Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“XAMSA” DOSTONLARI VAZNINI O‘RGANISHDA TA’LIMIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI
TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI · Umida Kamolova
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Alisher Navoi's work "Khamsa" is not only an important work written in the Old Turkish language, but it is also a well-balanced work in terms of form and content. At the same time, it is also a spiritual heritage that has not lost its importance and artistic value. Weight in poetry, its correct and appropriate use requires high skill from the poet. Alisher Navoi is such a unique artist. In this article, referring to his work, on the basis of various 71 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 educational technologies, some comments on learning the weight of "Khamsa" epics and achieving efficiency are stated. Keywords: aruz, drawing, epic, technology, tone, analysis, interpretation, recommendation, stanza, form, content, essence. Alisher Navoiyning “Xamsa” asari Sharq she’riyatining noyob adabiy durdonalari orasida alohida o‘rin egallaydi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilariga Adabiyot darsida mazkur asarni o‘qish, o‘rganish, mutolaa qilish tavsiya etilgan. Ushbu mavzuning mazmun-mohiyatini, asarning vazn tahlili orqali ifodali o‘qishga o‘rgatishda didaktik usul hamda ta’limiy texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. “Bumerang” texnologiyasi talabiga ko‘ra, dastavval sinf o‘quvchilari kichik guruhlarga ajratiladi. “Xamsa” asari besh dostondan tarkib topganini inobatga olib, har biri besh nafardan beshta guruh shakllantirilishi joiz. Undagi ishtirok etuvchilarning har qaysi 1, 2, 3, 4, 5-raqamli qatnashchi sifatida belgilanadi. Guruhlarni nomlashda dostonlar nomidan foydalanish maqsadga muvofiq: 1-guruh 2-guruh 3-guruh “Hayrat ul-abror” “Farhod va Shirin” “Layli va Majnun” 4-guruh 5-guruh “Sab’ai sayyor” “Saddi Iskandariy” Kichik guruhlar shakllantirilgach, oʻquvchilar dars (mashgʻulot)ning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi. Ya’ni “Xamsa” tarkibidagi dostonlarning vaznini tahlil qilish, ifodali o‘qish muhimligi uqtiriladi. Keyingi o‘rinda o‘quvchilarga dostonlar tarkibidan baytlar taqdim qilinadi. Jumladan, 1. Boshni fido ayla ato qoshig‘a, Jismni qil sadqa ano boshig‘a. 2. Hunarni asrabon netgumdir oxir, Olib tufroqqamu ketgumdir oxir. 3. Kim ul kecha Qays zori bedil, Kim bo‘ldi qabila sori moyil. 4. Yetti kox ichra yetti farzona Degali hikmatingdin afsona. 5. Agar qilmadi el himoyat sanga, O‘zungdin keraktur shikoyat sanga. Navbatdagi jarayonda har qaysi guruhga topshiriq sifatida berilgan baytlar o‘sha guruh a’zolari tomonidan yakka tartibda tahlil qilinadi. Masalan, 1-baytni “Hayrat ul-abror”, 2-baytni 72 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 “Farhod va Shirin”, 3-baytni “Layli va Majnun”, 4-baytni “Sab’ai sayyor”, 5-baytni “Saddi Iskandariy” deb nomlangan guruh vakillari aruz nazariyasi talablariga binoan: -baytlarni hijolarga ajratishi; -taqte’sini hosil qilishi; -afoyil-u tafoyilini topishlari zarur. Topshiriq bajarilgach, 1-raqamli ishtirokchilar bir guruhda, 2-raqamli o‘quvchilar yana bir guruhda, shu tariqa har bir guruh a’zolaridan yangi guruh tashkil etiladi. Ularning har biri guruh ichida navbati bilan tahlil qilgan matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga soʻzlab beradilar, tushuntiradilar. Bunda har bir bosqichning vaqt mezoni o‘qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi. Shundan so‘ng yangi guruh a’zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar. Avvalgidek shartli ravishda shakllantirilgan “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” guruhlari qayta tiklanadi. Oʻquvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada tahlil qilingani, oʻzlashtirilganligini aniqlash maqsadida oʻqituvchi oʻquvchilarga tahlillarni ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi topshiriladi. Natijada quyidagi ko‘rinish hosil bo‘lishi muhim: 1. Bosh-ni fi-do │ ay-la a-to │qo-shi-g‘a, Jis-m(i)-ni qil│ sad-qa a-no│ bo-shi-g‘a. − V V − │ − V V − │ − V − muftailun │ muftailun │foilun Sari’yi musaddasi matviyi makshuf 2. Hu-nar-ni as│-ra-bon net-gum│-di-r o-xir, O-lib tuf-roq│-qa-mu ket-gum│-di-r o-xir. V − − − │ V − − − │ V − − mafoiylun │ mafoiylun │ fauvlun Hazaji musaddasi mahzuf 3. Kim ul ke│-cha Qay-s(i) zo│-ri be-dil, Kim bo‘l-di│ qa – bi - la so-│ri mo-yil. − − V│ V − V − │ V − − maf’uvlu │ mafoilun │ fauvlun Hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf 4. Yet-ti ko-x ich│-ra yet - ti far│-zo-na 73 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 De-ga-li hik│-ma-ting-di-n af-│so-na. foilotun │ V − V − │− − Xafifi musaddasi maxbuni maqtu’ 5. A – gar qil-│ma-di el │hi-mo-yat│ sa-nga, O‘-zung-din │ke-rak-tur│shi-ko-yat│ sa-nga. V − − │ V − − │ V − − │ V – mafoiylun │mafoiylun│mafoiylun│faal Mutaqoribi musammani mahzuf Yana bir muhim didaktik usullardan biri “Konseptual jadval” metodidir. Uni quyidagicha shakllantirish mumkin: “Hаyrаt ul- “Fаrhod vа “Lаyli vа “Sаb’аi “Sаddi аbror” Shirin” Mаjnun” sаyyor” Iskаndаriy” Vаzni Аfoyili Tаqte’ belgisi O‘quvchilarga jadval ko‘rinishidagi ushbu topshiriq taqdim qilingach, ularga to‘ldirish vazifasi topshiriladi. Uning to‘liq holatida q
Доказательный фрагмент
«Alisher Navoi's work "Khamsa" is not only an important work written in the Old Turkish language, but it is also a well-balanced work in terms of form and content.»
Образец извлечения
Демо-превьюAlisher Navoi's work "Khamsa" is not only an important work written in the Old Turkish language, but it is also a well-balanced work in terms of form and content. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- aruz, drawing, epic, technology, tone, analysis, interpretation, talqin, chizma, doston, mazmun, bayt, texnologiya, mohiyat., ohang, shakl, tahlil, tavsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026