Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QISQA MASOFAGA YUGURISH: NAZARIY VA AMALIY ASOSLAR
D.K. Tilegenov
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article covers the theoretical and practical foundations of short-distance running. It analyzes running technique, physical preparation, start and finish stages, and ways to improve running technique. Also, effective methods used in the training process and recommendations for improving the results of athletes are given. The article contains useful information for trainers, athletes and physical education teachers. Key words: short-distance running, running technique, start, finish, physical training, sports methodology, speed. KIRISH (ВBЕДЕНИЕ / INTRODUCTION) Hozirgi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylangan sport, keyingi yosh avlod uchun hayotga muhim poydevor ekanligini har doim bizga anglatib kelmoqda. Sport bu nafaqat insonlar balki mamlakatimizni ham tezda jahon miqyosida tanilishiga sababchi bo‘ldi. Bizning chempionlarimiz O‘zbekistonning kuch va qudratini jahonga namoyon qilib kelmoqda desak 129 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 mubolag‘a bo‘lmaydi. Engil atletika nafaqat mustaqil sport turi, balki barcha sport turlarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shadigan asosiy yo‘nalishlardan biridir. Uning tarixi Olimpiya o‘yinlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bugungi kunda ham sport olamining eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Engil atletikaning rivojlanishi natijasida professional sportchilar nafaqat musobaqalarda, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan, qisqa masofaga yugurish (sprint) – yengil atletikaning eng dinamik turlaridan biri bo‘lib, sportchilar maksimal tezlikda harakat qiladigan masofalarni (100 m, 200 m, 400 m) o‘z ichiga oladi. Ushbu sport turi yuqori darajadagi kuch, tezlik va texnikani talab qiladi. Sprintda muvaffaqiyatli natijaga erishish uchun sportchining tayyorgarligi quyidagi omillar asosida baholanadi: start texnikasi, yugurish biomexanikasi, jismoniy tayyorgarlik va mashg‘ulot usullari. 1. Qisqa masofaga yugurish biomekanikasi va harakat fazalari Sprint yugurish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: Start va dastlabki tezlanish – bu bosqichda sportchi start bloklaridan maksimal tezlik bilan chiqishga harakat qiladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, optimal start pozitsiyasi va sonning kuchli ekstensiyasi natijani sezilarli darajada yaxshilaydi. Maxsus mashg‘ulotlar orqali mushaklarning kuch ishlab chiqarish qobiliyati oshiriladi, bu esa tezlanish fazasini yaxshilaydi. Tezlikka erishish – bu fazada sportchi maksimal tezlikka chiqishga harakat qiladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, yuqori kuch va elastiklik darajasi, shuningdek, har bir qadamning uzunligi va chastotasi optimal bo‘lishi kerak. Biomekanik jihatdan qaraganda, yuqori vertikal impuls va kuchli surish kuchi yugurish tezligini oshiradi Maksimal tezlik va barqarorlik – bu fazada sportchi eng yuqori tezlikka chiqadi va uni iloji boricha uzoqroq saqlashga harakat qiladi. Sprintning bu bosqichida oyoq mushaklarining kuchi va chidamliligi muhim rol o‘ynaydi. Tugash bosqichi – so‘nggi metrlar sportchi kuchining kamayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, bu bosqichda tananing egilish burchagi va surish texnikasining to‘g‘ri bo‘lishi katta ahamiyatga ega. 2. Qisqa masofaga yugurishda tayyorgarlik usullari Sprint tayyorgarligi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: Plyometrik mashg‘ulotlar – tadqiqotlarga ko‘ra, plyometrik mashqlar (sakrash, reaktiv mashqlar) yugurish tezligini oshirishda samarali hisoblanadi. Ayniqsa, gorizontal sakrash texnikasi dastlabki tezlanish bosqichida tezlikni oshirishga yordam beradi. Kuch mashg‘ulotlari – yuqori intensivlikdagi kuch mashqlari (masalan, og‘irlik ko‘tarish, maksimal kuch mashqlari) yugurishning dastlabki bosqichlarida kuch ishlab chiqarish qobiliyatini oshiradi. 130 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Sprintga moslashgan aerob va anaerob mashqlar – yugurish texnikasi va chidamlilikni rivojlantirish uchun interval mashg‘ulotlar, qisqa masofadagi yuqori tezlikli yugurishlar va sprinterlar uchun maxsus dinamik mashqlar qo‘llaniladi. 3. Sprint natijalarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar Yugurish texnikasini takomillashtirish – Biomekanik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri holatda turish, qo‘l harakatlarining muvozanati va oyoq mushaklarining sinxron ishlashi natijalarni yaxshilaydi. Start texnikasini kuchaytirish – optimal start texnikasi va tezlanish texnikasini rivojlantirish uchun blokdan chiqish burchagi va oyoq mushaklarining kuchli bo‘lishi zarur. Mushaklarni faollashtirish texnikalaridan foydalanish – plyometrik va kuch mashqlari bilan mushaklarning reaktivligini oshirish natijalarni yaxshilaydi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (ЛИТЕРАТУРА И МЕТОДОЛОГИЯ / MATERIALS AND METHODS) Engil Atletikaning Sport Turlaridagi O‘rni va Rivojlanish Tarixi Engil atletika dunyo sportining eng asosiy va fundamental turlaridan biri bo‘lib, yugurish, sakrash va uloqtirish musobaqalarini o‘z ichiga oladi. Bu sport turi insonning tabiiy harakatlariga asoslangan bo‘lib, jismoniy rivojlani
Доказательный фрагмент
«This article covers the theoretical and practical foundations of short-distance running.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article covers the theoretical and practical foundations of short-distance running. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- short-distance running, running technique, start, finish, physical training, sport metodikasi, tezlik., yugurish texnikasi, jismoniy tayyorgarlik, Qisqa masofaga yugurish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025