Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“BOBURNOMA” TARIXIY – ADABIY MEMUAR ASAR
NEW RENAISSANCE · Boysunova Chinnixol Raham qizi
Современная наука и исследования · 2 · 59-64 · 2025
Аннотация
This article analyzes the historical and literary aspects of the work “Boburnoma”. This work, written by Babur Mirzo, not only covers his personal life and political activities, but also the cultural, social and political events of his time. The article provides detailed information about the history of the work, its literary features, its significance as a historical source and its impact on culture. The article also examines the assessment of “Boburnoma” in 33 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 modern research and issues related to its study today. The work is an invaluable source for historians and literary critics, and its analysis is of great importance in understanding its contribution to Uzbek and world culture. Keywords: “Boburnoma”, literary and aesthetic value, historians and literary critics, cultural, social and political events, historical monument, literary significance. Kirish. “Boburnoma” – bu Boburning shaxsiy kundaligi, sayohatlari, janglari va oʻz hukmronligi davomida duch kelgan turli qiyinchiliklarga oid aniq tafsilotlarni aks ettiradi. Asar, nafaqat tarixiy manba, balki adabiy va estetik jihatdan ham qimmatli boʻlib, oʻz davrining madaniy, siyosiy va ijtimoiy hayotini yoritishga yordam beradi. “Boburnoma” asari Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzining tarixiy hayoti va dunyoqarashini yoritgan juda muhim bir adabiy asar boʻlib, nafaqat oʻz davrining, balki butun Markaziy Osiyo va Hindiston tarixining oʻziga xos yodgorligidir. Asar, Boburning shaxsiy tajribalari, siyosiy va ijtimoiy muammolarni qanday qarshi olishiga oid qimmatli ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. turli xalqlar, hududlar va madaniyatlar bilan boʻlgan oʻzaro munosabatlarini ham koʻrib chiqadi. Boburnoma“ oʻzida bayon qilingan voqealar jarayoniga koʻra 3 qismga: Boburning Movarounnahr (1494—1504), Afgʻoniston (1504—1524) va Hindiston (1524— 1530)dagi hukmdorlik davriga boʻlinadi. Birinchi qismda Boburning otasi — temuriylarning Fargʻona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo (1461—1494) xususida hamda Boburning Fargʻona taxtiga oʻtirishi (1494-yil iyun), ammo Temuriylar davlatida avj olgan taxt uchun kurash oqibatida oʻz ulusidan mahrum boʻlishi (XV asr 90- yillari), Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib borgan jang- u jadallari (1497— 1501)ning behuda ketishi va nihoyat, toj-u taxtdan butunlay ajrab, Hisor togʻlari orqali taxminan 250 navkar bilan Afgʻonistonga yuz tutishi (1504) haqidagi voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi qismda Boburning Kobulni zabt etgani, soʻng u yerda mustaqil davlat tuzgani (1508), Eron shohi Ismoil Safaviyning harbiy yordami bilan Samarqandni yana ishgʻol qilgani (1511), lekin shayboniylar (Ubaydulla Sulton, Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton)dan yengilib (1512), Kobulga qaytgani, keyin esa Hindistonni zabt etishga hozirlik koʻra boshlagani xususidagi voqealar bayon etilgan. Uchinchi qism esa Boburning Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyni magʻlub etib (qarang Panipat janglari), Shim. Hindistonni bosib olgani (1526) va Boburiylar davlatini barpo qilgani haqidagi maʼlumotlardan iborat. “Boburnoma”da keltirilgan barcha maʼlumotlar, xususan Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Hisor, Chagʻoniyon va Shim. Afgʻonistonning 15-asr 80—90- yillari va 16-asr 1choragidagi siyosiy ahvoliga doir xabarlar oʻzining batafsilligi bilan shu xususdagi boshqa adabiyotlardan tubdan farq qiladi. 34 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Shuningdek, asar muallifning muayyan tarixiy voqea haqida hamda oʻzaro dushmanlik qilgan temuriylar — Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Boysungʻur Mirzo, Sulton Husayn va boshqalarning xulq-atvori, tabiati xususida bildirgan fikr-mulohazalari bilan ham ahamiyatlidir. Asarda, ijtimoiy-tabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din taʼlimoti, tilshunoslik, jugʻrofiya, tabiatshunoslik, maʼdanshunoslik, dehqonchilik, bogʻdorchilik va boshqalarga oid aniq va hanuzgacha oʻz tarixiy va ilmiy ahamiyatini yoʻqotmagan maʼlumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan. Asarda bevosita Boburning oʻzi lashkarboshi sifatida qatnashgan bir necha katta-kichik jang manzaralari mahorat bilan berilgan. Oʻsha davrdagi qoʻshin tuzilishi, urush olib borish, jang usullari, qamal holatlari, qurol-yarogʻ turlari, qurgʻonbuzar qurilmalar bilan bir qatorda asarda koʻplab harbiy maʼmuriy istilohlar (tuman, ulus, koʻkaltosh, eshikogʻa, axtachi, tarxon, shigʻovul, sharbatchi (sharbatdor), mubashshir, tugʻchi, miroxur, rikobdor, dorugʻa, murchil, manjaniq, oʻron va boshqalar) ham uchraydi. Shuningdek, „Boburnoma“da temuriylar qoʻshinining tuzilishi, harbiy sanʼati va boshqa haqida ham noyob maʼlumotlar bor. Bundan tashqari, Movarounnahr, Afgʻoniston, Xuroson va Hindiston oʻtmishi va zamonaviy holati, xalqlari, qabilalari, ularning tili, madaniyati, kasb-hunari, urf-odatlari, rasm-rusumlari, anʼanaviy tadbir-marosimlari, shuningdek oʻsha davr jamiyatiga xos ijtimoiy tabaqalarga tegishli maʼlumotlar bayon etiladi. A
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the historical and literary aspects of the work “Boburnoma”.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the historical and literary aspects of the work “Boburnoma”. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Boburnoma”, literary and aesthetic value, historians and literary critics, adabiy va estetik qiymati, adabiy ahamiyati., madaniy, ijtimoiy va siyosiy voqealar, tarixchilar va adabiyotshunoslar, tarixiy yodgorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026