К содержанию
РецензированоRU1920

DURRONIYLAR DAVLATI VA BUXORO AMIRLIGI O’RTASIDAGI DIPLOMATIK MUNOSABATLAR XUSUSIDA

MUNOSABATLAR XUSUSIDA · Ahmadov Ahmadjon Asror o’g’li · BUKHARA EMIRATE

Современная наука и исследования · 2 · 1920

Аннотация

This article provides a scientific analysis of the diplomatic and trade relations between the Durranian state in Afghanistan and the Mangid dynasty in the Bukhara Emirate. Keywords: Durranians, Mangids, Bukhara, Afghanistan, diplomacy, trade, emirate, government. О ДИПЛОМАТИЧЕСКИХ ОТНОШЕНИЯХ МЕЖДУ ДУРРАНСКИМ ГОСУДАРСТВОМ И БУХАРСКИМ ЭМИРАТОМ Аннотация. В статье дается научный анализ дипломатических и торговых отношений между государством Дуррани в Афганистане и династией Мангидов в Бухарском эмирате. Ключевые слова: Дурраниды, Мангиды, Бухара, Афганистан, дипломатия, торговля, эмират, власть. Afg’oniston va Buxoro amirligi o’rtasidagi o’zaro aloqalar XVIII asrga kelib ancha jonlandi. Chunki, bu davrda Afg’onistonda rasman yangi sulola durroniylar imperiyasiga 1747- yil asos solinganligi va Buxoro amirligida esa 1753-yilda mang’itlar sulolasining hukmronligining o’rnatilishi bilan o’zaro aloqalar jonlangan. Ushbu ikki davlat o’rtasidagi aloqalarning bir ko’rinishi savdo-sotiq ko’rinishida bo’lib, bu jihat keyingi asrlarda yana ham kengayganligini ko’ramiz. Ikkinchi jihat esa siyosiy manfaatlar negizida bo’lib, bunda har ikki davlat amirlarning manfaatlari to’qnashganligini adabiyotlarda qayd etiladi. Buxoro amirligi (1753-1920-yillar) ning mang’itlar sulolasi hukmronlik yillarida tashqi aloqalar va amirlik diplomatiyasi bilan bog’liq jihatlar hali to’liq o’rganilmay kelayotgan va va tadqiqotchilar oldida turgan asosiy vazifalardandur. Lekin shunday bo’lsada Buxoro amirligining ayrim amirlari davrida bir qancha davlatlar xususan, Rossiya, Usmonli turklar imperiyasi, Eron, 58 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Hindiston, Xitoy va Afg’oniston davlatlari bilan diplomatik, hamkorlik, savdo-sotiq, elchilik kabi olib borgan aloqalarini birmuncha yoritilganligini ko’rishimiz mumkin. Shu bilan birga, bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarni tahlil etish orqali mang‘it hukmdorlaridan amir Haydar, amir Nasrullo, amir Muzaffar va amir Abdulahadlar hamda qisman amir Said Olimxon davrida diplomatik aloqalar bir muncha faol kechganligi oydinlashadi. Bunday xulosaga kelish uchun quyidagi jihatlar asos bo‘lganligini qayd etish o‘rinli deb hisoblaymiz: Birinchidan, ushbu amirlar hukmronligi yillariga oid diplomatik yozishmalar, xatlar va hujjatlar ko‘proq saqlangan; Ikkinchidan, ushbu davrda Buxoro amirligi va boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatishga keng e’tibor berilgan; Uchinchidan, olib borilgan tashqi siyosat o‘z navbatida, amirlikda savdo-sotiqni rivojlantirishga, yangi ta’lim usullarini kirib kelishiga, sanoat, qurilish va ishlab chiqarish sohalarida muayyan darajada o‘zgarishlarga olib kelgan; To‘rtinchidan, aynan ushbu davrga kelib davlat hokimiyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolarni huquqiy vositalar asosida hal qilishga e’tibor qaratilgan[1]. Amir Haydar hukmronligi davrida O’rta Osiyo davlatlari – Xiva va Qo‘qon xonliklari, Rossiya, Eron, Afg‘oniston, Xitoy hamda Usmoniylar davlati bilan xalqaro iqtisodiy, madaniy va siyosiy-huquqiy munosabatlarni shakllantirish maqsadida elchilik aloqalarini yanada mustahkamlashga harakat qilingan. U o‘z sulolasidan bo‘lgan boshqa amirlardan farqli o‘laroq, mang‘itlar hukmronligini mustahkamlash, ichki va tashqi muxoliflarga qarshi kurashda qator muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishga erishgan davlat boshlig‘i sifatida ajralib turadi[1]. Amir Haydar davlatni boshqarishda asosan tashqi munosabatlarga e’tibor qaratadi, xususan, u afg‘on hukmdori Ahmad Shoh Durroniyning o‘g‘li Sho‘ja al-Mulkom bilan ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro do‘stlik rishtalarini qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan[1]. Buxoro amiri Amir Shohmurod davrida Buxoro amirligining tashqi siyosati asosan Afg’oniston va Eron mamlakatlari bilan bo’lib, unda doimiy harbiy to’qnashuvlar bo’lib turganligiga guvoh bo’lamiz. Tarixchi olim va shoir Mirzo Sodiq Jondoriy (to’liq nomi: Mirzo Muhammad Sodiq ibn Abduvali Munshiy Jondoriy; XVIII asr 50-yillari – 1819) ning fikriga qaraganda, Amir Shohmurod har yili qizilboshlar (Eron shialari) ga qarshi Xurosanga harbiy yurishlar uyushtirib, Mashhad va Tehrongacha borgan. U 20 martadan ortiq harbiy yurishlar qilgan. Amir Shohmurod Xurosonning boshqa qismi – Balx viloyati uchun afg’onlarning Durroniylar davlati hukmdori Temirshoh ibn Ahmadshoh Durroniyga qarshi urush olib borgan. Balx viloyati hududi avval Buxoro xonligiga qaragan. 59 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 So’ngra bu hududlarni Eron shohi Nodirshoh Afshor (hukmronlik davri; 1736-1747) bosib olgan edi. Nodirshohning vafotidan so’ng 1852-yilda bu hudud durroniylar tomonidan bosib olingan. Tarixiy manbalarda Chahor viloyat – Chor viloyat nomi bilan mashhur bo’lgan Andxuy, Shibirg’on, Saripul, Aqcha (Oqcha) viloyatlari aholisi asosan o’zbeklar va qisman tojiklardan iborat bo’lgan. Shuning uchun ham Balx va Aqcha aholisi afg’onlarga qarshi qo’zg’alon ko’tarib, 1788-yili Amir Shohmuroddan harbiy yordam so’rashgan. 1789-1792- yillarda o’zbek va afg’on qo’shinlar

Доказательный фрагмент

«This article provides a scientific analysis of the diplomatic and trade relations between the Durranian state in Afghanistan and the Mangid dynasty in the Bukhara Emirate.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides a scientific analysis of the diplomatic and trade relations between the Durranian state in Afghanistan and the Mangid dynasty in the Bukhara Emirate. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Durranians, Mangids, Bukhara, Afghanistan, diplomacy, trade, emirate, Buxoro, Afg’oniston, mang’itlar, amirlik, diplomatiya, Durroniylar, hokimiyat., savdo-sotiq
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники