlilida keng qo‘llaniladi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022– 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60- son1 Farmonida tijorat banklari faoliyatiga umume’tirof etilgan zamonaviy me’yorlar, standartlar va baholash ko‘rsatkichlarini joriy qilish, bank- moliya tizimini xalqaro reyting tashkilotlari baholashi asosida baholash ko‘rsatkichlarini yanada takomillashtirish, likvidligi va barqarorligi bo‘yicha talablarni bajarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Prof. J.Sinkining fikriga ko‘ra, tijorat banklarining daromad bazasiga baho berishda sof foizli marja ko‘rsatkichi muhim o‘rin tutadi. Sof foizli marja bank aktivlari miqdoriga teskari proporsional bo‘lib, kreditlar va depozitlar bozoridagi yuqori darajadagi raqobat uning darajasiga 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni 60 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 kuchli ta’sir ko‘rsatadi2. Bu erda J.Sinki sof foizli marjani sof foizli daromadning brutto aktivlarga nisbati ekanligini va taraqqiy etgan mamlakatlarning bank amaliyotida bank foizli daromadlarinining katta qismini kreditlardan olingan foizli daromadlar tashkil etishini, foizli xarajatlarning asosiy qismini muddatli va jamg‘arma depozitlarga to‘langan foizlardan iborat ekanligini nazarda tutmoqda. D.Maknotonning xulosasiga ko‘ra, tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda foizli daromadlarning o‘rni katta bo‘lib, ular yalpi daromadining umumiy hajmida foizli daromadlarning salmog‘i kamida 70 foiz bo‘lishi kerak CHunki, sof foyda tijorat banklari faoliyatining barqaror rivojlanishini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, tijorat banklari aktivlarining daromadlilik darajasining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri aktivlarning riskka tortilgan summasining o‘zgarishi hisoblanadi. CHunki, aktivlarning daromadliligi va risk darajalari o‘rtasidagi to‘g‘ri mutanosiblik mavjud: aktivning risk darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning daromadlilik darajasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. SHu sababli, tijorat banklarida riskka tortilgan aktivlar summasi bilan sof foyda o‘rtasida ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Biz quyida ICBC bankning sof foizli marja ko‘rsatkichining darajasi va o‘zgarishiga baho beramiz. 2023й. 1,5 1,7 2021й. 1,9 1,9 2019й. 2,1 0 0,5 1 1,5 2 2,5 1.5-rasm. ICBC bankida (Xitoy) sof foizli marja ko‘rsatkichining darajasi3, foizda 1.5-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, ICBC bankida sof foizli marja ko‘rsatkichining darajasi 2021-2023 yillarda pasayish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Tijorat banklarida sof foizli marja ko‘rsatkichining barqarorligini ta’minlash uchun, birinchidan, sof foizli daromadning miqdorini kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak; ikkinchidan, bank aktivlari miqdorining barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash kerak. 2 Sinki Dj. Finansoviy menedjment v kommercheskom banke i v industrii finansovix uslug. Per. s angl. – M.: Alpina Pablisher, 2017. – S.338. 3 Jadval muallif tomonidan Industrial and Commercial Bank of China bankining 2018-2022 yillarning yakuni bo‘yicha e’lon qilingan moliyaviy hisobotlari (Annual Reports. Consolidated Statement of Profit or Loss. Consolidated Statement of Financial Position. 2018-2022 y.) ma’lumotlari asosida tuzilgan.. 61 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Transmilliy banklarda kreditlash operatsiyalari va qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan investitsion operatsiyalar yuqori darajada rivojlangan. Bunning ustiga, mazkur banklarning moliya bozorlaridagi reputatsiyasi ij
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda Tijorat banklari aktivlarining rentabelligiga tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, sof foizli marja ko‘rsatkichiga baho berish aktivlarning daromadlilik darajasiga baho berish, Xitoy ning yi…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda Tijorat banklari aktivlarining rentabelligiga tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, sof foizli marja ko‘rsatkichiga baho berish aktivlarning daromadlilik darajasiga baho berish, Xitoy ning yi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tijorat banki, sof foizli marja ko‘rsatkichiga., aktivlarining rentabelligi, aktivlarning daromadliligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026